• Trigonometrik funksiyalar[A-6, 12 bet] 3 2-jadval.
  • Mustaqil ish bajardi: O’razboyev bahrom mavzu: Matlab dasturi haqida tushincha. Matlabda ma’lumotlarni tashkil qilish va tasvirlash. Reja




    Download 92,55 Kb.
    bet3/3
    Sana23.12.2023
    Hajmi92,55 Kb.
    #127552
    1   2   3
    Bog'liq
    bahrom

    Arifmetik amallar:[A-6 5 bet]2

    Simvol

    Operatsiya

    Misol

    +

    Qo‘shish

    2 + 3

    -

    Ayirish

    2 - 3

    *

    Ko‘paytirish

    2 * 3

    /

    Bo‘lish

    2 / 3

    MATLAB tizimi turli matematik funksiyalarni hisoblash imkonini beradi. Keyingi elementar algebraik funksiya argument sifatida bitta yoki 2 ta haqiqiy (x, y) yoki bitta kompleks son(z)ga ega.
    Trigonometrik funksiyalar[A-6, 12 bet]3
    2-jadval.

    cos(x)

    Kosinus

    abs(x)

    Absolyut qiymat

    sin(x)

    Sinus

    sign(x)

    Signum funksiyasi

    tan(x)

    Tangens

    max(x)

    Maksimal qiymat

    acos(x)

    Arkkosinus

    min(x)

    Minimal qiymat

    asin(x)

    Arksinus

    ceil(x)

    Cheksiz qiymat (+∞)

    atan(x)

    Arktangens

    floor(x)

    Cheksiz qiymat (−∞)

    exp(x)

    Exponenta

    round(x)

    Butun qiymatga yaxlitlash

    sqrt(x)

    Kvadrat ildiz ostida

    rem(x)

    Bo`linmaning qoldiq qiymati

    log(x)

    Natural logorifm

    angle(x)

    Fazoviy burchak

    log10(x)

    O`nlik logorifm



    MATLAB tizimi navbatdagi trigonometrik va x o‘zgaruvchili teskari trigonometrik funksiyalarni hisoblash imkonini beradi (2 – jadval).
    TOPSHIRIQ.
    MATLAB dasturida har bir talaba ixtiyoriy ravishda o‘zgaruvchilarni (x, y yoki a, b) hamda ularga to‘g‘ri keladigan qiymatlarni (x=3, y=5 yoki a=4, b=6 namuna sifatida) kiritgan holda oddiy arifmetik amallarni bajarib (qo‘shish «+», ayirish «-», ko‘paytirish «*», bo‘lish « :, / »), fayl shaklida yuklang.
    Namuna:
    x=5 y=6 x+y= x-y= x*y= x/y=

    2.Matlabda matematik ifodalar,


    konstanta va o’zgaruvchilar.Matlabda ma’lumotlar faqat bir shaklda, ya’ni matrisa shaklida tashkil qilinadi. Son esa matlabning eng oddiy obyektlaridan bo’lib, u miqdoriy ma’lumotlarni ifodalab beradi. Xaqiqiy sonlar butun, kasr, fiksirlangan va suzuvchi nuqtali bo’lishi mumkin. Ularni matlabda mantissa va son tartibini ko’rsatgan xolda ifodalash mumkin:
    0 -3 3.42 5.2ye-24 -23.43ye10
    Xar bir sondagi raqamlar orasiga probel qo’yilmaydi, “+” ishora son oldiga qo’yilmaydi, “-” ishora esa qo’yiladi.
    Matlabda sonlarni ifodalash uchun quyidagi formatlardan foydalaniladi:
    Masalan, x=[4/3, 1.234e-6] vektorni ko’raylik:
    format bank 1.33 0.00
    format short 1.333 0.000
    format shorte 1.333E+000 1.234E-006
    format long 1.333...,8 (15) 0.00000 12340 00000
    format large 1.3…..3.8E+00 1.2340…..0E-006
    formatrat– sonlar rasional ko’rinishda beriladi.
    Masalan, y=[3.2 0.5 1.4] matlabda son yoki vektorlarni formatini berish uchun umumiy format komandasidan foydalaniladi.
    Yuqoridagi y vektor uchun format e’lon qilamiz:
    >> format bank
    >> y:
    y=[16/5 ½ 7/5].
    Bu formatlarning berilishi faqat natijaviy ma’lumotlarni ko’rinishiga ta’sir etadi. Barcha xisoblashlar ikki karrali aniqlikdagi formatda bajariladi, sonlarni kiritish esa ixtiyoriy qulay formatda bo’lishi mumkin.
    Matlabda konstanta (o’zgarmas) – bu avvaldan aniqlangan sonli yoki belgili qiymat bo’lib, u noyob nom (identifikator) bilan taqdim etiladi. Sonlar (masalan, 1, -3, 1.5) nomsiz sonli konstanta hisoblanadi.
    Matlabda boshqaga ko’rinishdagi konstantalarni tizim o’zgaruvchilari deb atash qabul qilingan, sababi, bir tomondan tizim yuklanayotgan vaqtda ular ham beriladi, ikkinchi tomondan ular dasturlarda qayta aniqlanishi mumkin. Matlabda ishlatiladigan asosiy tizim o’zgaruvchilari quyidagilardir:

    • i yoki j – mavxum birlik;

    • pi-soni = 3.1415926...;

    • eps= 2-52 - sonlar ustida amallar bajarishdagi xatolik;

    • realmin= 2-1022 – suzuvchi nuqtali eng kichik son;

    • realmax= 21023 – suzuvchi nuqtali eng katta son;

    • inf – mashina cheksizlik qiymati;

    • NaN – ma’lumotni sonli tavsifga ega emasligini ko’rsatuvchi o’zgaruvchi (Not a number);

    • ans – qiymati boshqa o’zgaruvchiga o’zlashtirilmagan amalning natijasini saqlovchi o’zgaruvchi;

    • belgili konstanta – bu apostrof ichiga olingan belgilar ketma-ketligi. Masalan, ` haqiqiy son `, ` 3x+4y ` va x.k.

    Matlabda umumiy o’zgaruvchilar ham mavjud bo’lib, ular nomga ega bo’lgan obyektlar hisoblanadi. Bu o’zgaruvchida turli xil qiymatlarni saqlash mumkin. O’zgaruvchilar sonli, belgili, vektorli yoki matrisali bo’lishi mumkin, lekin matlabda ularning xammasi matrisa deb tushuniladi.
    Matlab dasturlash tilida o’zgaruvchiga qiymat berish:
    = < ifoda qiymati >
    komandasi yordamida amalga oshiriladi. Bu yerda (=) tayinlash (qiymat berish) operatori vazifasini bajaradi.
    3. Matlabda funksiyalar va sozlangan funksiyalar. Endi funksiya tushunchasini keltiramiz. Funksiya – o’zining argumentlari ustida ma’lum bir shakl almashtirishlarni bajaruvchi va unda hosil qilingan natijalarni qaytarish xususiyatiga ega bo’lgan noyob nomli obyektdir. Funksiyalar bir nechta argumentlarga ega bo’lib bir emas, bir nechta natijani qaytaradigan bo’lsa quyidagicha yoziladi:
    [y1,y2, …] = func (x1, x2, …)
    x1, x2, …, y1,y2, … - mos ravishda kirish va chiqish parametrlari deyiladi.
    Matlabdagi elementar funksiyalar ro’yxati bilan help elfun komandasi, maxsus funksiyalar ro’yxati bilan esa help spasefun komandasi orqali tanishish mumkin. Bu funksiyalar matlabdagi sozlangan ichki funksiyalarga kiradi, ya’ni ularga argumentlari bilan murojaat qilib, qiymatlarini olishimiz mumkin.
    Trigonometrik funksiyalarga faqat radian argument qo’yilishi mumkin.
    4. Ma’lumotlarni klaviatura va faylli disklardan kiritish. Yuqorida ta’kidlanganidek, matlabda ma’lumotlar faqat matrisa shaklida tashkil qilinadi. Buning esa 3ta usuli bor:

    • ma’lumotlarni klaviaturadan to’g’ridan-to’g’ri kiritish;

    • ma’lumotlarni faylli disklardan kiritish;

    Matrisalarni faylli disklardan yuklab xam xosil qilsa bo’ladi. Buning uchun
    load
    komandasidan foydalaniladi. Agar komanda parametri yozilmasa berilganlar matlab.mat nomli fayldan yuklanadi.
    Yuklanayotgan berilganlar avvaldan tekstli(ASC11) formatida ham va saqlab qo’yilgan bo’lishi mumkin. Buning uchun
    loadx y z
    komandasidan foydalaniladi.
    5.Ma’lumotlarni matlab komandalari yordamida xosil qilish. Matlabda ma’lumotlarni uning komandalari yordamida bir necha usullarda xosil qilsa bo’ladi. SHulardan biri bo’lgan (:) komandasi yordamida xosil qilinadigan matrisalarni misollarda ko’rib chiqamiz:
    >>a= 1: 7
    [a= 1 2 3 4 5 6 7]
    >>b= 0 : 0.3 : 1.2
    b= [0 0.3 0.6 0.9 1.2]
    Demak a o’zgaruvchida uzunligi 7ga, b da esa uzunligi 5ga teng bo’lgan vektor-qator xosil qilindi.
    Mavjudmatrisadan vektor xosil qilish uchun (:) komandasini ishlatsa bo’ladi. Agar: x= [ 2 5 7
    4 -2 1
    0 3 4 ]

    bo’lsa, u= x (:, 1) natijasida


    u= [ 2
    4
    0 ]
    vektor-ustun va uu= x(:, 2) natijasida
    uu= [ 5
    2
    3 ]
    vektor-ustun xosil qilinadi.
    xx = x(1, :)
    xx = [2 5 7]
    qator-vektorni xosil qiladi. (:) komandasini xy= x (:, 2:3) ko’rinishda xam ishlatish mumkin. Bu xolda 2-dan 3-ustungacha bo’lgan barcha ustunlar va qatorlarning xammasi qatnashgan (3x2) o’lchovli matrisa xosil bo’ladi:
    xy= [5 7; -2 1; 3 4].
    yx= x(1:2, 2:3) komandasi esa elementlari 1- va 2-qatorlar bilan xamda ustunlari 2 va 3-ustunlar bilan aniqlangan (2*2) o’lchovli quyidagi matrisani xosil qiladi.
    yx= [ 5 7; -2 1 ].


    6. Matrisalarni almashtirish amallari. Matlabda matrisalar ustida oddiy arifmetik amallardan tashqari maxsus amallar va almashtirishlar mavjud. Ulardan biri matrisalarni transnonirlashdir. Biror A matrisani transnonirlash deganda uni mos qatorlarini ustunlar bilan almashtirish tushuniladi va u A' kabi belgilanadi. Masalan, A= [ 1 2 3; 4 5 6 ] bo’ladi. demak bunda (m*n) o’lchovli matrisaga o’tadi.
    Bir nechta matrisalarni birlashtirish uchun
    V= cat ( A1, A2, ... )
    komanda ishlatiladi. Bu holda A1, A2, ..., matrisalar ko’rsatilgan o’lchov bo’yicha birlashtiriladi:
    cat (2, A, V) = [A, V]
    cat (1, A, V) = [A; V]
    Matlabda matrisalarni burish uchun fliplr (A), flipud (A) komandalaridan foydalaniladi. fliplr (A) komandasi A matrisani chapdan o’ngga ustunlarini almashtirish yo’nalishida buradi. flipud (A) esa A matrisani pastdan yuqoriga qatorlarini almashtirish yo’nalishida buradi
    Maxsus matrisalarni xosil qiluvchi komandalarni keltirib o’tamiz:

    • eye (m,n) – asosiy diagonalda 1, qolgan elementlari 0 bo’lgan (m*n) matrisa xosil qiladi;

    • lincpase (a, b, [n]) – [a, b] – oraliqda tekis taqsimlangan n ta elementli matrisa, n ko’rsatilmasa avtomatik tarzda 100 deb olinadi;

    • ones (m, n) elementlari faqat 1 dan iborat bo’lgan (m*n) matrisa;

    • rand (m, n) – elementlari (0, 1) oraliqda tekis taqsimlangan tasodifiy miqdorlar bo’lgan (m*n) matrisa;

    • zeros (m, n) - (m*n) o’lchovli faqat nollardan tuzilgan matrisa;

    • hilb (n) – n tartibli Gilbert matrisasi (Uning elementlari h (i,j)=1/(i+j-1));

    • invhilb (n)– Gilbertning teskari matrisasi;

    • magic (n) – qator bo’yicha elementlar yig’indisi ustunlar bo’yicha elementlar yig’indisiga teng bo’lgan “sehrli” matrisa;

    • size(A) – A matrisaning o’lchovi;

    • length(A) – A vektor uzunligi (elementlar soni);

    • ndims(A) – A matrisa o’lchovlari soni;

    • isempty(A) – A matrisa bo’sh bo’lsa 1, aks xolda 0 qiymatni beradi;

    • isegual(A, V) – A=V bo’lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi;

    • inumeric(A) – A matrisa sonli tipda bo’lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi;



    Nazorat savollari.

    1. Matlabning asosiy obyektlari nima?

    2. Matlabda sonlarning qanday formatlari bor?

    3. Matrisa, vektor-ustun va vektor-qatorni ta’riflang.

    4. Matrisalarni xosil qilish usullarini ayting va misollar keltiring.

    5. load komandasining formatlarini va vazifalarini tushuntiring.

    6. Matrisani transponirlash nima?

    7. flipud vafliplrkomandalari nima uchun xizmat qiladi?

    8.Maxsus matrisalarni xosil qiluvchi komandalarni keltiring.


    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1.MATLAB 7.*/R2006/R2007 o’quv qo’llanma.:M.2008.


    2. Mathematica.Volfram, Stefen, 1959.
    3. Dyakonov V. P., Abramenkova I. V., Kruglov V. V. MATLAB 5 s paketami
    rasshireniy. – M.: Nolidj, 2001.
    4. Potemkin V. G. Sisema MATLAB: Spravochnoye posobiye. – M.: Dialog_
    MIFI, 1997.
    5.T.Dadajonov, M.Muhitdinov. MATLAB asoslari.”Fan nashriyoti”. 2008.



    1

    2



    3


    Download 92,55 Kb.
    1   2   3




    Download 92,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish bajardi: O’razboyev bahrom mavzu: Matlab dasturi haqida tushincha. Matlabda ma’lumotlarni tashkil qilish va tasvirlash. Reja

    Download 92,55 Kb.