HETK tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun o‗zaro hisob-kitoblarni to‗liq
va o‗z vaqtida amalga oshirishda O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) ham ishtirok etadi.
(1-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qaroriga
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) asosan xatboshi bilan
to„ldirilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
2-§. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini xarid qilish
bo„yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Oldingi
tahrirga qarang.
2. HETK elektr energiyasini ―O‗zbekiston milliy elektr tarmoqlari‖
AJdan elektr
energiyasini yetkazib berish shartnomasiga asosan oladi. HETK har oyda Byuro va ―Hududiy elektr
tarmoqlari‖ AJning tegishli vakillari bilan birgalikda elektr tarmog‗ining balans bo‗yicha
mansublilik chegarasida hisob-kitob davri uchun elektr energiyasini hisobga olish asboblari
ko‗rsatkichlarini yozib oladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
O‗zbekiston milliy elektr tarmoqlari‖ AJdan elektr energiyasini sotib olish bo‗yicha
operatsiyalar HETKning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
a) elektr energiyasini yetkazib berish to‗g‗risidagi dalolatnomaga asosan
tuzilgan va HETK
uchun rasmiylashtirilgan schyot-fakturaga muvofiq:
debet 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda;
kredit 6120 ―Shu‘ba va qaram xo‗jalik jamiyatlariga to‗lanadigan schyotlar‖ schyoti — har
oylik elektr energiyasini yetkazib berish to‗g‗risidagi dalolatnoma va schyot-fakturaga asosan xarid
qilingan elektr energiyasining summasiga;
b) olingan schyot-fakturaga muvofiq sotib olingan elektr energiyasi bo‗yicha QQS
summasiga:
debet 4410 ―Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha bo‗nak to‗lovlari
(turlari bo‗yicha)‖ schyoti;
kredit 6120 ―Shu‘ba va qaram xo‗jalik jamiyatlariga to‗lanadigan schyotlar‖ schyoti;
v) HETK tomonidan xarid qilinayotgan elektr energiyasi bo‗yicha bo‗nak to‗lovlari
amalga
oshirilganda:
debet 4310 ―TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‗naklar‖
schyoti;
kredit pul mablag‗larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5500 va h.k.) — hisobot davrida
xarid qilinayotgan elektr energiyasi uchun berilgan bo‗nak summasiga;
g) xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar
amalga oshirilayotganda
ilgari berilgan bo‗nak to‗lovlari summasi hisobga olinganda:
debet 6120 ―Shu‘ba va qaram xo‗jalik jamiyatlariga to‗lanadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 4310 ―TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan
bo‗naklar‖ schyoti;
d) hisobot davri mobaynida xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob —
kitoblar har oylik elektr energiyasini yetkazib berish to‗g‗risidagi dalolatnoma va schyot-fakturaga
muvofiq amalga oshirilganda:
debet 6120 ―Shu‘ba va qaram xo‗jalik jamiyatlariga to‗lanadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit pul mablag‗larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5500 va h.k.) — ilgari berilgan
bo‗naklar hisobga olingandan keyin to‗langan pul mablag‗lari summasiga.