Mustaqil ish Boynazarov Jalil




Download 156.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.01.2023
Hajmi156.71 Kb.
#39572
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish Narzullayev Azizbek
oliy matematika, ISHCHI DASTUR YANGI 140 soat, Traktor va qishloq xojalik agregatlarini tuzilishicover(1), MUNDARIJA, Презентация Microsoft Office PowerPoint, Serevodorod, Автоматик қадоқловчи мехатрон тизимининг ижро элементларини математик, 2014 (1), Komp 3 2, 8 maruza, Nargis Qurbonova, Faxriy yorliqlar (2-chorak), tE6reSQMqw7GKTJAWlAu9NP0thPdx1NPYXauNJ4n, olimjonovdiskret
Bulutli xisoblash
Model yagona puldagi tarmoqdan qulay va bir vaqtning o’zida 
konfiguratsiyalangan xisoblash resurslaridan birgalikda foydalanish 
imkoniyatini yaratadi (misol uchun, tarmoqlar, serverlar, malumotlar bazasi, 
ilovalar va servislar) shu bilan birga minimal boshqarishda xam oparativ va 
erkin ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bulutning bu modeli 5 ta asosiy 
xarakteristika, 3 ta servis model va 4 ta taqdimlash modellaridan iborat. 1.1-
rasm. Bulutli xisoblash 1.2.1. Asosiy model tavsiflari Ularni, boshqa turdagi 
hisoblashlardan farqlash (Internet resurslaridan). 1.Talab bo’yicha o’z o’ziga 
xizmat ko’rsatish. Foydalanuvchi server vaqtini, malumotlar saqlash ombori 
xajmini, zarur bo’lganda avtomatik tarizda, xizmat ko’rsatayotgan provayder 
bilan o’zaro bog’liq bo’lmagan xolda, xisoblash kuchini mustaqil tarizda 
aniqlash va o’zgartirish mumkin. 2.Tarmoqdan keng holda foydalana olish. 
Hisoblash kuchi imkoniyatlari tarmoqda standart mexanizimlar orqali katta 
masofada foydalana olish mumkin. Xar - hil turdagi (yupqa - qalin) mijoz 
platformasidan (terminal qurilmalar) keng qamrovda foydalanish imkonini 
beradi. Resurslarni birlashtirish. Konfiguratsiyalangan provayder xisoblash 
resurslarini yagona xovuzga birlashtirish orqali ko’p sonli foydalanuvchilar 
resurslardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Resurslarni 
tezkor elastikligi. Foydalanuvchilarning talabiga qarab bulut xizmatlari 
kengayishi, tez taqdim etilishi, qisqartirilishi mumkin. O’lchangan servis. 
(aslida foydalanilgan bugalteriya istemol servisi va to’lov xizmatlarini 
imkoniyatlari ). Bulutli tizimlar servis turiga qarab abstraksiyaning bazi bir 
darajalarida o’lchashni amalga oshirish orqali resurslardan foydalanishni 
optimallashtiradi va ular ustidan avtomatik nazorat qiladi. Tarqatish modellari 
Private cloud (xususiy bulut) – bu infratuzilma bulutli xisoblashni tadbiq 
etishda yagona tashkilot doirasida foydalaniladi. Community cloud(jamoaviy 
bulut) – bu infratuzilmada bulutli xisoblashdan faqatgina tashkilotning aloxida 
bir jamoasi , (bo’lim) foydalanishi mumkin. Public cloud (ommaviy bulut) - bu 


infratuzilma bulutli xisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanish 
imkoniyatiga ega. Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish 
modellarini barchasini o’z ichiga oladi (xususiy, jamoaviy, ommaviy). 1.3-rasm. 
Taqdimlash modellari. Servis modellari va asosiy yetkazib beruvchi 
provayderlar Software as a Service (SaaS) – xizmat sifatida dasturiy taminot. 
Istemolchi ushbu modeldan provayder tomonidan bulutli infratuzilmasida ishga 
tushurilgan ilovadan foydalanadi. Interfeys (veb-brovzer) yoki dastur interfeysi 
orqali mijoz foydalana olishi mumkin. Istemolchi bulutli infratuzilma asosini 
boshqarish va nazorat qilish xuquqiga ega, shu jumladan: tarmoqni, serverni, 
operatsion tizimni, malumotlar bazasini xatto ilovalar parameterlarini 
o’zgartirish imkoniyati berilmagan. Platform as a Service (PaaS) – xizmat 
sifatida platforma. Bulutli xisoblash istemolchiga dasturiy platformadan 
foydalanish uchun ruhsat berilgan model xisoblanadi, bunda quydagi 
imkoniyatlardan foydala oladi: operatsion tizim, malumotlar bazasi, prikladnoy 
DT, ishlab chiqish vositalari va DT sinovi. Istemolchi uchun, kompyuter 
platformasiga o’rnatilgan operatsion tizim, web – ilovalarni ishlab chiqish, 
tarqatish va boshqarish uchun maxsus vositalar ijaraga beriladi. Istemolchi bulut 
infratuzilma asosini boshqarish xuquqiga ega emas, shu jumladan: tarmoq, 
serverlar, operatsion tizimlar yoki malumotlar bazasini xam lekin tarqatilgan 
ilovalar va ish olib borayotgan muhit konfiguratsiya parametlarni sozlash 
imkoniyati mavjud. Infrastructure as a Service (IaaS) – xizmat sifatida 
infrastruktura. Istemolchi ushbu bulutli xisoblash modelida ishlov berish 
vositalarini boshqarish va saqlash, fundamental hisoblash resurslari (virtual 
serverlar va tarmoq infrastrukturalar) nazorat qilish xuquqiga ega. Bunda 
istemolchi o’zining xoxishiga ko’ra operatsion tizimlar va dasturlarni mustaqil 
tarizda o’rnatish mumkin. Shunda istemolchi abstrak xisoblash kuchi(server 
vaqti, disk maydoni va tarmoq kanallarni o’tkazish qobilyati) yoki autsorsing 
IT- infrastrukturalardan foydalanish mumkin. Istemolchi bulut 
infrasutrukturasini asosini boshqarmaydi, lekin operatsion tizim , saqlanayotgan 
va tarqalgan ilovalarni boshqarish imkoniyatiga ega. Bulutli malumotlar 
markazi yoki malumotlarga ishlov berish markazida (ЦОД) quydagilar 
joylashtirilgan bo’ladi fizik uzkunalar yoki hardware (serverlar, malumotlar 
saqlash bazasi, ish stansiyalar), tizimli dasturiy taminot (OC, virtualizatsiya 
vositasi, avtomatizatsiya) instrumental va prikladnoy DT, uskunalarni 
boshqarish tizimi (Equipment management systems), tarmoq infratuzilmasi 
(Network infrastructure): marshutizator va kommutatorlar (routers and 
switches) fizik uskunalarni ulash va birlashtirish uchun. Shu jumladan tizim 
muxandisi taminoti malumotlar markazi ishini normal taminlaydi (Systems of 
engineering support). SaaS PaaS IaaS Xizmat sifatida dasturiy taminot Ximat 
sifatida platforma Xizmat sifatida infratuzilma CRM, Email, Office, ERP(1C), 
HRP Execution runtime, database, web server, development tools Virtual 
machines, servers, storage, load balancers, network 1.4-rasm Servis modellari 
SaaS sxemasi bo’yicha xar xil turdagi bulut ilovalari xizmat ko’rsatadi. 
Business Apps, Office Web Apps, Management Apps, Communications, 
Security va boshqalar. SaaS AQSh da keng tarqalgan xisoblanadi. eng ko’p 


tarqalgan bulutli ilovalarga quydagilar kiradi: CRM (mijozlar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlarni boshqarish tizimi) , HRM (kadrlar va hodimlar bilan ishlash 
tizimi), ERP (resurslar va tashkillashtirish tizimi, misol uchun 1C), offis 
ilovalari, kommunikatsiya manbai va boshqalar. Dunyo miqiyosida 
Salesforce.com kompaniyasi CRM bulutli ilovalarni tarqatishda yetakchi 
hisoblanadi. Kommunikatsiya vositalaridan biri elektron ro’yhat (misol uchun , 
Gmail), avdio va video chatlar (misol uchun, Microsoft Lync Online), bulut 
servisi (Mobile Device Manegement – mobil qurilmani boshqarish). Bulutli 
servisda MDM mobil qurilmasi orqali korparativ tizimlar bilan ishlash uchun 
mo’ljallangan. MDM bulutli tizimi boshqaruvida ishlaydigan xar – hil turdagi 
mobil qurilmalarga ilovalar yani agentlar o’rnatiladi. Bu ilovalar o’z o’rnida 
markazlashgan mobil qurilmalarni sozlashda bulut xizmatidagi SaaS korparativ 
tarmog’iga kirish imkoniyatini beradi. Bulut kommunikatsion vositalari boshqa 
SaaS bulutli xizmati orqali integratsiya qilinadi, misol uchun, CRM+MDM, 
Office Web Apps+Lync Online, Google Docs, Gmail, Hangouts va boshqalar. 
Saas ning asosiy istemolchilari kichik va o’rta biznes tashkilotlari xisoblanadi. 
