-§. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan va iste‟molchilarga yetkazib




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana14.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#231949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Elektr energiyasini sotish 2127 31.07.2010

5-§. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan va iste‟molchilarga yetkazib 
berilgan elektr energiyasi hajmlaridagi tafovutni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
30. Elektr energiyasini elektr tarmoqlari orqali uzatish vaqtida me‘yor doirasidagi 
texnologik sarf miqdori, qabul qilingan elektr energiyasining sotib olish qiymati bo‗yicha 
hisoblangan holda davr xarajatlariga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi: 
(30-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son) 
debet 9410 ―Sotish xarajatlari‖ schyoti; 
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan 
holda. 
31. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan iste‘molchilarga yetkazib berilgan elektr 
energiyasining miqdori, mazkur Nizomning 
8

21
va 
22-bandlarida
nazarda tutilgan tartibda 
aniqlanadi. 
32. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasining miqdori, 
mazkur Nizomning 
2-bandida
 nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
33. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan iste‘molchilarga yetkazib berilgan elektr 
energiyasi miqdori va xuddi shu davrda HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori 
o‗rtasidagi tafovut, va bundan elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida me‘yorlar 
doirasidagi (miqyosidagi) texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, buxgalteriya hisobida 
quyidagicha aks ettiriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son) 
a) hisobot yili mobaynida: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
hisob-kitob davrida iste‘molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmining, xuddi 
shu davrda HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmidan har oyda oshgan miqdorini 
elektr energiyasini sotib olish qiymati bo‗yicha hisoblab va bundan elektr energiyasini elektr 
tarmoqlarida uzatish vaqtida me‘yorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda 
aniqlangan summaga: 
(33-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 
10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-
son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmining, xuddi 
shu davrda iste‘molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmidan har oyda oshgan miqdorini 


elektr energiyasini sotib olish qiymati bo‗yicha hisoblab va bundan elektr energiyasini elektr 
tarmoqlarida uzatish vaqtida me‘yorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda 
aniqlangan summaga: 
(33-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 
10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-
son) 
debet materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da ―Etkazib 
berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut‖ schyotini alohida ajratgan holda; 
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan 
holda; 
b) hisobot yili tugagandan so‗ng materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi 
schyotlar (1600)da alohida ajratib ko‗rsatilgan ―Etkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi 
tafovut‖ schyotining debet qoldig‗i, hisobot davrining xarajatlariga boshqa operatsion xarajatlar 
sifatida olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
birlamchi hujjatlarga asoslangan hisob-kitoblar bo‗yicha (mazkur Nizomning 
1

2
va 
3-
ilovalari
) hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi bilan, xuddi 
shu davrda iste‘molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi o‗rtasidagi tafovut summasiga 
va bundan me‘yorlar doirasidagi elektr energiyasining texnologik sarfi miqdorini chegirgan holda: 
(33-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli 
qarori 
(ro„yxat raqami 2127-4, 
10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-
son) 
debet 9430 ―Boshqa operatsion xarajatlar‖ schyoti; 
kredit materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da ―Etkazib 
berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut‖ schyotini alohida ajratgan holda; 
ayni bir vaqtning o‗zida, hisobot davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr 
energiyasining hajmi va iste‘molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi o‗rtasidagi 
tafovutga to‗g‗ri keladigan, ilgari hisobga olishga olib borilgan va hisobga olishdan chiqarib 
tashlanishi lozim bo‗lgan QQS summasining tuzatilishi, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi: 
debet 9430 ―Boshqa operatsion xarajatlar‖ schyoti; 
kredit budjetga bo‗nak to‗lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) — materiallar 
qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlarning (1600) debet qoldig‗i summasiga to‗g‗ri 
keladigan va hisobot davrining xarajatlariga olib boriladigan QQS summasiga; 
materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da alohida ajratib 
ko‗rsatilgan ―Etkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut‖ schyotining kredit qoldig‗i 
boshqa operatsion daromadlarga olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: 
debet materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da ―Etkazib 
berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut‖ schyotini alohida ajratgan holda; 
kredit 9390 ―Boshqa operatsion daromadlar‖ schyoti. 

Download 0,54 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan va iste‟molchilarga yetkazib

Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish