• 5. TXK ishlari me`yorlari. 6. Ta`mirlash ishlari hajmi.
  • Txk va t tizimining maqadi va vazifalari. Transport vositalariga txk va t to`g`isidagi «Nizom». Transport vositalariga txk va t turlari




    Download 103 Kb.
    bet1/5
    Sana15.03.2024
    Hajmi103 Kb.
    #173603
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    AVTO TRANSPORT KORXONALARIDA TEXNIK NAZORAT BO\'LIMI
    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish va dasturlash asoslari (1), 136. Халқ табобати ўзб, maktabgacha-ta-lim-yoshidagi-bolalarda-matematik-tasavvurlarni-shakllantirish-metodikasi, Nilufar xon 306 guruh talabasi, Kurs loyihasi uchun taqriz hujjatlari texnika 2022, 6-Amaliy, 4-Amaliy, 48c861587a7a3d6bf2d362862dea0e81, 16-24-32-2, 3-4 yoshli bolalar bilan ishlashda matematik mazmunga ega bo’lgan didaktik o’yinlar va o’yin mashqlaridan foydalanish, SAIDOVA SHOHISTA, 1 SINF ONA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILARNI TALAFFUZLARIDA TUSHIB QOLADIGAN UNDOSH TOVUSHLAR USTIDA ISHLASH USTIDA ISHLASHGA O`RGATISH, 4-SINF-Tarbiya, gruntlar-mexanikasi-zamin-va-poydevorlar, иловалар

    AVTO TRANSPORT KORXONALARIDA TEXNIK NAZORAT BO'LIMI
    Reja:


    TXK va T tizimining maqadi va vazifalari.
    2. Transport vositalariga TXK va T to`g`isidagi «Nizom».
    3. Transport vositalariga TXK va T turlari.
    4. TXK va T ishlari tasnifi.
    5. TXK ishlari me`yorlari.
    6. Ta`mirlash ishlari hajmi.
    7. Respublikamiz sharoitida transport vositalariga TXK va T me`yorlari va ularga o`zgartirishlar kiritish.


    Avtomobillarga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash tizimi

    Ekspluatatsiya jarayonida tarmoq, agregat va butunlay avtomobilni texnik holati parametrlarini o`zgarish -qonuniyatlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini bilish ish qobilyatini va texnik holatini boshqarishga, ya`ni uni ish qobilyatini ushlab turish va tiklashga imkon yaratadi. Bu ishlar ikkita katta guruhga bo`linadi-texnik xizmat koprsatish (TXK) va ta`mirlash (T).


