Sana:________________
1-Mavzu: Taraqqiyot odimlari
Kun shiori:
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
I.Kirish:
Sinf saoti mashg`ulotning maqsadi:
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini
singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan
himoya qilish, o’quvchilarda
ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi
immunitetni shakllantirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:
kattalarni hurmat qilish, ularning
nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga
o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni,
milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy
obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulot ning usuli:
Suhbat va
savol javob
Texnik jihoz:
mavzuga oid rasmlar, tarqatma
materiallar, videoroliklar va o‘quv qo’llanmalari
1.Tashkiliy qism:
A) salomlashish B) davomat C) sinf tozaligi va tartib-intizom D) o`quvchilarni faollashtirish uchun
qisqa savollar.
Asosiy qism:
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga
harakat qiling
(1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va o`quvchilari,
ekin maydonlari, tarixiy obidalar,
bayram tantanalarining rasmi)
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat
sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan
qadriyatlarimiz
tiklandi, sayqal topdi.
Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha
mujassam.
2-savol.