d) eski tarif bo‗yicha ilgari olingan bo‗nak to‗lovlari summasi, tarif o‗zgargan
sanadan
boshlab 2 oydan ko‗p bo‗lgan vaqtda har bir maishiy iste‘molchi bo‗yicha yangi tarif bo‗yicha
iste‘mol qilingan elektr energiyasini sotishdan tushumni tan olishda hisobga olinganda:
(36-bandning “d” kichik bandi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
debet 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗nak to‗lovlari‖ schyoti;
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti‖ — yangi tarif
bo‗yicha hisoblangan ilgari olingan bo‗nak to‗lovlarini hisobga olish summasiga;
37. Hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlarining oxirgi yozib olish sanasidan
tariflar
o‗zgargan sanagacha maishiy iste‘molchi haqiqatda iste‘mol qilgan elektr energiyasining qayta
hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida, mazkur davr uchun o‗rtacha sutkalik iste‘mol, tariflar
o‗zgargan paytdan keyin hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlaridan olingan iste‘mol qilingan elektr
energiyasining haqiqatdagi ko‗rsatkichlari asosida aniqlanadi. O‗z navbatida, qayta hisob-kitoblarni
amalga oshirish maqsadida, to‗lov hujjatlari bo‗yicha olingan iste‘mol qilingan elektr energiyasi
ko‗rsatkichlari, iste‘mol qilingan elektr energiyasining haqiqiy ko‗rsatkichlari sifatida
foydalanilmaydi.
38. Hisobga olish asboblarining haqiqatdagi ko‗rsatkichlariga muvofiq maishiy iste‘molchi
tomonidan iste‘mol qilingan elektr energiyasi qiymatining, elektr energiyasini shartnomadagi
hisoblangan miqdori bo‗yicha yoki o‗tgan davrlar uchun elektr energiyasining
haqiqiy sarfi
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida hisoblangan sotish tushumi summasidan ko‗p bo‗lganida (ijobiy
farq):
a) hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan boshlab to
tariflar o‗zgargan sanagacha bo‗lgan davr uchun:
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — hisobga olish asboblari
ko‗rsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan to tariflar o‗zgargan sanagacha bo‗lgan davrda
yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga. Bunda ijobiy farq summasi, tariflar o‗zgargandan keyin yozib
olingan hisobga olish asboblarining haqiqatdagi ko‗rsatkichlari asosida, mazkur davr uchun
o‗rtacha sutkalik iste‘moldan kelib chiqib hisoblanadi;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — ushbu ijobiy
farq summasidan
hisoblangan QQS summasiga;
b)
mazkur bandning
―a‖
kichik bandida
ko‗rsatilgan davr uchun ijobiy farq hajmining
tannarxini aks ettirish:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖
schyotini alohida ajratgan
holda — qayta hisob — kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmining tannarxi summasiga;
v) tariflar o‗zgargan sanadan boshlab hisobga olish
asboblarining haqiqatdagi
ko‗rsatkichlarini yozib olish sanasigacha bo‗lgan davr uchun:
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — tariflar o‗zgargan sanadan
boshlab hisobga olish asboblarining haqiqatdagi ko‗rsatkichlarini yozib olish sanasigacha bo‗lgan
davrda yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti – ushbu ijobiy
farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
g) mazkur bandning
―v‖ kichik bandida
ko‗rsatilgan davr uchun ijobiy farq hajmining
tannarxini aks ettirish:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmining tannarxi summasiga.
39. Elektr energiyasini shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‗yicha yoki o‗tgan davrlar
uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida hisoblangan sotish
tushumi summasining hisobga olish asboblarining haqiqatdagi ko‗rsatkichlariga
muvofiq maishiy
iste‘molchi tomonidan iste‘mol qilingan elektr energiyasi qiymatidan ko‗p bo‗lganida (salbiy farq):
a) hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan boshlab to
tariflar o‗zgargan sanagacha bo‗lgan davr uchun:
debet 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — hisobga olish asboblari
ko‗rsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan to tariflar o‗zgargan sanagacha bo‗lgan davrda
yuzaga kelgan salbiy farq summasiga. Bunda salbiy farq summasi, tariflar o‗zgargandan keyin
yozib olingan hisobga olish asboblarining haqiqatdagi ko‗rsatkichlari asosida, mazkur davr uchun
o‗rtacha sutkalik iste‘moldan kelib chiqib hisoblanadi;
debet 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — ushbu salbiy
farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
b) mazkur bandning
―a‖ kichik bandida
ko‗rsatilgan davr uchun salbiy farq hajmining
tannarxini aks ettirish:
debet 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi summasiga;
kredit 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
v) tariflar o‗zgargan sanadan boshlab hisobga olish asboblarining haqiqatdagi
ko‗rsatkichlarini yozib olish sanasigacha bo‗lgan davr uchun:
debet 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — tariflar o‗zgargan sanadan
boshlab hisobga olish asboblarining haqiqatdagi ko‗rsatkichlarini yozib olish sanasigacha bo‗lgan
davrda yuzaga kelgan
salbiy farq summasiga;
debet 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — ushbu salbiy
farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
g) mazkur bandning
―v‖ kichik bandida
ko‗rsatilgan davr uchun salbiy farq hajmining
tannarxini aks ettirish:
debet 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi summasiga;
kredit 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti.
Oldingi
tahrirga qarang.