• 2.Elektron hisoblash mashinalar avlodlari
  • 2.2-rasm. Birinchi EHM ENIAC
  • 2.3-rasm. Ural-1
  • Mustaqil ish mavzu: Elektron hioblash mashinalarni (ehm) avlodlari. Kompyuter turlari




    Download 0,95 Mb.
    bet3/6
    Sana10.12.2023
    Hajmi0,95 Mb.
    #115291
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ruslan akt must ish
    Tur Ispaniya, Sharq allomalari. 4-kurs. UMK, chqbt, 9-4, Adabiyot-oqitish-metodikasi.-Xudoyberdiyev, mobil qurilmalar...... (2) (3), =исобот, 01. саволнома — 72-мактаб, ariza ad chiqish, 01. саволнома — 59-мактаб, 7-B sinf o\'quvchilari kundalik.com paroli (1), Enjoy-English-ssenariy, file, Рақамли иктисодиёт
    Gibrid hisoblash mashinalari (GHM) – kombinatsiyalashgan holda amal qiluvchi hisoblash mashinalari bo‘lib, ham raqamli, ham o‘xshashli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi; ular AHM va RHMning afzalliklarini o‘ziga jam etgan. GHMning murakkab, tez harakatlanuvchi texnik komplekslarini boshqarish vazifalarini hal etish uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
    Elektron hisoblash mashinalari vazifasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: universal (umumiy vazifa), muammoli yo‘naltirilgan va ixtisoslashgan Elektron hisoblash mashinalari.
    2.Elektron hisoblash mashinalar avlodlari
    Birinchi EHM ENIAC 1945 yil D.Ekkert va D.Mouchli tomonidan AQShning Pensilvaniya universitetida yaratildi. Programmani xotirada saqlash prinsipi birinchi marta EDVAC EHMida 1949 yil Buyuk Britaniyada qurilgan mashinada qo‘llanildi.

    2.1-rasm

    2.2-rasm. Birinchi EHM ENIAC

    Keyingi yillarda dunyoda millionlab EHMning turli modellari ishlab chiqildi va foydalanildi. EHM lar qo‘llanilmayotgan inson faoliyatini biror-bir qirrasini topish qiyin. EHMlarning soni, turlari, imkoniyatlarining rivojlanishi bilan birga, ularning texnik va programma ta’minotlari ham muntazam ravishda takomillashtirilib borildi.


    Hozirgi paytda EHMning 4 avlodi mavjud bo‘lib, 5-avlod mashinalarini loyihalash ishlari olib borilmoqda.
    Birinchi avlod EHMlari (1950-1960 yy) elektron (radio) lampali elementlar asosida yaratilgan bo‘lib tezkorligi sekundiga 10-20 ming amalni tashkil qilar edi. Ularni o‘lchami, massasi va elektr energiyasiga hamda xizmatchi injener-texnik, operator,programmachilar soniga talabi juda katta, xotira sig‘imi cheklangan, to‘g‘ri ishlashiga ishonch kamroq edi. Respublikamizda foydalanilgan, birinchi avlod EHM lariga M-3, Minsk-1, Minsk-12, Minsk-14, BESM-2, "Strela", M-20, "Ural-1" kabilarni misol keltirish mumkin.

    2.3-rasm. Ural-1
    Ikkinchi avlod EHM larining (1960-1970 yy) lampa o‘rnida yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlardan iborat elementlar bazasida yaratilishi tegishli EHM lar o‘lchamlarini, massasini, iste’mol quvvatini kamaytirish bilan birga ularning amallarni bajarish tezkorligini, ishonchliligini oshirdi. Xotira sig‘imi va kiritish-chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish hamda rivojlangan-takomillashgan dasturiy ta’minotiga ega bo‘lishini ta’minladi. Bunday EHM larning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalarni misol keltirish mumkin: Minsk-22, Minsk-32, Ural-14, Razdan-3, M-220, BESM-6, Mir, Nairi va boshqalar.
    Ushbu mashinalar texnik jihatdan takomillashtirildi. Ularda masalalarni dasturlashtirishdek o‘ta mehnattalab jarayonlarni amalga oshiruvchi matematik – dastur tuzuvchilar mehnatini jiddiy kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi avtomatik dasturlashtirish ham takomillashtirilib borildi - algoritmik tillar qo‘llanila boshlandi.


    Download 0,95 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Elektron hioblash mashinalarni (ehm) avlodlari. Kompyuter turlari

    Download 0,95 Mb.