-§. Elektr energiyasini iste‟molchi — yuridik shaxslarga sotish bo„yicha operatsiyalarni




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana14.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#231949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Elektr energiyasini sotish 2127 31.07.2010

3-§. Elektr energiyasini iste‟molchi — yuridik shaxslarga sotish bo„yicha operatsiyalarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 
3. Bevosita HETKlarning elektr tarmoqlaridan, hamda iste‘molchi yuridik shaxslar yoki 
subiste‘molchilarning elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan (yetkazib berilayotgan) elektr 
energiyasi uchun iste‘molchi — yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblar qonunchilikda belgilangan 
tartibda tasdiqlangan elektr energiyasining tegishli tariflari bo‗yicha elektr ta‘minoti shartnomasiga 
asosan amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Elektr energiyasining iste‘molchi — yuridik shaxslari HETK bilan birgalikda har oyda
hisob-kitob davri tamom bo‗lgandan keyin besh kun mobaynida, foydalanilgan elektr energiyasi 
uchun o‗zaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzishlari shart. 
(3-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2015-yil 24-
iyundagi 55, 2015-21-sonli 
qaroriga 
(ro„yxat raqami. 2127-1, 29.06.2015-y.) asosan xatboshi bilan 
to„ldirilgan — O„R QHT, 2015-y., 26-son, 344-modda) 
4. Barcha toifadagi iste‘molchi — yuridik shaxslarga elektr energiyasini har oyda yetkazib 
berish, shartnomaga muvofiq tegishli oy uchun yetkazib berilishi nazarda tutilgan elektr energiyasi 
hajmining qiymatidan qonunchilikda belgilangan miqdorda bo‗nak to‗lovi iste‘molchi — yuridik 
shaxs tomonidan to‗langandan keyin amalga oshiriladi. 
5. Shartnomaga asosan tegishli oy uchun elektr energiyasini yetkazib berish hisobiga 
bo‗nak to‗lovlarining kelib tushishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
debet pul mablag‗larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5200, 5500 va h.k.); 
kredit 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
6. Iste‘molchi — yuridik shaxsning elektr energiyasi uchun, shuningdek reaktiv energiya 
kompensatsiyasi uchun tarifga ustamalar, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-
kitobi va penya bo‗yicha qarzi bo‗lgan taqdirda uning avans to‗lovi hisobiga o‗tkazilgan 
mablag‗lari qarzni qoplashga yo‗naltiriladi va avans to‗lovi sifatida hisobga olinmaydi. Qarzni 
qoplashga yo‗naltirilgan mablag‗lar, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son) 
debet pul mablag‗larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5200, 5500 va h. k.);
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 4860 ―Da‘volar bo‗yicha olinadigan schyotlar‖ schyoti — penya bo‗yicha summaga. 
(6-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari 
ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son) 
7. Iste‘molchi — yuridik shaxsning aybi bilan shartnomada ko‗rsatilgan elektr energiyasi 
hajmi to‗liq iste‘mol qilinmagan taqdirda, bo‗nak tariqasida to‗langan mablag‗larni qaytarish 
amalga oshirilmaydi va u iste‘mol qilingan elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda 
hisobga olinadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
8. Iste‘molchi — yuridik shaxslarga hisobot davrida yetkazib berilgan (sotilgan) elektr 
energiyasi hajmi, Byuro tomonidan iste‘molchi bilan birgalikda yozib olingan hisobga olish 
asboblari ko‗rsatkichlaridan kelib chiqib elektr energiyasi iste‘molining amalga oshirilgan 
hisoblanishi asosida aniqlanadi.
Iste‘mol qilingan elektr energiyasining haqiqatdagi hajmini aniqlash uchun iste‘molchi 
tomonidan elektr energiyasi sarfi to‗g‗risida HETK va Byuroga belgilangan shakl bo‗yicha o‗z qo‗li 
bilan yoki faksimil yoxud elektron yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilgan hisobot ham asos 
bo‗lib xizmat qilishi mumkin.


Hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlari yozib olinmagan yoki elektr energiyasi sarfi 
to‗g‗risidagi hisobot iste‘molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, HETK tomonidan elektr 
energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) iste‘molining shartnomaviy miqdori bo‗yicha 
yoki o‗tgan hisob-kitob davr uchun elektr energiyasi iste‘molining o‗rtacha sutkalik amaldagi 
miqdori to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Bunda hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlari nazorat tartibida Byuro tomonidan yozib 
olingandan keyin amalda iste‘mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Qayta 
hisob-kitob iste‘molchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud uning ishtirokisiz belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 

Download 0,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Elektr energiyasini iste‟molchi — yuridik shaxslarga sotish bo„yicha operatsiyalarni

Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish