|
Mustaqil ish bajardi: Xudoynazarov Asadbek Tekshirdi: mavzu: Xujjatlar aylanishi va uning tartibi. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #100817 |
Bog'liq 160801-coins-template-4x3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNVERSITETI
BUXGALTERIYA XISOBI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Xudoynazarov Asadbek
Tekshirdi:
MAVZU: Xujjatlar aylanishi va uning tartibi.
REJA: - Hujjatlarning aylanishi.
- Bugalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to’g’risidagi nizomi
- Hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish tizimi
- Hujjatlarni bashqarishni avtomatlashtirish. Avtomatlashtirilgan hujjatlarni boshqarish tizimi
Bugalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to’g’risidagi nizomi
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
1.Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar).
2.Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
3.Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni axborot tizimlari xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
4.Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
5.Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr, elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
|
| |