• MAVZU: 3-SINF MATEMATIKA DARSLIGI USTIDA ISHLASH.
  • II BOB. DARSLIK ASOSIY O‘QUV VOSITASI SIFATIDA.
  • Murtazoyeva zulayxoning “matematika oʻqitish metodikasi”




    Download 57.06 Kb.
    bet1/7
    Sana23.05.2023
    Hajmi57.06 Kb.
    #63762
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Murtazoyeva Zulayxo
    STO\'.19-ma\'ruza, Bom, 6-amaliy mashg\'lot

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
    PEDAGOGIK TA’LIM FAKULTETI
    5111700-BOSHLANGʻICH TA’LIM YOʻNALISHI
    14-6 BT-20 GURUH TALABASI
    MURTAZOYEVA ZULAYXONING
    MATEMATIKA OʻQITISH METODIKASI”
    FANIDAN
    KURS ISHI


    MAVZU: 3-SINF MATEMATIKA DARSLIGI USTIDA ISHLASH.

    Ilmiy rahbar: F.Abdullayeva


    BUXORO-2023

    REJA:
    KIRISH
    I BOB. 3-SINF MATEMATIKA DARSLIKLARINING TUZILISHI, MAZMUNI.
    1.1. 3-sinf matematika darsliklarining tuzilishi.
    1.2. 3-sinf matematika darsliklarining mazmuni.
    II BOB. DARSLIK ASOSIY O‘QUV VOSITASI SIFATIDA.
    2.1. 3-sinf matematika darsligidagi algebraik materiallar ustida ishlash.
    2.2.3-sinf matematika darsligidagi geometrik materiallar ustida ishlash.
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


    KIRISH
    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomda ta’kidlanganidek: boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalar, ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini-o‘zi nazorat qilish uquvi, nutq, xulq atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslari egallab olinishini ta’minlashga da’vat etilgan.  Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali zamonaviy muammoli texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Umumiy o’rta-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta’lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o’rganish va yoyish, zamonaviy muammoli texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini “Aqliy rivojlanishini, dunyoqarashi komunikativ savodxonligini, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatadi. Jahon tajribasiga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasidagi boshlang‘ich ta’lim tayanch o‘quv rejasiga ona tili, matematika,tabiat hamda inson va jamiyat sohalari kiritiladi. Bugun jamiyat maktab oldiga maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim. O’qituvchining kasb mahorati, quruq andozalardan kechib, davr talablari darajasida ishlay olishi, ma’naviy yetuklik darajasi xalq ta’limi oldiga ulkan vazifalarni hal etishda yordam beradi. Har tomonlama ma’naviy etuk shaxs vatanimiz istiqloli mohiyatini chuqur his etadi, uni mustahkamlash, Vatan millati shuhratini olamga etish uchun bor kuch va bilimini ishga soladi.

    Download 57.06 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 57.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Murtazoyeva zulayxoning “matematika oʻqitish metodikasi”

    Download 57.06 Kb.