Ko’pgina SaaS – ilovalar xodimlarni xamkorlikda faoliyat yurutishi va qo’llab 
quvatlashi uchun tadbiq etilib, ularni umum masalalarni birgalikda yechimini 
topishga undaydi. SaaS – ilova arxetekturasi yagona nusxali ilovalarni serverda 
ishga tushiriladi, koplab istemolchlarga multijara (Multi - tenant) sifatida xizmat 
qiladi. Xar bir bajarilayotgan ish jarayonida istemolchiga o’z virtual nusxa 
ilovasi taqdim etiladi.
- Istemolchilar kompuyuterlardan ishlash kuchi xarakteristikalariga qaramaydi.
Kompyuterlar yuqori kuchda ishlashi uchun, katta xotira va ko’p xajimli 
disklarga ega bo’lgan bo’lishlari shart emas. Chunki barcha malumotlar va 
xamma dasturlar bulut serverlarida saqlanadi. Katta xajimga ega bo’lgan 
shaxsiy statsionar kompyuterlar, noutbuklar, netbuklar, orqali istemolchilar 
bulutga kirishlari mumkin. - Istemolchilar uchun kompuyuterlarni ishlash sifati 
oshdi. Istemolchilar kompyuter dasturlar, fayllarni masofadan turib ishga 
tushirishda kam yukli qilishlari uchun kam ilovalardan foydalanishlari kerak. 
Misol uchun, Panda Cloud Antivirus – antivirus dasturi, vebservis sifatida 
foydalana olish mumkin. Panda Cloud Antivirus kuchli server malumotlaridagi 
viruslarni masofadan turib skanerlash imkoni beradi. Bu dasturni istemolchi 
kompyuterida ishga tushirish ishlash yuki ikki barobar ko’payardi. - IT 
infratuzilmadan foydalanish samaraforligi oshadi va chiqimlar soni kamayadi. 
Agar kompaniya uchun server o’rtacha yuklanish boholashini oladigan bo’lsak 
u 13% ni tashkil etadi. Bazi hollarda kompaniya o’zining qo’shimcha resurslari 
kuchini ishlatishga to’g’ri keladi, lekin bazi hollarda xisoblash resurslari bo’sh 
turadi va ishlatilinmaydi. Bunda esa albatta pulning sarifi bekor bo’ladi. Agar 
kompaniya xisoblash resurslaridan masofadigi bulut serverlaridan foydalansa, 
bu xolda kompaniya sarflari soni ikki marta kamayadi. Bundan kelib chiqqan 
xolda nobarqaror iqtisodiy ishlab chiqarish moslashuvchanligi oshib boradi. 
O’zining malumotlari bosha bir tashkilotlarda saqlashiga ishonchlilik qobilyati 
yo’qolganda kompaniyaning o’zi shaxsiy bulut yaratib, virtualizatsiya 
infratuzilmalarini barcha imkoniyatlaridan to’la qonchiligicha foydalansa 


bo’ladi. - Xizmat ko’rsatishdagi va DT ni sotib olishdagi xarajatlarni 
kamaytirish. Bulut xisoblash texnlogiyalarini shaxsiy serverlarda qo’llanilishi 
kompaniya ko’lamida kichik xisoblanib, shuning uchun ularga xizmat ko’rsatish 
onson bo’ladi. Katta sonli fizik serverlardan voz kechish orqali DT ni sotib 
olishdagi muomolar kamayadi. Servis va ilovalar bulut ichida bo’lganligi uchun 
istemolchilar DT sotib olishlari shart bo’lmaydi. - Xisoblash kuchi o’sishi. 
Shaxsiy kompyuterlar bilan bulutli xisoblash resurslarini solishtirganda, bulutli 
xisoblash resurslari katta imkoniyatlarga ega. Bulutli xisoblash kechi uning 
serverlari soni bilan o’lchanadi. Istemolchiga superkompyuterdan masofadan 
turib foydalanish imkoniyatini yaratib beradi, bu albatta oddiy shaxsiy 
kompyuterda masalalarni yechish imkoniyati bo’lmaganda. - Malumotlar 
saqlashdagi cheklanilmagan xajimlar. Malumotlarni saqlash xajmiga qarab 
bulutli texnologiyalar qulay va avtomatik tarizda (istemolchi hohish istagiga 
qarab) joylashtiradi. Oddiy shaxsiy kompyuter istemolchisi malumotlarini 
saqlashga joy yetmaganda, bunday xolat bulutli xisoblash istemochilarida 
yuzaga kelib chiqmaydi. - Operatsion tizim bilan mos kelishi. Bulutli 
texnologiyalar istemolchilarda qanday operatsion tizim turganligiga qaramaydi. 
Microsoft Windows operatsion tizimidan foydalnilayotgan mijoz, Unix 
mijozlari bilan muomosiz malumotlarni almashishi mumkin. Servislardan 
foydalanishda esa har bir operatsion tizim brauzerga qarab standartlashtiradi. - 
Xujjat formatlari bilan mos kelishi. Shaxsiy kompyuterdagi fayl Microsoft 
Word 2007 dasturi asosida bajarilgan bo’lsa, eski versiyalarida yani Microsoft 
Word 2003 da ochish imkoniyati mavjud emas. Bulutli xisoblashlarda esa to’gri 
kelmagan xujjatlarni ochish muomosi kelib chiqmaydi. - Istemolchilarning bir 
gurux bo’lib ishlashidagi qulayliklari. Bulutli xisoblash tizimlarida bir vaqtning 
o’zida bir necha istemolchilar ish olib borishlari mumkin. Xujjatlarni bir 
kompyuterdan boshqasiga ko’chirib o’tkazish kerak bo’lmaydi. Xujjatlarni 
taxrirlash tez aks etadi, bundan tashqari istemolchilar xujjatning yangilash 
imkoniyati mavjud. - Bulutli xisoblashlarda fayllardan erkin foydalanish 
imkoniyati mavjudligi. Agar malumotlar bulutda saqlanilayotgan bo’lsa, bu 
malumotlardan istalgan vaqtda istemolchilar foydalanishlari mumkin faqatgina 
Internet tarmog’i mavjud bo’lgandagina. Istemolchilar uchun keng qamrovdagi 
qurulmalardan internetga kirish orqali foydalanishlari mumkin. Bulut mijozi 
shaxsiy kompyuter, planshet, netbook, smartfon, notebooklardan foydalanishlari 
mumkin. - Tabiy resurslardan foydalanishni kamaytirish. Bulutli xisoblash 
texnologiyalarida xisoblash kuchlarini tejash nafaqat elektroenergiya bo’yicha 
balki fizik maydon va tabiy resurslarni kamaytirish imkoniyati mavjud. 
Malumotlarga ishlov berish markazi (ЦОД) malum bo’lgan salqin xududlarda 
xam saqlash imkoniyati bor. Malumotlardan foydalana oladigan qurilmalar 
xozirda juda ixcham xisoblanib, ishlab chiqarishda kamroq materiallar ketadi. - 
Malumotlarni yoqolishiga bardoshligi. Bulutda saqlanilayotgan malumotlar, 
o’zlarining nusxalarini bir necha serverlarga joylashtiradi. Shuning uchun 
bulutda saqlanilayotgan malumotlarni yoqolishi extimoli juda xam kam albatta 
buni istemolchining shaxsiy kopyuteri bilan solishtirganda. Kamchiliklari: - 
Doyimiy Internet tarmog’i bilan aloqada bo’lishi lozim. Bulutli xisoblash 


texnologiyalaridan foydalanishda har vaqt tarmoq Internetga ulangan bo’lishi 
lozim. Bundan tashqari bir necha ilovalar mavjud bo’lib, ular kompyuterlarga 
yuklanadi va ulardan uzoq muddatgacha ishlash imkoniyati bo’ladi. Boshqa 
holatlarda esa har doimgidek oddiy xisoblanib, ulanish bo’lmasa ish xam 
bo’lmaydi. Ko’pchilikning fikricha bu bulutli xisoblashlarning eng katta 
kamchiligi deb yurutishadi. Axborot texnologiyalari rivojlanishini xisobga 
olgan xolda shuni aytishimiz mumkunki Interner tarmog’i xozirgi kunda xar bir 
joyda mavjud. Shuning uchun bu muomoli qarashlar tez vaqatlar ichida 
umuman etiborda chiqadi. - Ishlash tezligi sekinligi. Ko’pgina bulutli servislar 
to’la qonligicha ishlashlari uchun normal Internet – ulanishni talab qiladi. Bu 
muomoni kelib chiqishini oldini olishda choralar ko’rilyapti va bu muomo tez 
kunlarda judlik bilan to’g’irlanishiga ishonch yuqori darajada. - Dasturlarni 
sekin ishlashi va to’iq funksional imkoniyatlarga ega bo’lmagan xolda. Bir 
necha dasturlar bulutli tizimlarda sekin ishlashlari mumkin lokal kompyuter 
tizimiga qaraganda. Bu uzoq masofadagi serverlarni yuklash qiyinchiliklari 
tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Download 156.71 Kb.
1   2   3   4   5




Download 156.71 Kb.
Pdf ko'rish