• Foydalanilgan Adabiyotlar Xolmatov T., Taylaqov N., Informatika va hisoblash texnikasi T., 2001. Internet nashri www.ziyonet.uz
  • Mustaqil ish guruh: 963-19 Bajardi: Sotliqov Dastonbek Tekshirdi: Mavzu




    Download 476.16 Kb.
    Sana15.12.2023
    Hajmi476.16 Kb.
    #119540
    Bog'liq
    Doston Kompyuterni tashkil etish
    Avtomobil chiqindi gazlari tarkibidagi zararli moddalar miqdorini hisoblash, STANDARTLASHTIRISH VA METROLOGIYA BO‘YICHA XALQARO TASHKILOTLAR, Bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish 13, Any Scanner 06 20 2023, 10-MEKTEP DIREKTOR IS REJESI (1), Amaliy dasturlash paketi testlar (1), 7-dars-Nazariy-Yoruglik-diodlari, Ishlab chiqarish amaliyoti O\'A taqvim, Bolalarda irodani tarbiyalash, Urganch davlat universiteti Madirimov Shavkat (1), 1, form (1), Инвестиция ва инновациялар o‟quv qo‟llanma

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
    O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
    KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI
    FANIDAN

    MUSTAQIL ISH

    Guruh: 963-19


    Bajardi: Sotliqov Dastonbek
    Tekshirdi:_________________________



    Mavzu: Hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning protsessorlari va ularning xususiyatlari

    Reja :
    1.Shaxsiy kompyuterning haqida tushunch.
    2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari.
    3. Mikroprosessorlar haqida asosiy tushunchalar.
    Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
    Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. Shaxsiy kompyuterning,asosiy,qurilmalari Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi.

    Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi. Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti fanini o‘qitishdan maqsad – informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti fanining vazifasi: - kompyuter texnikasi, arxitekturasi tushunchasi, ishlash prinsiplari, asosiy texnik vositalari bilan tanishish; - mikroprosessorlar, ularning turlari, fazifalari, imkoniyatlari, ahamiyati, ulardan foydalanishni o‘zlashtirish - ChIPlar, mikroelektron priborlar va qurilmalarning tuzilish prinsipi, tezkor va doimiy hotira qurilmalarini tashkil etish - sistemali dasturlash va uning asosiy vazifalari, kompyuter resurslari, operasion sistemalar, operasion sistemalarning rivojlanishi va asosiy funksiyalari, operasion sistema tarkibi: ichki(o‘rnatilgan) va tashqi(utilit–dasturlar), operasion sistema buyruqlari, tarmoq operasion sistemalari, zamonaviy operasion sistemalar, amaliy dasturiy ta’minot, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan ishlash sistemalari, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, jadval prosessorlar, integrallashgan dasturiy vositalarni ishlatish asoslarini bilish. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar. «Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: Mikroprosessorlarni, mikroprosessorlar zamonaviy kompyuterlarning mikroelektron asosi sifatida, kompyuter xotirasi, uzishlar tizimi, registrlar va xotiraga murojaat etish modeli, prosessorning ish rejimlari, shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish tamoyillarini bilishlari kerak;. mo‘ljallangan dasturlash tili, kompyuter arxitekturasini rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini mustaqil bajara olishi, mikroprosessorlarning ishlash va faoliyat ko‘rsatish tamoyilarini, ularning turlarini ajrata bilishni, ularni ekspluatasiya qilish, zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va apparat ta’minoti, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minotlari va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar ta’minot, operasion tizimlarni o‘rnish hamda ularga xizmat ko‘rsatish, grafik qobiqlar, matn muxarirlari, jadval dasturlari, multimedia va WEB – texnologiyalari bilan ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak; Kasbiy sohasida uchraydiga kompyuter bilan bog‘liq turli hil texnik muammolarni hal qila olishi, ularning turini farqlay olishi, ularning imkoniyatlarini aniqlashi, baholay bilishi, texnik qurilmani tanish, almashtirish, tuzatish, texnik nosozligiga to‘g‘ri tashhis qo‘ya olish, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash va ularni takomillashtirish operasion tizimni o‘rnata olishi va yangilariga o‘zgartirish, amaliy dasturlar paketida ishlash, dasturlash texnologiyalarining uskunaviy vositalarida ishlash malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti fani asosiy kasbiy fanlaridan biri hisoblananib, Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi rejalashtirilgan informatika, axborot tizimlari va texnologiyalari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi. Fanning ta’limdagi o‘rni Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti fanidan olingan bilim, ko‘nikm faoliyatida muhim o‘rin tutib, yoshlarga bilim berishda va mutaxassis tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Fanning o‘qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan umumli foydalanish ko‘zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko‘rgazmalilik bilan mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Shuning uchun dasturda laboratoriya ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Talabalarning «Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» fanini o‘zlashtirishlari uchun pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar hujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Idrok xaritasi”, “Tarozi”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va boshqa o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Laboratoriya mashg‘ulotlari kompyuter texnologiyalari yordamida o‘tkaziladi. Mikroprosessorlar haqida asosiy tushunchalar. Markaziy prosessor, arifmetik – mantiqiy qurilma; berilgan va adreslar shinasi; registrlar; buyruqlar hisoblagichi; KESh; o‘zgaruvchi nuqtali sonlar matematikasi soprosessori. Mikroprosessor tarixi va uning turlari Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi, Hisoblash sistemasida bir necha parallel prosessorlar. ko‘p prosessorli haqidagi ma’lumotlar. Mikroprosessor turlari, Intel, Intel Celeron, VIA, NVIDIA, Elbrus, Philips, Hitachi, Sun, AMD Athlon va boshqalar.
    Mikroprosessorning tuzilishi.

    Boshqarish qurilmasi, Buyruqlar registri, buyruqlar registri bloki, Operasiyalar deshifratori, Mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (PZU). Impuls operasiyalar deshifratori, Berilganlar, adreslar, instruksiyalar kodli shinalar, Schyotchik-registr, Operativ xotira, Operasiya kodi va tanlangan buyruqni kayta shifrlash, qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish impulslarini o‘qish va bloklarga yuborish, Mikroprosessorli xotira. Arifmetik mantiqiy qurilma Arifmetik mantiqiy qurilma, registr summator va boshqarish sxemasi, xotiraning tezkor yacheykalari. Boshqarish sxemasi. Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi, Umumiy foydalanuvchiga mo‘ljallangan registrlar, Segment registrlari, Xolat va boshqaruv registrlar, Shart flaglari, Xolat flaglari, yangi flaglar, Sistemali registrlar. Xotirani boshqarish registrlari. Boshqarish registrlari. Otladka registrlar. Testli registrlar. Pentium mikroprosessorlarida registrlar bloki. Segment registrlar, Flag registri. Boshqarish flaglari. Buyruq registri, Soprosessor registrlari, Multimedia kengaytmali butun sonli registrlar, Segment registrlari, Flag registrlari, Boshqarish flaglari, Mikroprosessorning sistemali registrlari, Sistemali adreslar registri, Soprosessor registrlari, SWR xolat registrlari, CWR boshqarish registri, TWR teglar registri. Kompyuter ta’minoti va uning turlari Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti haqida tushuncha, texnikaviy va dasturiy ta’minot, dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari, dasturiy ta’minot turlari va ularning klassifikasiyasi, sistemaviy dasturiy ta’minot va ularning turlari. Amaliy dasturiy ta’minot va ularning turlari, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari va unda qo‘llaniladigan dasturlar haqida tushuncha. Sistemaviy dasturiy ta’minot. Operasion tizim. Sistemaviy dasturiy ta’minot turlari bilan ishlash. Kompyuterni ishga tushiruvchi sistemaviy dasturlar va ularning imkoniyatlari. Operasion sistemalar va ularning turlari, operasion sistemalarning tarixi. DOS operasion sistemasi. OTning ichki buyruqlari tasnifi, operasion sistemaning tashqi buyruqlari va uni ishlatish xususiyatlari. Operasion sistemaning yangi turlarining imkoniyatlari. Windows XP operasion tizimning oddiy va serverli sistemalarini kompyuterga o‘rnatish va ularning afzalliklari. Fayllarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturlar. Sistemali dasturlarning roli va vazifasi. Kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar – drayverlar. Windows Commander dasturi va unda ishlash imkoniyatlari. CD va CD-R kompakt disklariga fayllar ko‘chirish. NERO sistemasi va uning imkoniyatlari. Turli formatdagi disklarga fayllar ko‘chirish. Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalari. Dasturiy mahsulotlar, ularning asosiy tavsiflari va klassifikasiyasi. Operasion sistema va uning turlari. Windows-zamonaviy axborot texnologiyalarining operasion sistemasi Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish xaqida umumiy ma’lumot, RAR va ZIP arxivator dasturlar. Antivirus dasturiy vositalar: kompyuter viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash, disklarni fragmentasiyasini bekor qilish, ularning ishini tezlashtirish. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash Amaliy dasturiy ta’minot va uning imkoniyatlari. Unga kiruvchi dasturlar. Ofis dasturlarining ya’ni Word, Excel, PowerPoint, Access, Outlook Express, keyingi versiyalar va ularning oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari. Kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari. PhotoShoop, CorelDraw dasturlari va ular bilan ishlash. Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi. Nashriyot tizimida qo‘llanilarigan PageMaker dasturi va uning imkoniyatlari. Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo‘ljallangan MAPL5, MathCad dasturlari va ularda ishlash. Bugalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan dasturlar haqida ma’lumot va ularning ishlash imkoniyatlari bilan tanishtirish. Dasturlash texnologiyasing uskunaviy vositalari va texnologiyalar. Dasturlash texnologiyasi va uning imkoniyatlari. Kompyuterlarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarning imkoniyatlari. Yuqori darajali dasturlash tillari va ularning turlari. Visual Basic, Delrri, SI++ dasturlash tilllari va uning imkoniyatlari. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Elektron va multimediyali qo‘llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar. Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob’ektlar yaratish. So‘rov shaklidagi ob’ektlarni yaratish. Animasiyalar hosil qilish. Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o'ta katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham kichik yuzada joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 MGsga teng. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlash mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik ham protsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan.
    Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - shinalar (elektr simlarining bog'lamlari) ko'magida amalga oshiriladi. Shinadagi simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog'lamdagi simlarning miqdori, shinaning razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya`ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2^32= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini bildiradi. Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki ichidagi asosiy platada joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun kontrollerlardan, ya`ni maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi maxsus qirqimlarga joylanadi, portlar deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga qo'shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar. Ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari (MKCHQ) deb yuritiladi. Ularni ba`zida maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar. E ng asosiy ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari,safiga monitor (displey), klaviatura va diskyurituvchi qurilmalari kiradi Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi. M onitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta`minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo'linadi. Grafik rejimda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to'plamidan tashkil topadi. Ikkala rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi. Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz. Bu erda belgi o'rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi o'rinlarning miqdorlari ko'paytmasi hamda piksellar soni gorizontal va vertikal bo'yicha piksellar sonining ko'paytmasi shaklida berilgan

    Foydalanilgan Adabiyotlar

    • Xolmatov T., Taylaqov N., Informatika va hisoblash texnikasi T., 2001.

    Internet nashri www.ziyonet.uz
    Download 476.16 Kb.




    Download 476.16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish guruh: 963-19 Bajardi: Sotliqov Dastonbek Tekshirdi: Mavzu

    Download 476.16 Kb.