(34-bandning ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Bunda maishiy iste‘molchi, tarif oshirilgan taqdirda, elektr energiyasining to‗lov kunidan
boshlab 2 oydan ko‗p bo‗lmagan vaqt uchun avans tarzida haq to‗langan miqdori uchun qo‗shimcha
to‗lovlardan ozod qilinadi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
35. Tarif o‗zgarganda, tarif o‗zgargan sanagacha iste‘mol qilingan elektr energiyasi hajmi
oldingi to‗lov vaqtidan boshlab o‗rtacha sutkalik iste‘mol bo‗yicha aniqlanadi va unga eski tarif
bo‗yicha haq to‗lanadi.
(35-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2018-yil 9-
iyuldagi 104, 2018-58-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-3, 09.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari
ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)
36. Maishiy iste‘molchi iste‘mol qilgan elektr energiyasining tariflar o‗zgargan
sanadan
boshlab sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha amalga oshiriladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
a) maishiy iste‘molchilardan ilgari olingan bo‗nak to‗lovlari doirasida, ammo to‗lov
kunidan boshlab 2 oydan ko‗p bo‗lmagan vaqt uchun eski tariflar bo‗yicha hisoblangan
elektr
energiyasini sotishdan tushum hisoblanganda:
(36-bandning “a” kichik bandi O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo„mitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — tarif o‗zgargan sanadan boshlab
xaridorlardan eski tariflar bo‗yicha olingan bo‗nak to‗lovlari doirasida, elektr energiyasini eski tarif
bo‗yicha sotish summasiga;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — elektr
energiyasini maishiy iste‘molchiga sotish hajmidan
hisoblangan QQS summasiga;
b) elektr energiyasining, maishiy iste‘molchilardan eski tarif bo‗yicha ilgari olingan bo‗nak
to‗lovlari
summasidan oshgan qismidan, yangi tarif bo‗yicha sotishdan tushum hisoblanganda:
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti — tariflar o‗zgargan sanadan
boshlab elektr energiyasining maishiy iste‘molchilardan eski tarif bo‗yicha ilgari olingan bo‗nak
to‗lovlari summasidan oshgan qismidan, yangi tarif bo‗yicha sotish summasiga;
kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — elektr
energiyasini maishiy iste‘molchiga sotish hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
v) tariflar o‗zgargan sanadan boshlab sotilgan elektr energiyasining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — maishiy iste‘molchilarga sotilgan elektr energiyasining tannarxi summasiga;
g) tarif o‗zgargan sanadan boshlab iste‘mol qilingan elektr
energiyasini sotishdan
tushumni, har bir maishiy iste‘molchi bo‗yicha eski tarif bilan hisoblanib tan olishda, ilgari olingan
bo‗nak to‗lovlari hisobga olinganda:
debet 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti;
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti — ilgari
olingan va eski tarif bo‗yicha hisoblangan bo‗nak to‗lovlarini hisobga olish summasiga;