Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana14.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#231949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Elektr energiyasini sotish 2127 31.07.2010

(8-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari 
ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
9. Elektr energiyasining sotilgan hajmini hisoblash yakuniga muvofiq HETK hisob-
kitoblarni amalga oshiradi va iste‘molchi — yuridik shaxsga O‗zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksining 
222-moddasining
 talablariga muvofiq schyot-faktura yozib beradi. 
(9-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son) 
Iste‘molchi — yuridik shaxsda turli tarif guruhlariga mansub bo‗lgan obyektlar mavjud 
bo‗lgan taqdirda har qaysi tarif guruhini alohida ko‗rsatgan holda umumiy schyot-faktura yoziladi. 
10. Iste‘molchi — yuridik shaxslarga elektr energiyasini sotish buxgalteriya hisobida 
quyidagicha aks ettiriladi: 
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti; 
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — tasdiqlovchi birlamchi 
hujjatlarga (elektr energiyasini yetkazib berish dalolatnomasi, schyot-faktura) muvofiq elektr 
energiyasini sotishdan tushum summasiga; 
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — sotilgan elektr 
energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga.
11. Hisobot davrida sotilgan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga 
oshirishda ilgari olingan bo‗nak to‗lovlari summasi hisobga olinganda: 
debet 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti; 
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti.
12. Elektr energiyasini iste‘molchi — yuridik shaxslarga shartnomadagi miqdor bo‗yicha 
hisoblab sotilishi, hamda haqiqatda iste‘mol qilingan elektr energiyasi uchun iste‘molchi — yuridik 
shaxslar bilan qayta hisob-kitob qilinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
a) elektr energiyasini iste‘molchi — yuridik shaxslarga, qonunchilikda belgilangan tartibda 
shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‗yicha sotishdan tushum hisoblanganda: 
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — elektr energiyasini iste‘molchi 
— yuridik shaxslarga, elektr ta‘minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan HETK 
va iste‘molchi — yuridik shaxs o‗rtasidagi elektr ta‘minoti shartnomasiga asosan hisoblangan 
shartnomadagi miqdor bo‗yicha sotishdan olingan tushum summasiga
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 
10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-
son) 
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — yuridik 
shaxslarga sotilgan elektr energiyasining shartnomadagi miqdori bo‗yicha hisoblangan hajmdan 
hisoblangan QQS summasiga. 
b) iste‘molchi — yuridik shaxslarga sotilgan elektr energiyasining tannarxini aks ettirish:


debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti; 
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan 
holda — qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi iste‘molining shartnomadagi 
hisoblangan miqdori bo‗yicha sotish hajmi (miqdori) va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan 
kelib chiqqan holda hisoblangan iste‘molchi — yuridik shaxslarga sotilgan elektr energiyasining 
tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga; 
v) hisobot davri mobaynida elektr energiyasi iste‘molining shartnomadagi hisoblangan 
miqdori bo‗yicha har bir iste‘molchi — yuridik shaxs bo‗yicha sotishdan olingan tushum tan 
olinganda va unda, ilgari olingan bo‗nak to‗lovlari summasi hisobga olinganda: 
debet 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti; 
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti; 
g) iste‘molchi — yuridik shaxslar tomonidan haqiqatda iste‘mol qilingan elektr energiyasi 
uchun keyinchalik qayta hisob-kitob qilinganda: 
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlariga muvofiq iste‘molchi — 
yuridik shaxslar tomonidan haqiqatda iste‘mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 
shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‗yicha tan olingan sotish tushumi summasidan oshgan 
summasiga (ijobiy farq): 
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti; 
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti; 
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — ijobiy farq 
summasidan hisoblangan QQS summasiga; 
ijobiy farq hajmi tannarxini aks ettirish: 
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti; 
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan 
holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining 
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmi tannarxi summasiga
iste‘mol qilingan elektr energiyasining ijobiy farqi summasiga, ilgari olingan bo‗nak 
to‗lovlarining qolgan summasi hisobga olinganda: 
debet 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti; 
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‗yicha tan olingan sotish tushumi summasining, 
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlariga muvofiq iste‘molchi — yuridik 
shaxslar tomonidan haqiqatda iste‘mol qilingan elektr energiyasi qiymatidan oshgan summasiga 
(salbiy farq): 
debet 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti; 
debet 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — salbiy farq 
summasidan hisoblangan QQS summasiga; 
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti; 
salbiy farq hajmi tannarxining tuzatilishini aks ettirish: 
debet 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan 
holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining 
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi summasiga; 
kredit 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti; 
shartnomadagi hisoblangan miqdordan kelib chiqib iste‘mol qilingan elektr energiyasi 
bo‗yicha iste‘molchi — yuridik shaxsning qarzdorligi bo‗lmagan holatda, yoki HETKning ilgari 
olingan avans to‗lovlari bo‗yicha yuridik shaxsdan qarzdorligi mavjud bo‗lgan holatda, salbiy farq 
summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: 
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti; 
kredit 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti. 

Download 0,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish

Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish