Kun shiori:
“
Dunyoda chang va tutun bo`lmaganida, odamzod ming yil umr ko`rishi mumkin
edi”
Abu Ali Ibn Sino
I.Kirish:
Sinf saoti mashg`ulotning maqsadi:
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy
rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga
qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik
va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
Kommunikativ kompetensiya
— muloqotda muomala
madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy
moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini
shakllantiradi
Texnik jihoz:
mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, videoroliklar va o‘quv qo’llanmalari
Doskada:
Neki so`rsak, berding barini,
Cheksiz osmon, yerning qa’rini,
Oyu quyosh xizmatimizda,
Ayamading har na borini.
Biz-chi,
senga qildik xiyonat,
Bizni kechir, Ona tabiat.
Komil Sindarov
O`qituvchi:O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining
55-moddasida
“Yer, yer
osti boyliklari, suv, o`simlik
va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona
foydalanish zarur va
ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.
Ma’lumki, inson tabiatga beparvo,
bo`lib unga g`amxo`rlik qilmasa,
ekologiya buziladi,
hayvonot dunyosi
qiriladi.Shu bois go`zal va betakror
tabiatni
ardoqlash
uni
ko`z
qorachig`iday
asrash,
tabiat
ne’matlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir.
Insonning tabiatga notog`ri munosabati natijasida ko`plab o`simlik va hayvonlar yo`qolib ketdi va
bugun ham yo`qotishlar davom qilmoqda.
“Tabiat - tiriklik sharti”- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim.
Inson tabiatni qo`riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo`shadi. Shunday ekan,
o`quvchilar qalbida tabiat ne’matlarini – boyliklarini qo`riqlash, ularni
avaylab asrash hislarini
rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o`qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va
ijodkorlikni talab qiladi.