    Harakatdagi tarkibni ishlash qobilyatini yuqori darajada ushlab turish, ko’proq qismlar ogohlantirilgan bo`lishi, ya`ni buyumni ishlash qobilyati nosozlik paydo bo`lishidan oldin tiklanishini talab qiladi. SHuning uchun TXK ni asosiy vazifasi buzilishlar paydo bo`lishini va nosozliklarni ogohlantirish va uni oldini olishdan, ta`mirlashni vazifasi esa ularni tiklashdan (ishlash qobilyatini tiklash) iborat.
    Buzuqliklar va nosozliklarni ogohlantirish TXK ni reglamentlashni, ya`ni reja bo`yicha o`rnatilgan davriylik va mehnat sig`imi bo`yicha alohida operatsiyalarni bajarishni talab qiladi. Bajariladigan operatsiyalar nomlanishi, ularni davriyliklari va mehnat sig`imlari TXK rejimini tashkil qiladi.
    Avtomobillarga TXK va T reja asosida o`tkaziladi. TXK va ta`mirlash tizimi avtomobillarni Ekspluatatsiya jarayonida berilgan sifat koprsatkichlarini ta`minlash maqsadida TXK va T bo`yicha o`tkaziladigan ishlar tartibini aniqlovchi o`zaro bog`liq Nizom va me`yorlar majmuidan iborat.
    Deyarli hamma davlatlarni avtomobil transportida rejali-ogohlantiruvchi tizimdan foydalaniladi. TXK ogohlantiruvchi (‘roflaktik) harakterga ega bo`lib, avtomobil ma`lum yo`l bosib o`tganidan (ishlash muddatidan) so`ng majburiy ravishda o`tkaziladi, ta`mir esa odatda talab bo`yicha, ya`ni nosozlik paydo bo`lgandan keyin bajariladi.
    Avtomobillarga TXK va T tizimiga quyidagi talablar quyiladi:
    - mehnat va materiallarni unumli sarfida avtomobil saroyini Ekspluatatsion ishonchliligini ta`minlovchi;
    - resurs tejovchi va atrof-muhitni himoya qilishga yo`naltirish;
    - avtotransport korxonasidagi ishchi joyidan boshlab toki umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan rejalash tashkilotlarigacha avtokorxona ichida va avtokorxonalar orasida xo`jalik hisobini me`yoriy ta`minlash;
    - avtotransport korxonasidagi ishchi joyidan boshlab toki umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan rejalash tashkilotlarigacha TXK va T ni rejalash va tashkil etish bo`yicha avtokorxona ichida va avtokorxonalar orasida xo`jalik hisobiga o`tish;
    - qaysi tarmoqqa bo`ysunishidan qat`i nazar (ichki ishlar va harbiy vazirliklarga qarashli avtomobillar bundan mustasno) avtomobil transportiga ega bo`lgan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir;
    - avtomobil transporti muhandis-texnik xodimlari hamma zvenolarini qo`llash va qaror qabul qilishi uchun aniq imkoniyatli va yaroqli bo`lishi;
    - avtomobillarni Ekspluatatsiya sharoitini, konstruktsiyasini va ishonchliligini hamda xo`jalik mexanizmini hisobga oluvchi asosiy tamoyillarini turg`unligi va aniq me`yorlarini egiluvchanligi;
    - avtomobillarni Ekspluatatsiya sharoiti har xilligini hisobga olish.
    Harakatlanuvchi tarkibga TXK va ta`mirlashni tashkil etish va me`yorlarni tamoyilli asoslari harakatlanuvchi tarkib avtomobil transportiga TXK va ta`mirlash haqidagi «Nizom» bilan reglamentlanadi. Bu «Nizom» avtomobillarni texnik Ekspluatatsiyasidagi ilmiy tekshirishlar, ilg`or avtotransport korxonalari tajribasi va avtomobil sanoati tomonidan avtomobillarni sifatini oshirish bo`yicha qilingan ishlar natijasidir. Bu hujjat avtomobillarga TXK va ta`mirlash bo`yicha asosiy me`yoriy hujjat hisoblanib, u asosida TXK va ta`mirlash ishlari rejalashtiriladi va tashkil qilinadi, resurslar aniqlanadi, avtotransport korxonalari loyihalanadi va rekonstruktsiya qilinadi hamda bir qator me`yoriy-texnologik hujjatlar ishlab chiqiladi.
    Harakatlanuvchi tarkibga TXK va T «Nizomi» ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida avtmobil transportiga TXK va ta`mirlash tizimini va texnik siyosatini aniqlovchi TXK va T asoslari berilgan. Birinchi qism TXK va ta`mirlash tizimi va turlarini hamda ularni reglamentlovchi dastlabki me`yorlarni: Ekspluatatsiya sharoitini tasnifini va me`yorlarni to`g`rilash uslublarini; avtotransport korxonalarida TXK va ta`mirlash ishlarini tashkil qilish tamoyillarini; TXK operatsiyalari va boshqa asosiy hujjatlarni o`z ichiga oladi.
    «Nizomni» ikkinchi qismi avtomobilarni modellari bo`yicha me`yorlarni o`z ichiga oladi. Ular alohida ilova sifatida avtomobilni konstruktsiyasi, Ekspluatatsiya sharoiti va boshqa omillar o`zgarganda ishlab chiqiladi.
    «Nizom» asosida avtotransport korxonalarida TXK va T ni samarali tashkil qilish aniqlangan. Ishlab chiqarish texnik negizi va hududdagi harkatlanuvchi tarkibga TXK va ta`mirlashni tashkil qilish shaklini rivojlanishi tamoyillari va yo`nalishlari, ish turlari va hajmlari aniqlangan. TXK davriyligini, yo`lakay TXK postlarida bajariladigan joriy ta`mirlashni ruxsat etilgan hajmini rejalashtirish uslublarini tanlash bo`yicha, TXK uslublarini tanlash, texnik holatini aniqlash uchun diagnostik vositalar va texnik jarayonlarni loyihalash uchun aniq tavsiyalar berilgan. Avtotransport korxonalarida hisobga olish tizimiga talablar ko’zda tutilgan.
    «Nizom» ni ilovasida harakatdagi tarkibni ishga yaroqli holatini ta`minlovchi kom’leks koprsatkichlari; agregat, tarmoq va detallar nomlanishlari, ularni texnik holati avtomobil transporti ishlaganda xavfsiz harakatlanishini, yonilg`ini tejamli sarfini va atrof-muhit himoyasini ta`minlaydi; DAST 25549-82 ni hisobga olgan holda namunviy ximmotologik karta; TXK va ta`mirlash ishlab chiqarishida harakatlanuvchi tarkibni texnologik o`xshashi bo`yicha guruhlash; DAST 16350-80 ga asosan tabiiy-iqlim sharoiti bo`yicha guruhlash; avtomobil transportini xavfsiz harakatlanishini ta`minlovchi tarmoq va tizimlarni texnik holatini tekshirish uchun jihozlarga qo`yiladigan talablar keltirilgan.
    Avtmobillarga xizmat koprsatishni maqsadi-harakatlanuvchi tarkibni ishga yaroqli holatini va tashqi koprinishini ushlab turish, detallarni yeyilish jadalligini kamaytirish, buzilishlar nosozliklarni ogohlantirishdan iborat. Bular profilaktik tadbir bo`lib, majburiy reja asosida ma`lum bosib o`tgan yo`ldan yoki vaqtdan keyin o`tkaziladi.
    Ta`mirlash ishlari mukammal ta`mirlash va joriy ta`mirlashlarga bo`linadi. Mukammal ta`mirlash ishga yaroqli holatini yo`qotgan avtomobil va uni agregatlari uchun, ularni keyingi mukammal ta`mirgacha yoki ruyxatdan chiqarguncha buzilmasdan ishlashini ta`minlash uchun o`tkaziladi.
    Avtomobil va agregatlarni mukammal ta`mirlash, ularni to`la qismlarga bo`lish, nuqsonlarini aniqlash, detallarni ish qobilyatini tiklash yoki almashtirish, butlash, yig`ish, sozlash va sinash ishlarini o`z ichiga oladi. Avtomobillarni yoki agregatlarni bazaviy detallari ta`mirlashga muhtoj bo`lsa hamda agregatni ish qobilyatini joriy ta`mirlashda tiklab bo`lmasa mukammal ta`mir o`tkaziladi.

    Download 103 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 103 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Txk va t tizimining maqadi va vazifalari. Transport vositalariga txk va t to`g`isidagi «Nizom». Transport vositalariga txk va t turlari

    Download 103 Kb.