|
Mustaqil ish bajardi: csf001 guruh talabasi Mirvoxidov Mirafzal
|
bet | 6/6 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 116,69 Kb. | | #267142 |
Bog'liq 2 MUSTAQIL KIBRXulosa:
Barcha akkauntlaringiz uchun siz oldin hech qachon qo’llamagan noyob va takrorlanmas parollardan foydalanishingiz kerak. Parolingiz dunyodagi eng kuchli parolbo’lsa ham, uni bir nechta akkauntlarga qo’llash orqali siz o’zingizni katta xavf ostiga qo’yasiz.
Aytaylik, siz bitta paroldan elektron pochta, Facebook va Instagram akkauntlaringiz uchun foydalanasiz. Agar elektron pochtangiz provayderining xavfsizlik tizimi ishida buzilishlar yuz bersa (bu dastlab ko‘ringaniga qadaganda tez-tez yuz berib turadi) va hisobingiz ma’lumotlari o‘g‘irlansa, g‘araz niyatli kishilar olingan parol va uning biroz o‘zgartirilgan versiyalaridan boshqa saytlarga kirish uchun qo‘llashga urinib ko‘radilar. Oqibatda, bir xil parol qo’llagan barcha akkauntlaringiz buziladi.
Parollarni qayta qo’llash ham yaxshi emas, chunki dunyodagi millionlab boshqa foydalanuvchilarda bo’lgani kabi, sizning ham qachondir yaratgan va keyin unutgan yoki kamdan-kam foydalanadigan bir nechta akkauntlaringiz bor bo’lsa kerak. Ana shunday akkauntlaringizning ayrimlari buzilgan bo’lishi mumkin. Agar g’araz niyatli shaxs ushbu akkauntlarning ba’zilari bilan bog’liq elektron pochta manzilingizni qo’lga kiritsa, u ushbu pochta manzili yordamida buzilgan hamma akkauntlaringizni osongina topa oladi. Bundan tashqari, unutilgan yoki kam qo’llaniladigan akkauntlar parollari sizdirilganda, e’tiborsiz qolgan bunday akkauntlarni firibgarlar juda osonlik bilan qo’lga kirita oladilar. Shunday qilib, agar bitta parolni yoki uni biroz o’zgartirgan holda bir nechta akkauntlar uchun qayta ishlatsangiz, firibgarlar bitta unutilgan akkauntni topish orqali barcha akkautlaringizni buzib kira olishi mumkin. Bu parollarni to‘ldirish yoki to’plash deb ataladi.
Hozir har bir akkauntni kuchli va takrorlanmas parol bilan himoyalash sizga juda qiyin masaladek tuyulayotgan bo’lishi mumkin. Bu parollarning hammasini qanday eslab qolaman deb o’ylashingiz mumkin. Aslida, faqat bitta ishonchli parolni eslab qolishingiz kifoya. Qolganlarini parol menejerida saqlashingiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotar:
1. Alimov R.X, Begalov B.A., Yulchiеva G.T., Alishov Sh.A. “Iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalari”. O`quv q`llanma. T.: - O`YUAJN, 2005 y.
2. S.K.Ganiev, A.A.Ganiev, Z.T.Xudoyqulov. Kiberxavfsizlik asoslari: O‘quv qo‘llanma. – T.: «Aloqachi», 2020
|
| |