asbobidan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr
energiyasi boshqacha usulda
o‗g‗irlangan hollarda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste‘molchi — yuridik
shaxsning elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatilgan ishlash soatlari bo‗yicha elektr energiyasi
sarfini tasdiqlovchi hujjat asosida qayta hisoblab chiqilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2018-yil 9-iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti —
elektr
energiyasi sarfini qayta hisoblangan hajmidan
hisoblangan QQS summasiga;
iste‘molchi — yuridik shaxsning aybi bilan va/yoki boshqa shunga o‗xshash hollarda
hisobga olish asbobi buzilgan holatlarda, qo‗shimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi
sarfining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖
schyotini alohida ajratgan
holda — qo‗shimcha ravishda qayta hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan
tartibda elektr energiyasi iste‘molining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‗yicha
sotish hajmi
(miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda qo‗shimcha ravishda
qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxi summasiga.
14. O‗zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik
bilan
ulagan taqdirda, iste‘molchi — yuridik shaxs tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi
bo‗yicha undiriladigan summaning hisoblanishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti —
o‗zboshimchalik bilan ulangan taqdirda, iste‘molchi–yuridik shaxsdan undiriladigan elektr
energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
o‗zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik bilan
ulagan taqdirda, iste‘molchi — yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi
tannarxining hisobdan chiqarilishi:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — o‗zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik bilan
ulagan hollarda, undirish hisoblanilgan davr mobaynida elektr energiyasining foydalanilgan hajmi
(miqdori) va sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan iste‘molchi — yuridik shaxs
tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining tannarxi summasiga.
15. Iste‘molchi — yuridik shaxslar, oy mobaynida yetkazib
berilgan elektr energiyasi
uchun yakuniy hisob-kitoblarni, qonunchilikka muvofiq tuzilgan elektr ta‘minoti shartnomasida
ko‗rsatilgan muddatlarda amalga oshiradi. Agarda, yakuniy hisob-kitoblar ko‗rsatilgan muddatlarda
amalga oshirilmagan bo‗lsa, HETK iste‘molchilar — yuridik shaxsga elektr energiyasini yetkazib
berishni to‗xtatadi, bundan elektr energiyasi yetkazib berishning maxsus tartibiga ega bo‗lgan
korxonalar mustasno. Ayni bir vaqtda, HETK iste‘molchi —
yuridik shaxsning shaxsiy
varaqasidagi ma‘lumotlar asosida, hisob-kitob qilinayotgan oyda yetkazib berilgan elektr energiyasi
summasidan amalga oshirilgan to‗lovlar summasini chiqarib tashlagan holda xizmat ko‗rsatuvchi
bank orqali akseptlangan to‗lov talabnomasini taqdim etadi.
16. Hisobot davri mobaynida sotilgan elektr energiyasi bo‗yicha yozilgan schyot-fakturaga
muvofiq yakuniy hisob-kitoblar uchun pul mablag‗lari kelib tushganda:
debet pul mablag‗larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5500 va h.k.);
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti — ilgari
olingan bo‗naklarni hisobga olgandan keyin olingan pul mablag‗lari summasiga.
Oldingi
tahrirga qarang.
17. Iste‘molchi — yuridik shaxs tomonidan olingan elektr energiyasi qiymatini o‗z vaqtida
to‗lamaganligi uchun penyalar hisoblangan hollarda, hisoblangan penyalar summalari buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2018-yil 9-iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
debet 4860 ―Da‘volar bo‗yicha olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9330 ―Undirilgan jarima, penya va ustamalar‖ schyoti.
Oldingi
tahrirga qarang.
18. Elektr energiyasini hisobga olish iste‘molchi-yuridik shaxsning aybisiz vaqtinchalik
buzilganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Byuroni xabardor qilgan holda
HETKning qaroriga ko‗ra, hisobga olish buzilishiga qadar bo‗lgan oldingi
hisob-kitob davridagi
yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‗rtacha sutkalik sarf bo‗yicha amalga oshiriladi
va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
(18-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2018-yil 9-iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
a) elektr energiyasini hisobga olish iste‘molchi — yuridik shaxsning aybisiz vaqtinchalik
buzilganda, HETKning dalolatnomasi va to‗lov uchun qo‗shimcha yozib berilgan to‗lov hujjati
asosida iste‘molchi — yuridik shaxsga sotilgan elektr energiyasi hajmining hisobga olish
buzilishiga qadar bo‗lgan oldingi hisob-kitob davridagi o‗rtacha sutkalik sarfi bo‗yicha hisoblanishi:
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — qo‗shimcha
hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
b) qo‗shimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmi tannarxini aks ettirish:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — qo‗shimcha ravishda hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda,
elektr energiyasi iste‘molining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‗yicha sotish hajmi
(miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqib qo‗shimcha ravishda
hisoblangan elektr energiyasi tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga.
Oldingi
tahrirga qarang.
19. Hisob-kitob davri uchun ko‗rsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda elektr energiyasi
iste‘mol
qilinganda, iste‘molchilardan (maishiy iste‘molchilardan tashqari) elektr ta‘minoti
shartnomasida ko‗rsatilgandan ortiq iste‘mol qilingan elektr energiyasi jami hajmi uchun
belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida to‗lov undiriladi.
Hisob-kitob davri uchun elektr energiyasining ortiqcha olingan hajmi, iste‘molchi —
yuridik shaxsning hisoboti bilan yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan hisobga olish
asboblarining ko‗rsatkichlari bo‗yicha aniqlanadi.
(19-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2019-yil 11-
sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun
hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
20. HETK penyalar bo‗yicha alohida hisobni yuritadi, ularni hisobotlarda alohida ustunda
aks ettiradi va ular bo‗yicha alohida to‗lov talabnomalarini rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
(20-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari
ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)