debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖
schyotini alohida ajratgan
holda — qo‗shimcha ravishda qayta hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan
tartibda elektr energiyasi iste‘molining shartnomada hisoblangan miqdori bo‗yicha yoki o‗tgan
davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida hisoblangan
sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda
qo‗shimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxi (sotib olish qiymati)
summasiga.
26. Iste‘mol qilingan elektr energiyasi uchun maishiy iste‘molchilar tomonidan to‗lovlar
o‗z vaqtida
amalga oshirilmaganligi uchun, qonunchilikda o‗rnatilgan tartibda penya hisoblangan
hollarda, hisoblangan penya summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4860 ―Da‘volar bo‗yicha olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9330 ―Undirilgan jarima, penya va ustamalar‖ schyoti.
27. O‗zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik
bilan
ulagan hollarda, maishiy iste‘molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi bo‗yicha
undiriladigan summaning hisoblanishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — undiriladigan
summadan
hisoblangan QQS summasiga;
o‗zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik bilan
ulagan hollarda, maishiy iste‘molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi tannarxining
hisobdan chiqarilishi:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — undirish hisoblanilgan davrda o‗zlarining elektr qurilmalarini
HETKning elektr
tarmoqlariga o‗zboshimchalik bilan ulagan hollarda, maishiy iste‘molchilar tomonidan elektr
energiyasining foydalanilgan hajmi (miqdori) va sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan
foydalanilgan elektr energiyasining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga.
Oldingi
tahrirga qarang.
(28-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qaroriga
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) asosan o„z kuchini yo„qotgan
— Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
29. Elektr energiyasini hisobga olish maishiy iste‘molchining
aybisiz vaqtinchalik
buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Byuroni xabardor qilgan holda,
HETKning qaroriga ko‗ra, hisobga olish buzilishiga qadar bo‗lgan oldingi hisob-kitob davridagi
yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‗rtacha sutkalik sarf bo‗yicha amalga oshiriladi
va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2018-yil 9-iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
a) elektr energiyasini hisobga olish maishiy iste‘molchining aybisiz vaqtinchalik
buzilganda, Byuro va HETKning dalolatnomasi va to‗lov uchun qo‗shimcha yozib berilgan to‗lov
hujjati asosida maishiy iste‘molchiga sotilgan elektr energiyasi hajmining hisobga olish buzilishiga
qadar bo‗lgan oldingi hisob-kitob davridagi o‗rtacha sutkalik sarfi bo‗yicha hisoblanishi:
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2018-yil 9-iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — qo‗shimcha
hisoblangan hajm summasidan hisoblangan QQS summasiga;
b) qo‗shimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmi tannarxini aks ettirish:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — qo‗shimcha ravishda hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda,
elektr energiyasi iste‘molining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‗yicha yoki o‗tgan davrlar
uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida hisoblangan
sotish hajmi
(miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqib qo‗shimcha ravishda
hisoblangan elektr energiyasi tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga.