• Bajardi :KI fakulteti KI 14-23(s) guruh talabasi Salomov Akobir QARSHI 2023 Reja
  • Pandemiya - XXI asrning global muammosi va uning oqibatlari.
  • ASOSIY ADABIYOTLAR
  • Mustaqil ish bajardi : ki fakulteti ki 14-23(s) guruh talabasi Salomov Akobir qarshi 2023 Reja




    Download 86,09 Kb.
    Sana07.12.2023
    Hajmi86,09 Kb.
    #113401
    Bog'liq
    4-mustaqil ish
    Tabiat, Elmurodova Munisaxon, Elmurodova Munisa, ABDURAXIMOVA FIRDAVSXON ZAFARJON QIZI, Alijonova Gulirano, Ismoilova Maftuna, Abdumannonov Sarvar

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TELEKOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI


    “Falsafa” fanidan
    MUSTAQIL ISH

    Bajardi :KI fakulteti KI 14-23(s) guruh talabasi Salomov Akobir

    QARSHI 2023
    Reja:

    1. Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari.

    2. Global muammolarning mezonlari va darajalari.

    3. Pandemiya - XXI asrning global muammosi va uning oqibatlari.

    4. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va qarorlarning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati, iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari.

    5. Mantiq tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan sohasi sifatida.

    6. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.

    Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.


    Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallaShuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
    Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
    Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi.
    Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
    Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
    Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi.
    Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo‘ldi; xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan uzviy bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
    XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
    Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va “Evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo‘shildi” . Shu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siriga va G‘arbiy Evropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan er kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi.
    Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi.
    Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o‘sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.
    Shunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik monopoliyalar o‘rtasida keskin kurash va ta’sir doiralarini bo‘lib olish maydoniga aylandi va bu pirovardda Birinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu urushda jahonning ko‘p sonli xalqlari bevosita yoki bilvosita ishtirok etdi, chunki shu davrgacha dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog‘liqlik sayyoraning birorta ham yirik davlatiga urushdan yoki hech bo‘lmasa uning ta’siri va oqibatlaridan butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu mazkur davrdan e’tiboran tarix faqat Evropa tarixi yoki, aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G‘arb, Sharq tarixi bo‘libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya’ni tom ma’nodagi jahon tarixiga ham aylanganidan dalolat beradi.
    1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va turli davlatlarning urushdan keyingi munosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bog‘lagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi.
    Pirovardda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy beligilari:
    a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi;
    b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi;
    v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi;
    g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda namoyon bo‘ldi.
    Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to‘rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar berildi.
    Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi. Mohiyat e’tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni echish – XX asr boshida bo‘lib olingan, yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga qaratilgan edi. Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo‘l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko‘p karra kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi.
    Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo‘ldiki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni rag‘batlantirdi.
    Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan o‘tkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi.
    Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlarning mislsiz darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralib turadi. Evropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Cherchill Evropa qo‘shma Shtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi deb hisoblash mumkin.
    Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan o‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bo‘ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimini tashkil qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm va demokratiya g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliq asoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab etishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlar va nazariy ishlovlar majmui paydo bo‘ldi.
    Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-yillardan globallashuv o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo‘ldi.
    Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o‘zgartirdi, jahon xo‘jaligi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo‘jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi:
    a) «rezonans effekti»ning paydo bo‘lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o‘tadi;
    b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi;
    v) ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko‘p jihatdan belgilashi.
    Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishi serqirra globallashuvning o‘ziga xos xususiyatiga va muayyan darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi.
    Zamonaviy transport va aloqa vositalari sharofati bilan makon va vaqt omillari amalda muhim ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan globallashuv sharoitida, til turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti yo‘lidagi oxirgi jiddiy to‘siq bo‘lib qoldi. Umumiy qabul qilingan tilga ob’ektiv ehtiyoj doimo mavjud bo‘lgan, lekin jahon savdosi va kapitallarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish hajmlari ko‘p karra o‘sgan, siyosiy munosabatlar global darajagacha kengaygan, xalqaro jamoat tashkilotlari, sport musobaqalari, turistik industriya va shu kabilar paydo bo‘lgan serqirra globallashuv davrida u ayniqsa kuchaydi. Bugungi kunda ingliz tili bir qator ob’ektiv sabablarga ko‘ra madaniyatlararo muloqot tiliga aylandi.
    1991 yilda Internet paydo bo‘lganidan so‘ng dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog‘ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi axborot maydonini vujudga keltirdi.
    Globallashuvning serqirraligi siyosatning ham sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. 1990-yillargacha «sovuq urush» holatida bo‘lgan ikki harbiy-siyosiy blokning qattiq qarama-qarshiligi bilan tavsiflangan ikki qutblilik xalqaro munosabatlarning asosiy xususiyati sanalgan bo‘lsa, sotsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay o‘zgardi.
    So‘nggi yillarda milliy davlatlar faoliyati bilan bir qatorda xalqaro munosabatlarning yangi, «noan’anaviy» sub’ektlarining faolligi va ta’siri ham ancha o‘sdi. Bu sub’ektlar o‘z soni, moliyaviy imkoniyatlari va siyosiy ta’siriga ko‘ra ayrim davlatlar bilan bemalol bellasha oladi. Xalqaro munosabatlarning mazkur sub’ektlari orasida eng muhimlari hukumatlararo tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlar hisoblanadi. «Yashillar», «muqobillar», antiglobalistlar kabi ijtimoiy harakatlar ham keng dovruq qozondi.
    Globallashuvning serqirraligi madaniyat, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohasida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yasash bilan bir qatorda axloq, xulq-atvor me’yorlari, qadriyatlarga munosabat va mo‘ljallarda ham muhim o‘zgarishlarga kuchli ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri yuzaga keldi va sayyoramizda o‘zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni ko‘paydi.
    Jahon hamjamiyati yangi ming yillik chegarasidan o‘tib, o‘z tarixiy rivojlanishining butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqich jahon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy aloqalarining tarqoqligi va parokandaligidan ularning birligi, yaxlitligi, yagonaligi va globalligiga o‘tish bilan tavsiflanadi.
    Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi.
    Shuni ta’kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hech qachon bo‘lmagan.
    Bir tomondan, u bir-biriga o‘xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko‘p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko‘rsatkichlar, ya’ni yashash uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Er deb atalmish katta va odamga to‘lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo‘ydi. Bu to‘la anglab etish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdir.
    Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo‘lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha chuqur bo‘lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo‘naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi sivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi.
    Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o‘zaro aloqalarining butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga va rivojlangan mamlakatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Insonning atrof muhitga salbiy ta’siri aynan rivojlangan mamlakatlarda, asosan bu erda jadal sur’atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan iqtisodiyot bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra oldinroq va bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Shu ma’noda 2008 yilda boshlanib, butun dunyoni larzaga solgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat rivojlangan sanoat mamlakatlari, balki rivojlanayotgan, ayniqsa bozor munosabatlari qaror topayotgan davlatlarda ham o‘z salbiy oqibatini o‘tkazmasdan qolmadi. Ayni paytda global moliyaviy inqiroz jahon moliya bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va uni tubdan isloh qilishning zarurligini ko‘rsatib berdi. Ushbu moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qanday davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ko‘p jihatdan bir qator omillarga, xususan, mamlakat moliya valyuta tizimi nechog‘lik mustahkam ekanligi, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi, oltin valyuta zahirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, shuningdek, iqtisodiyotning barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatbardoshlik darajasi bilan bog‘liq. Darhaqiqat, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek “mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2010 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi” . Bu esa respublikamiz moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlarini kuchaytirish uchun, xalqaro moliya inqirozining mamlakat bank tizimiga ta’siri darajasini e’tiborga olgan holda, markaziy bankning pul-kredit siyosati dastaklari, likvidligini tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish, bank xizmatlaridagi innovatsiyalarni hisobga olgan holda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu vazifa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
    Ijtimoiy rivojlanishning jadallashuvi. Bunday rivojlanish, avvalo, atrof muhitning tanazzuliga olib keldi va tez orada insonning o‘zi ham tanazzulga yuz tutganini namoyon etdi. Zero inson xulq-atvori, tasavvurlari va fikrlash tarzi uning atrofida yuz bera boshlagan o‘zgarishlarga muvofiq o‘z vaqtida o‘zgarishga qodir bo‘lmay qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning jadal sur’atlarda rivojlanishiga esa insonning o‘zi va uning fan va texnika sohasidagi yangi va yangi yutuqlar bilan ko‘p karra kuchaytirilgan izchil o‘zgartiruvchi faoliyati sabab bo‘ldi.
    So‘nggi o‘n yilliklarning o‘zida fan-texnika yutuqlari o‘sishi natijasida jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida avvalgi yuz yilliklarga qaraganda ko‘proq o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bunda o‘zgarishlar jarayoni o‘sib boruvchi tezlikda rivojlandi va ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda yanada chuqurroq va jiddiyroq o‘zgarishlar yasadi. Masalan, verbal (og‘zaki) muloqotdan yozuvning yaratilishiga qadar insoniyat taxminan uch million yilga, yozuvdan kitob bosmasi ixtiro qilingunga qadar taxminan besh ming yilga, kitob bosmasidan telefon, radio, televidenie kabi audiovizual vositalar yaratilgunga qadar taxminan besh yuz yilga teng yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsa, odatdagi audiovizual vositalardan zamonaviy kompyuterlarga o‘tish uchun ellik yildan kamroq vaqt talab etildi. Misli ko‘rilmagan sur’atlarda-atigi 10-15 yil ichida odamlar Internet va uyali aloqa yordamida muloqot qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni qo‘lga kiritdilar. Yangi ixtirolar yaratilganidan ular amalga joriy etilgunga qadar o‘tadigan vaqt ham yanada qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas, balki oylar va hatto kunlar bilan o‘lchanadi. XXI asrning eng so‘nggi kashfiyotlaridan biri bo‘lmish nanotexnologiyalarning (mitti texnologiyalar)yaratilishi insonning barcha sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. (Bu haqda Axborot va axborotlashuvning falsafiy asoslari mavzusida batafsil ma’lumot berilgan).
    Shunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli millatlar asosan alohida-alohida yashagan, ularning o‘zaro aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, endilikda Erda nafaqat «oq dog‘lar», ya’ni inson oyog‘i etmagan joylar qolmadi, balki tabiiy holatiga inson bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan sof hududlar, suv va fazo bo‘shliqlari ham deyarli mavjud emas. Bularning barchasi endi bizning sayyoramizni «umumiy uy», «Koinotdagi orolcha», «qattiq to‘lqinlanayotgan okeandagi qayiq», «dunyoviy qishloq» deb, barcha odamlar uchun umumiy tus olgan muammolarni esa - olamshumul, umuminsoniy, global deb nomlash uchun asos bo‘lmoqda.
    Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati. Jahonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning ba’zi bir tendensiyalari olimlar va faylasuflar diqqat markazidan bu o‘zgarishlar barchaga ravshan bo‘lishidan oldinroq o‘rin oldi. Masalan, ijtimoiy rivojlanishga turli sivilizatsiyalarning oldinma-ketin almashishi sifatida qaragan ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) kompyuter inqilobidan ancha oldin «XX asrda umumjahon tarixi boshlandi» degan xulosaga keldi. Shu tariqa tub o‘zgarishlar nafaqat jamiyat qurilishi negizlarida, balki dunyo miqyosida yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarida ham aks etgani ta’kidlandi.
    Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta'sirida tobora jadalroq sur'atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e'tiborini tortmoqda.
    Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e'tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob'ektiv jarayonlarning sub'ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab yetish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
    Globallashuv hodisasi. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta'sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta'sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.
    Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – yer kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun yer sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
    Globalistika. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko‘p sonli sa'y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta'sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma'noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
    Shuni ta'kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu yerda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning yechimlarini taklif qiladi.
    Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob'ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
    Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqyealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
    yer kurrasi shar (globus) ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi.
    Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo‘ldi; xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan uzviy bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
    XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
    Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo‘shildi» . Shu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o‘zaro ta'siriga va G‘arbiy yevropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan yer kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi.
    Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi.
    Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma'naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s'ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o‘sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.
    Shunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik monopoliyalar o‘rtasida keskin kurash va ta'sir doiralarini bo‘lib olish maydoniga aylandi va bu pirovardda Birinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu urushda jahonning ko‘p sonli xalqlari bevosita yoki bilvosita ishtirok etdi, chunki shu davrgacha dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog‘liqlik sayyoraning birorta ham yirik davlatiga urushdan yoki hyech bo‘lmasa uning ta'siri va oqibatlaridan butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu mazkur davrdan e'tiboran tarix faqat yevropa tarixi yoki, aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G‘arb, Sharq tarixi bo‘libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya'ni tom ma'nodagi jahon tarixiga ham aylanganidan dalolat beradi.
    1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va turli davlatlarning urushdan keyingi munosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bog‘lagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi. Pirovardda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy beligilari:
    a) biosferaga antropogen ta'sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi;
    b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste'mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi;
    v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi;
    g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit'alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda namoyon bo‘ldi.
    Ammo yechilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda yer aholisining to‘rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar berildi.
    Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi. Mohiyat e'tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni yechish – XX asr boshida bo‘lib olingan, yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga qaratilgan edi. Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta'sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo‘l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko‘p karra kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi.
    Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo‘ldiki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni rag‘batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan o‘tkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi.
    Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlarning mislsiz darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), hyech shubhasiz, ajralib turadi. yevropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Cherchill yevropa qo‘shma Shtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi deb hisoblash mumkin.
    Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan o‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bo‘ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimini tashkil qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm va demokratiya g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliq asoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab yetishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlar va nazariy ishlovlar majmui paydo bo‘ldi.
    Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab yetishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-yillardan globallashuv o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo‘ldi.
    Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o‘zgartirdi, jahon xo‘jaligi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo‘jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi:
    a) «rezonans effekti»ning paydo bo‘lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o‘tadi;
    b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi;
    v) ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko‘p jihatdan belgilashi.
    Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishi serqirra globallashuvning o‘ziga xos xususiyatiga va muayyan darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi.
    Zamonaviy transport va aloqa vositalari sharofati bilan makon va vaqt omillari amalda muhim ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan globallashuv sharoitida, til turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti yo‘lidagi oxirgi jiddiy to‘siq bo‘lib qoldi. Umumiy qabul qilingan tilga ob'ektiv ehtiyoj doimo mavjud bo‘lgan, lekin jahon savdosi va kapitallarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish hajmlari ko‘p karra o‘sgan, siyosiy munosabatlar global darajagacha kengaygan, xalqaro jamoat tashkilotlari, sport musobaqalari, turistik industriya va shu kabilar paydo bo‘lgan serqirra globallashuv davrida u ayniqsa kuchaydi. Bugungi kunda ingliz tili bir qator ob'ektiv sabablarga ko‘ra madaniyatlararo muloqot tiliga aylandi.
    1991 yilda Internet paydo bo‘lganidan so‘ng dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog‘ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi axborot maydonini vujudga keltirdi.
    Globallashuvning serqirraligi siyosatning ham sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. 1990-yillargacha «sovuq urush» holatida bo‘lgan ikki harbiy-siyosiy blokning qattiq qarama-qarshiligi bilan tavsiflangan ikki qutblilik xalqaro munosabatlarning asosiy xususiyati sanalgan bo‘lsa, sotsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay o‘zgardi.
    So‘nggi yillarda milliy davlatlar faoliyati bilan bir qatorda xalqaro munosabatlarning yangi, «noan'anaviy» sub'ektlarining faolligi va ta'siri ham ancha o‘sdi. Bu sub'ektlar o‘z soni, moliyaviy imkoniyatlari va siyosiy ta'siriga ko‘ra ayrim davlatlar bilan bemalol bellasha oladi. Xalqaro munosabatlarning mazkur sub'ektlari orasida eng muhimlari hukumatlararo tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlar hisoblanadi. «Yashillar», «muqobillar», antiglobalistlar kabi ijtimoiy harakatlar ham keng dovruq qozondi.
    Globallashuvning serqirraligi madaniyat, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohasida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yasash bilan bir qatorda axloq, xulq-atvor me'yorlari, qadriyatlarga munosabat va mo‘ljallarda ham muhim o‘zgarishlarga kuchli ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri yuzaga keldi va sayyoramizda o‘zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni ko‘paydi.
    Jahon hamjamiyati yangi ming yillik chegarasidan o‘tib, o‘z tarixiy rivojlanishining butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqich jahon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy aloqalarining tarqoqligi va parokandaligidan ularning birligi, yaxlitligi, yagonaligi va globalligiga o‘tish bilan tavsiflanadi.
    Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi.
    Shuni ta'kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hyech qachon bo‘lmagan.
    Bir tomondan, u bir-biriga o‘xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko‘p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko‘rsatkichlar, ya'ni yashash uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan yer deb atalmish katta va odamga to‘lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo‘ydi. Bu to‘la anglab yetish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdir.
