• Turar joy dahalarida harakatlanish qoidalari
  • Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi




    Download 3.71 Mb.
    bet3/4
    Sana11.09.2023
    Hajmi3.71 Mb.
    #81241
    1   2   3   4
    Bog'liq
    5-amaliy ish. Murakkab sharoitlarda harakatni tashkil etish
    6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234
    Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
    - piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o`ziyurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko`ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo`lgan transport vosi­talarining harakatlanishi;
    - ruxsat etilgan to`la vazni 3,5 tonnadan ortiq, bo`lgan yuk avtomobillarining birinchi va ikkinchi bo`laklardan boshqa bo`laklarda harakatlanishi;


    8.11-rasmlar
    5.15 yoki 6.11 belgilari bilan belgilangan maxsus to`xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to`xtash;
    - ajratuvchi bo`lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;
    - orqaga harakatlanish;
    - transport vositasini o`rganish uchun boshqarish.
    Avtomagistrallarda yuqori tezlikni ta`minlash uchun sekin yurib harakatga to`sqinlik qiladigan transport vositalarining harakatlanishi va transport oqimining tezligiga salbiy ta`sir etuvchi ba`zi manyovr va harakatlar taqiqlanadi.
    Qatnov qismida majburiy to`xtaganda haydovchi transport vositasini Qoidalarning 9-bobi talablariga muvofik, belgilashi va bunday holatlar uchun mo`ljallangan bo`lakka (qotnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o`ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko`rishi kerak.
    Turar joy dahalarida harakatlanish qoidalari
    Aholi yashaydigan joy ko`cha, maydon, imorat, inshoot va shu kabilardan iborat bo`lib, bu joylarda kun davomida transport vositalari va piyodalarning uzluksiz harakatlanishi kuzatiladi.
    Turarjoy dahalari aholining istiqomat qilishi uchun mo`ljallangan bo`lib, undagi harakatlanish ko`cha va maydonlardagi harakatlanishdan katta farq qiladi. Ko`pchilik holatlarda turarjoy dahalarida piyodalar uchun alohida trotuar bo`lmasdan, ularning harakatlanishi qat­nov qismi bo`ylab belgilangan (piyoda va transport vositalariga yagona yo`lka).
    Transport vositasining turarjoy dahasidagi yo`lkalardan tranzit harakatlanishi ko`zda tutilmagan, balki bu yo`lkalar istiqomat joyi bilan shahar ko`chalarini bog`lash uchun xizmat qiladi.
    Turarjoy dahalarida istiqomat qiluvchilar ko`p harakatlanishi va har qadamda muyulishlardan bolalarning yugurib chiqib qolishlari mumkinligini hisobga olib, haydovchi xavfsizlikni ta`minlaydigan tezlik bilan harakatlanishi (YHQ. 12.1) hamda piyodalarga imtiyoz (YHQ. 19.1) berishi lozim. To`xtash va to`xtab turish uchun piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bermaydigan joyni tanlashi kerak (YHQ- 14.4). Atrof-muhitni ishlab bo`lgan gazlar bilan bulg`atmaslik, istiqomat qiluvchilarga ziyon yetkazmaslik uchun to`xtab turganida avtomobil yurgizgichini ishdan to`xtatib, o`chirib qo`yish kerak.
    Qatnov qismining kengligi yetarli darajada bo`lmagani sababli to`la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo`lgan yuk avtomobillari to`xtab turganida, o`z gabarit o`lchamlari bilan yo`lni piyoda va boshqa transport vositalaridan to`sib qo`yadi. Shu sababli turarjoy dahalarida tegishli belgilar yoki chiziqlar bo`lmasa, to`la vazni 3,5 tonnadan ziyod bo`lgan yuk avtomo­billarining to`xtab turishlari taqiqlanadi.
    Turarjoy dahalarida mexanik transport vositasini boshqarishni o`rgatish taqiqlanadi (YHQ- 19.2).
    Yuqorida aytilganlardan tashqari, haydovchi turarjoy dahasida harakatlanar ekan, inshoot, qurilma va o`simliklarning shikastlanmasligini ta`minlashi zarur.
    Turarjoy dahalaridan yo`lga chiqayotgan haydovchi, «Turtsrjoy dahasining oxiri» (5.39) belgisi bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat`i nazar, unda harakatlanayotgan transport vositalariga va piyodalarga, shuningdek, undan chiqishda o`zining harakat yo`nalishini kesib o`tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo`l berishi kerak (YHQ. 10.2).

    Download 3.71 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi

    Download 3.71 Mb.