O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‗MITASI
QARORI
ELEKTR ENERGIYASINI SOTISHNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH
TARTIBI TO„G„RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TO„G„RISIDA
[O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 31-iyulda ro„yxatdan
o„tkazildi, ro„yxat raqami 2127]
Oldingi
tahrirga qarang.
O‗zbekiston Respublikasining ―
Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida
‖gi, ―
Davlat soliq xizmati
to‗g‗risida
‖gi qonunlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‗mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari
ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
1. Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‗g‗risidagi
nizom
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilgan kundan boshlab o‗n kun o‗tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-iyul,
53-son
Davlat soliq qo„mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-iyul,
2010-32-son
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining 2010-yil
7-iyuldagi 53, 2010-32 -sonli
qaroriga
ILOVA
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to„g„risidagi
NIZOM
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi
22-son ―Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‗shimcha
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi
qaroriga
muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (keyingi
o‗rinlarda — HETK) tomonidan elektr energiyasini sotishning buxgalteriya hisobi masalalarini
tartibga soladi.
(muqaddima O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari
ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
|