• 3.2-rasm. Titan Superkompyuter (Cray XK7)
  • Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Elektron_hisoblash_mashinasi
  • Mustaqil ish mavzu: Elektron hioblash mashinalarni (ehm) avlodlari. Kompyuter turlari




    Download 0,95 Mb.
    bet6/6
    Sana10.12.2023
    Hajmi0,95 Mb.
    #115291
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ruslan akt must ish
    Tur Ispaniya, Sharq allomalari. 4-kurs. UMK, chqbt, 9-4, Adabiyot-oqitish-metodikasi.-Xudoyberdiyev, mobil qurilmalar...... (2) (3), =исобот, 01. саволнома — 72-мактаб, ariza ad chiqish, 01. саволнома — 59-мактаб, 7-B sinf o\'quvchilari kundalik.com paroli (1), Enjoy-English-ssenariy, file, Рақамли иктисодиёт
    3.1-rasm
    Superkompyuter. Ilmiy va muhandislik vazifalarni bajarishda ayni vaqtdagi ishlov berishning eng katta tezligiga ega bo‘lgan kompyuterlar sinfining ixtiyoriy vakili.
    Demak, superkompyuter – bu hozirgi vaqtdagi eng quvvatlilar sinfiga mansub bo‘lgan kompyuter hisoblanadi. Bu eng katta tezlikka va xotira hajmiga ega kompyuterdir. U ko‘pprosessorli yoki ko‘p mashinali bo‘lib, umumiy xotira va umumiy tashqi qurilmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
    Superkompyuterning arxitekturasi hisoblashlarni parallel yoki konveyer shaklida bajarilishiga bog‘liq. Ushbu jarayonni Flinn bo‘yicha tasniflash qabul qilingan.

    3.2-rasm. Titan Superkompyuter (Cray XK7)
    Superkompyuterning tezligi flops birligida o‘lchanadi.
    FLOPS (ingl . Floating point Operations Per Second, flops deb o‘qiladi ) — kompyuterlarning tezligini o‘lchsh birligi bo‘lib, bir soniyasida haqiqiy sonlar bilan nechta operatsiya bajara olishligini bildiradi.
    Uning quyidagi o‘lchamlari mavjud :
    1 megaflops (MFLOPS) - soniyasida 106 (1 million) operatsiyalar;
    1 gigaflops (GFLOPS) - soniyasida 109 (1 milliard) operatsiyalar;
    1 teraflops (TFLOPS) - soniyasida 1012 (1 trillion) operatsiyalar;
    1 petaflops (PFLOPS) - soniyasida 1015 (1 ming trillion) operatsiyalar.
    Super EHM ishlab chiqarish har qanday davlat uchun uning harbiy va texnik rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi va uning prestijini belgilab beradi. Superkompyuterlar boshqa kompyuterlarga nisbatan har tomonloma yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan kompyuterlar tushuniladi.
    Hozirgi vaqtgacha 202 ta supercomputerlar Xitoyda, 104 tasi AQSh da, 36 tasi Yaponiyada, 22 tasi Buyuk Britaniyada, 21 tasi Germaniyada va 18 tasi Fransiyada ishlab chiqilgan.
    Keyingi yo‘nalish bu mini EHM (yoki kichik EHM), ushbu sohada Digital Equipment (DEC) firmasi tomonidan ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu firma 1957-yilda tuzilgan bo‘lib, 1965-yilda PDP-8 (Programmed Data Processor) minikompyuterini ishlab chiqdi.



    3.3-rasm
    Keyingi yo‘nalish bu mini EHM (yoki kichik EHM), ushbu sohada Digital Equipment (DEC) firmasi tomonidan ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu firma 1957-yilda tuzilgan bo‘lib, 1965-yilda PDP-8 (Programmed Data Processor) minikompyuterini ishlab chiqdi.
    Ushbu mashina o‘zining oddiyligi bilan va narxining juda pastligi bilan tez orada kompyuterlar bozorida o‘z o‘rnini egalladi.
    Marketing sohasi bo‘yicha mutaxassislar uchun quyidagi voqeani keltiramiz. Kolumbiya universitetida iqtidorli talabalar uchun tashkil qilingan o‘quv kursi tinglovchisi Rorbert Metkalf (kelgusida lokal hisoblash tarmog‘ining texnologiyasini ixtiro qilgan) bilan qiziq voqea sodir bo‘lgan. Bir kuni mashg‘ulotga kelgan Robert, u dasturlashtirishni o‘rganib yurgan, mini EHM PDP-8 yuqolganligini bilib qoladi. Ushbu noxushlikda o‘zini aybdor deb his etgan Robert DEC firmasiga telefon qilib, bo‘lgan voqeani aytib bergan. Ertasi DEC vakillari universitetga bepul yangi kompyuterni taqdim etishgan. Shundan keyin DEC firmasi reklama kompaniyasini keng yo‘lga qo‘yishdi va unda “firma dunyoda birinchi bo‘lib shu darajada kichik kompyuter yaratdikim, uni bemalol o‘g‘irlab ketsa ham bo‘ladi” - deb ta’kidlashgan.
    1970-yilda yaratilgshan PDP-11 minikompyuteri ushbu sohada standart sifatida qabul qilindi. Keyinchalik , ushbu modelning negizida yaratilgan VAX11/780 kompyuteri 1 Mfloaps tezlikka va 4 Gbayt virtual adresga ega bo‘lgan (VAX – Virtual Adress eXtention), shu bois ushbu toifadagi kompyuterlarga supermini EHM deb nom berilgan. 1980-yillarda maynfreym va minikompyuterlar orasida hech qanday farq qolmadi, shu bois minikompyuterlar sektorini keyinchalik shaxsiy kompyuterlar egalladi.
    Elektron hisoblash mashinalarining funksional imkoniyatlari quyidagi juda muhim texnik foydalanish xususiyatlarini namoyon etadi:
     vaqt birligida mashina bajaradigan operatsiyalarning o’rtacha sonini o’lchovchi tez harakatchanlik;
     elektron hisoblash mashinalari operatsiyasini amalga oshirishdagi sonlarni taqdim etishning razryadliligi (o’rni) va shakllari;
     barcha xotira moslamalari nomenklaturasi, sig’imi va tez harakatchanligi;
     elektron hisoblash mashinalarining o’zaro aloqa qurilmalari va tutash tugunlarining turlari va o’tkazish qobiliyati (ichki mashina interfeysining);
     elektron hisoblash mashinalarining bir paytni o’zida bir nechta foydalanuvchi bilan ishlashi va bir necha dasturni bajarish qobiliyati (ko’p dasturiylik);
     mashinada foydalaniladigan operatsiya tizimlarining turlari va texnikfoydalanish xususiyatlari;
     dasturiy ta'minotning mavjudligi va funksional imkoniyatlari;
     boshqa turdagi Elektron hisoblash mashinalari uchun yozilgan dasturlarni bajarish qobiliyati;
     mashina buyruqlari tizimi va tuzilishi;
     aloqa kanallariga va hisoblash tarmoqlariga ulanish imkoniyati;
     elektron hisoblash mashinalarining foydalanishdagi ishonchliligi;
     foydali ish vaqti va profilaktika vaqti nisbati bilan aniqlanuvchi;


    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda, EHMlarni yaratish jarayonida shuningdek insonning mashina bilan o‘zaro aloqasi, mashina resurslarini vaqt bo‘yicha taqsimoti, uzoq masofadan boshqarish, chet tashqi qurilmalarni takomillashtirish kabi masalalarga ham yetarlicha ahamiyat berildi. Mustaqil ish yozish davomida kompyuterlarning oldingi zamon kompyuterlari bilan qanchalik farq qilishini va ularning vazifalarini tushunib olindi. Hamda superkompyuterlarning qanchalik muhum ekanligini va bu omil davlatlarning prestijini belgilab beriladi.


    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Elektron_hisoblash_mashinasi
    2. S. K. G’aniyev, A. A. G’aniyev Elektron hisoblash mashinalari va tarmoqlari TOSHKENT 2008 “TASVIR” Nashriyot uyi
    3. https://kompy.info/kompyuter-avlodlari.html



    Download 0,95 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Elektron hioblash mashinalarni (ehm) avlodlari. Kompyuter turlari

    Download 0,95 Mb.