    Ayni vaqtda shuni ta'kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo‘lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha chuqur bo‘lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo‘naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi sivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi.
    Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o‘zaro aloqalarining butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga va rivojlangan mamlakatlarga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Insonning atrof muhitga salbiy ta'siri aynan rivojlangan mamlakatlarda, asosan bu yerda jadal sur'atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan iqtisodiyot bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra oldinroq va bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Shu ma'noda 2008 yilda boshlanib, butun dunyoni larzaga solgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat rivojlangan sanoat mamlakatlari, balki rivojlanayotgan, ayniqsa bozor munosabatlari qaror topayotgan davlatlarda ham o‘z salbiy oqibatini o‘tkazmasdan qolmadi. Ayni paytda global moliyaviy inqiroz jahon moliya bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va uni tubdan isloh qilishning zarurligini ko‘rsatib berdi. Ushbu moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qanday davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ko‘p jihatdan bir qator omillarga, xususan, mamlakat moliya valyuta tizimi nechog‘lik mustahkam ekanligi, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi, oltin valyuta zahirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, shuningdek, iqtisodiyotning barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatbardoshlik darajasi bilan bog‘liq. Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek ”mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2010 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi” . Bu esa respublikamiz moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlarini kuchaytirish uchun, xalqaro moliya inqirozining mamlakat bank tizimiga ta'siri darajasini e'tiborga olgan holda, Markaziy bankning pul-kredit siyosati dastaklari, likvidligini tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish, bank xizmatlaridagi innovatsiyalarni hisobga olgan holda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu vazifa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
    Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha chuqur bo‘lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo‘naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi sivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi.Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o‘zaro aloqalarining butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga va rivojlangan mamlakatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Insonning atrof muhitga salbiy ta’siri aynan rivojlangan mamlakatlarda, asosan bu erda jadal sur’atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan iqtisodiyot bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra oldinroq va bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. SHu ma’noda 2008 yilda boshlanib, butun dunyoni larzaga solgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat rivojlangan sanoat mamlakatlari, balki rivojlanayotgan, ayniqsa bozor munosabatlari qaror topayotgan davlatlarda ham o‘z salbiy oqibatini o‘tkazmasdan qolmadi. Ayni paytda global moliyaviy inqiroz jahon moliya bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va uni tubdan isloh qilishning zarurligini ko‘rsatib berdi. Ushbu moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qanday davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ko‘pjihatdan bir qator omillarga, xususan, mamlakat moliya valyuta tizimi nechog‘lik mustahkam ekanligi, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi, oltin valyuta zahirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, shuningdek, iqtisodiyotning barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatbardoshlik darajasi bilan bog‘liq. Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, «mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2010 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi»2. Bu esa respublikamiz moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlarini kuchaytirish uchun, xalqaro moliya inqirozining mamlakat bank tizimiga ta’siri darajasini e’tiborga olgan holda, Markaziy bankning pul-kredit siyosati dastaklari, likvidligini tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish, bank xizmatlaridagi innovatsiyalarni hisobga olgan holda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu vazifa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Ijtimoiy rivojlanishning jadallashuvi. Bunday rivojlanish, avvalo, atrof muhitning tanazzuliga olib keldi va tez orada insonning o‘zi ham tanazzulga yuz tutganini namoyon etdi. Zero inson xulq-atvori, tasavvurlari va fikrlash tarzi uning atrofida yuz bera boshlagan o‘zgarishlarga muvofiq o‘z vaqtida o‘zgarishga qodir bo‘lmay qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning jadal sur’atlarda rivojlanishiga esainsonning o‘zi va uning fan va texnika sohasidagi yangi va yangi yutuqlar bilan ko‘p karra kuchaytirilgan izchil o‘zgartiruvchi faoliyati sabab bo‘ldi. So‘nggi o‘n yilliklarning o‘zida fan-texnika yutuqlari o‘sishi natijasida jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida avvalgi yuz yilliklarga qaraganda ko‘proq o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bunda o‘zgarishlar jarayoni o‘sib boruvchi tezlikda rivojlandi va ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda yanada chuqurroq va jiddiyroq o‘zgarishlar yasadi.

    Pandemiya - XXI asrning global muammosi.


    Masalan, verbal (og‘zaki) muloqotdan yozuvning yaratilishiga qadar insoniyat taxminan uch million yilga, yozuvdan kitob bosmasi ixtiro qilingunga qadar taxminan besh ming yilga, kitob bosmasidan telefon, radio, televidenie kabi audiovizual vositalar yaratilgunga qadar taxminan besh yuz yilga teng yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsa, odatdagiaudiovizual vositalardan zamonaviy kompyuterlarga o‘tish uchun ellik yildan kamroq vaqt talab etildi. Misli ko‘rilmagan sur’atlarda - atigi 10-15 yil ichida odamlar Internet va uyali aloqa yordamida muloqot qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni qo‘lga kiritdilar. YAngi ixtirolar yaratilganidan ular amalga joriy etilgunga qadar o‘tadigan vaqt ham yanada qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas, balki oylar va hatto kunlar bilan o‘lchanadi. XXI asrning eng so‘nggi kashfiyotlaridan biri bo‘lmish nanotexnologiyalarning (mitti texnologiyalar) yaratilishi insonning barcha sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. SHunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli millatlar asosan alohidaalohida yashagan, ularning o‘zaro aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, endilikda Erda nafaqat «oq dog‘lar», ya’ni inson oyog‘i etmagan joylar qolmadi, balki tabiiy holatiga inson bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan sof hududlar, suv va fazo bo‘shliqlari ham deyarli mavjud emas. Bularning barchasi endi bizning sayyoramizni «umumiy uy», «Koinotdagi orolcha», «qattiq to‘lqinlanayotgan okeandagi qayiq», «dunyoviy qishloq» deb, barcha odamlar uchun umumiy tus olgan muammolarni esa - olamshumul, umuminsoniy, global deb nomlash uchun asos bo‘lmoqda. Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati. Jahonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning ba’zi bir tendensiyalari olimlar va faylasuflar diqqat markazidan bu o‘zgarishlar barchaga ravshan bo‘lishidan oldinroq o‘rin oldi. Masalan, ijtimoiy rivojlanishga turli sivilizatsiyalarning oldinma-ketin almashishi sifatida qaragan ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) kompyuter inqilobidan ancha oldin «XX asrda umumjahon tarixi boshlandi» degan xulosaga keldi SHu tariqa tub o‘zgarishlar nafaqat jamiyat qurilishi negizlarida, balki dunyo miqyosida yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarida ham aks etgani ta’kidlandi. Hozirgi zamon nemis falsafasining atoqli namoyandasi K.YAspers (1883-1969) bu xususda yanada aniqroq fikr bildirdi. U 1948 yilda e’lon qilgan «Tarix ko‘rtaklari va uning maqsadi» asarida, jumladan, shunday deb yozadi: «Ilk bor olamshumul ahamiyat kasb etgan bizning tarixan yangi sharoitimiz Erda odamlarning real birligidan iboratdir. Zamonaviy aloqa vositalarining texnik imkoniyatlari sharofati bilan sayyoramiz insonga to‘la ochiq bo‘lgan yagona yaxlitlikka aylandi» Bu, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixiy o‘lchovlarga ko‘ra jadal sur’atlarda emas, balki misli ko‘rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning yagonaligi tarixiy taraqqiyotni belgilovchi muhim omilga aylandi. Ikkinchi jahon urushi jahon hamjamiyatining parokandaligiga uzil-kesil chek qo‘ydi. Urush tugagani zahoti K.YAspers «SHu davrdan e’tiboran yaxlit bir butunning yagona tarixi sifatidagi jahon tarixi boshlanadi, - deb qayd etdi. Endi butun dunyo asosiy muammo va vazifaga aylandi. SHu tariqa tarixning butunlay o‘zgarishi yuz beradi. Dunyo mamlakatlari va xalqlari tutashdi.
    Er kurrasi yaxlit va yagona tus oldi. YAngi xavflar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Barcha muhim muammolar dunyo miqyosidagi muammolarga, vaziyat – butun insoniyat vaziyatiga aylandi»4.Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada muttasil muhokama qilinadigan boshqa masalalarga hozirgi davr shu tariqa ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, mutlaqo yangi mavzu – insoniyatning yagona taqdiri va Erdagi hayotni saqlash mavzusini qo‘shimcha qildi.XX asrda fan va texnika sohasidagi aqlni lol qoldiradigan natijalar ta’sirida ilk texnokratik ijtimoiy nazariyalar paydo bo‘ldi. SHulardan birining muallifi –amerikalik iqtisodchi va sotsiolog T.Veblen jamiyatning rivojlanishida sanoat ishlab chiqarishi va texnika taraqqiyotining etakchi rolini birinchilardan bo‘lib falsafiy jihatdan asoslab berdi. Uning fikricha, hozirgi zamon davlati muhandislar va texniklar tomonidan boshqarilishi lozim, chunki ishlab chiqarishni jamiyat manfaatlarida rivojlantirish (bu g‘oya T.Veblen texnokratik nazariyasining mag‘zini tashkil etadi) faqat ularning qo‘lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga ayni shu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun kerak.SHu davrda yangi tendensiyalarga nisbatan boshqacha munosabatni ilgari suruvchi yondashuvlar ham paydo bo‘ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro munosabati muammolarini anglab etishda V.I.Vernadskiyning roli va u noosferani yaxlit umumbashariy hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega bo‘ldi.. SHunga o‘xshash fikrlarni taniqli fransuz faylasufi, teolog P.Teyyar de SHarden ham ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida insonning betakrorligini asoslashga harakat qilar ekan, u insonning tabiat bilan munosabatlarini uyg‘unlashtirish konsepsiyasini rivojlantirdi va butun insoniyatning birlashishi yo‘lida egoistik niyatlardan voz kechishga chaqirdi5.SHunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat yangi davr – umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu yangi sharoitlarda odamlar tabiiy va ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko‘rsata olishi mumkinligini hamanglab etdilar. Texnooptimizm. Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki o‘n yillik mobaynida ommaviy ongga o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo‘lib tuyular edi.Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi.
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi.
    Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”.
    Davlatimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2008 yilda BMTning 2003 yil 13 oktyabrdagi «Korrupsiyaga qarshi» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. SHuningdek, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shildik. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularningbari tom ma’nodadavlatimiztinchliginivaxalqfarovonligininghuquqiygarovidir.
    2017 yil 4 yanvar kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sababi, bundan oldin aynan Korrupsiya va unga qarshi kurash sohasidagi amaliy chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tubdan yoritib beruvchi va davlat organlarining umumiy holatda vazifa va majburiyatlarini uzviy holatda belgilovchi normativ-xuquqiy hujjat mavjud emas edi. Qonun ijtimoiy-adolat ruhida tuzilgan bo‘lib, islohotlar samaradorligi va natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganib, xalqaro amaliyot bilan taqqoslash va uni odamlarimiz, ayniqsa, joylardagi tadbirkorlar, jamoatchilik tashkilotlari bilan keng muhokama qilish asosida ishlab chiqildi. SHuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat hokimiyat iorganlari qolaversa har bir fuqaro mas’ul ekanligini chuqur izohlaydi.
    Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan.
    Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi.
    Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.

    Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.

    Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.

    Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.


    Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.
    Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi.
    Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.
    Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi.
    Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilardan iborat.
    1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko’ra o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz.
    2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi.
    3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har qanday fikr til yordamida so’z va gap shaklida moddiy ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo’ladi.
    4.Tafakkur – voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi.
    Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bo’lgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur predmet va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi ko’pgina predmetlarni umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi.
    Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog’liqdir. Hissiy bilish yordamida qo’lga kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o’z mazmuni va shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda bo’ladi. Tafakkur shakllari keyingi mavzularda atroflicha o’rganiladi. Biz bu o’rinda ularga qisqacha xarakteristika berib o’tamiz. Alohida predmetlar yoki ularning yig’indisi turli mazmuniga ko’ra tushuncha shaklida fikr qilinadi. Masalan, “inson” tushunchasi o’z mazmuniga ong va tafakkur, mehnat qilish qobiliyati, nutqga ega ijtimoiy mavjudotni oladi. Turli xil mazmunga ega tushunchalar bir xil shaklga ega bo’ladi. Tafakkurning hukm shaklida predmetlar o’rtasidagi munosabat va ularni belgilari ifodalanadi. Bu aloqa va munosabatlar tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, “qalam o’quv qurolidir”, “qalam” va “o’quv quroli” tushunchalarining aloqadorligi tasdiqlanmoqda. Hukmda tushunchalar munosabatini mantiqiy bog’lovchi ifodalaydi. Hukmlarning umumiy sxemasi: S-P dir va S-P emas shaklida bo’ladi. Shunday qilib hukm tasdiq yoki inkor shaklida tushunchalar aloqadorligini ifodalash usulidir.
    Xulosa chiqarishda esa bir yoki bir necha hukmlardan (asos) yangi hukm (xulosa) hosil qilinadi. Bir xil shakldagi xulosa chiqarishda xulosa bir xil usulda hosil qilinadi. Masalan, “talaba o’quvchidir” va “o’qituvchilar bilim olish bilan shug’ullanadi” degan hukmlardan “Talaba bilim olish bilan shug’ullanadi” degan xulosa chiqaramiz. Xulosa chiqarish asos hukmlarning mazmunan mantiqiy aloqadorligiga asoslanadi. Mazmunan mantiqiy aloqadorlikga ega bo’lmagan hukmlardan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Shunday qilib barcha tafakkur shakllariga xos bo’lgan jihat fikr elementlaridagi aloqadorlikdir – tushunchada belgilar, hukmda tushunchalar, xulosa chiqarishda hukmlar. Tafakkurda fikr mazmuni va shakli uzviy aloqadorlikda bo’ladi.
    Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida ko’rishda biz “fikr” va “fikrlash” tushunchalarini qo’lladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha o’zaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga o’tishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato bo’ladi. Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini to’g’ri qurilishiga bog’liq. Tafakkurning mantiqiy to’g’riligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni – bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy aloqasidir. Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir.
    An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda alohida to’xtab o’tiladi.
    Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?
    Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi.
    Xulosa
    Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni yengib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an'analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e'tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.


    ASOSIY ADABIYOTLAR:
    1. Karimov I.A. Asarlar tо‘plami. 1-18 jildlar. T. О‘zbekiston. 1996-2011
    2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.
    3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari. – Toshkent: О‘zbekiston, 2009. – 56 b.
    4. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: О‘zbekiston, 2009.
    5. Karimov I.A. Hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash yо‘lidan // Xalq sо‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.
    Download 86,09 Kb.




    Download 86,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish bajardi : ki fakulteti ki 14-23(s) guruh talabasi Salomov Akobir qarshi 2023 Reja

    Download 86,09 Kb.