|
Optik transport tarmoqlarni boshqarish
|
bet | 5/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 94,87 Kb. | | #235850 |
Bog'liq Titul varoq tuitOptik transport tarmoqlarni boshqarish. Aralash (SDH texnologiyasi asosida) tarmoqlarda ularning boshqaruv qismi mavjudligi hisobiga bu, tarmoqlarni boshqarish ancha oson edi yoki boshqacha qilib aytganda, tarmoqning «aqli» bor edi. Optik tarmoqlarni boshqarish qanday kechadi?
2. Optik transport tarmoqlar parametrlari ustida izlanishlar olib borish va bu parametrlarni yaxshilash. Optik transport tarmoqlar texnologiyasi ancha yangi bo‘lganligi tufayli bu tarmoqlar ustida izlanishlar olib borish hali nihoyasiga etmaganligi turgan gap. Tarmoq ishonchliligi, yashovshanligi, xizmat qilish muddati, aniqligi singari parametrlar hozirgi zamonaviy talablarni ta’minlay oladimi?
3. Mos optik tarmoq elementlarini tanlash. So‘nggi paytlarda optik tarmoqning muhim elementlari bo‘lgan optik multipleksorlar va demultipleksorlar, kross-konnektorlar, optik regeneratorlar (3R regeneratorlar) hamda kuchaytirgichlar singari qurilmalar keng tadqiq qilinmoqda. Bu qurilmalar ixtisoslashtirilgan kompaniya va firmalar tomonidan ishlab chiqilmoqda. Qurilmalar turli-tumanligiga qaramasdan, qurilayotgan optik tarmoq xususiyatlariga mos keladigan, iqtisodiy samarali va kelajakda oson o‘zgartirish, rivojlantirish mumkin bo‘lgan qurilmalarni tanlab olish esa muhim vazifalardan biri sanaladi.
4. Tarmoqni optimal strukturasini tanlash. Optik transport tarmoqlari arxitekturasi XEAI ning G.872 tavsiyanomasida bayon etilgan. Har bir davlat esa tarmoqni qurayotganda davlatning geografik holati, ma’muriy bo‘linishlari, tarmoq abonentlari zichligi va boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda tarmoq strukturasini tanlaydi.
5. Optik tarmoq interfeyslarini tadqiq qilish. Optik transport tarmoqlarida IP, ATM, PDH, SDH va boshqa texnologiyalar oqimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirilish (inkapsulyatsiya qilinishi) mumkin. Buning uchun har xil texnologiyalarning barchasini inkapsulyatsiya qiluvchi universal (ochiq) interfeys talab qilinadi. Oxirgi yillarda bu yo‘nalishda ham ancha ishlar olib borildi. Xususan, XEAI ning G.709 va G.979 tavsiyanomalari chiqarildi, biroq shu bilan birga, bu yo‘nalishda qilinadigan ishlar talaygina.
6. Optik tarmoqning axborot xavfsizligini ta‘minlash. Axborot xavfsizligi masalasi nafaqat optik tarmoqlarda, umuman telekommunukatsiyada dolzarb, muhim masala hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot xavfsizligini ta‘minlashning turli usullari taklif qilinyapti va tadqiqotlar olib borilyapti. Bu usullarning eng qulay, optimalini tanlab olish yoki yangi usullarni taklif etish va asoslab berish mazkur yo‘nalish doirasiga kiradi.
|
| |