|
-§. Elektr energiyasini sotishning analitik hisobiBog'liq Elektr energiyasini sotish 2127 31.07.20108-§. Elektr energiyasini sotishning analitik hisobi
Oldingi
tahrirga qarang.
44. Elektr energiyasini sotish bo‗yicha xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik hisobi
har bir iste‘molchi bo‗yicha (ham yuridik shaxs, ham maishiy iste‘molchi bo‗yicha) alohida miqdor
(elektr energiyasi iste‘molining natural hisob birligida) va qiymat ifodasida yuritiladi. Bunda,
qonunchilikda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, bir iste‘molchining debitor qarzdorligi ikkinchi
iste‘molchining kreditor qarzdorligi bilan o‗zaro hisob-kitob qilinishiga ruxsat etilmaydi, ya‘ni
iste‘molchilar bo‗yicha qarzdorlik qoldig‗i moliyaviy hisobotda kengaytirilgan tarzda aks ettirilishi
lozim.
(44-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2019-yil 11-
sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun
hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
45. Hisob — kitob davrida iste‘molchilarga yetkazib berilgan va xuddi shu davrda HETK
tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi o‗rtasidagi farqni, elektr energiyasini elektr
tarmoqlarida uzatish vaqtida me‘yorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda,
hisobdan chiqarishning analitik hisobi ham miqdor (elektr energiyasi iste‘molining natural hisob
birligida), ham qiymat ifodasida yuritiladi.
(45-band O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo„mitasining 2019-yil 11-
sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli
qarori
(ro„yxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun
hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
9-§. Yakuniy qoidalar
46. Elektr energiyasini sotish bo‗yicha xo‗jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining
ishonchliligiga va elektr energiyasining har bir iste‘molchisi bo‗yicha hisob-kitoblarning
yuritilishiga rioya qilish bo‗yicha javobgarlik HETK va elektr ta‘minoti korxonalarining tegishli
rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
47. Mazkur Nizom ―O‗zbekenergo‖ Davlat Aksiyadorlik Kompaniyasi bilan kelishilgan.
|
| |