bo‘lmaganda chiqishda nol potensial ta’minlanadi va chiqishda ham
musbat, ham manfiy signal olish imkoniyati yuzaga keladi. Real OKlarda
kuchlanish manbai qiymati yo3 V ÷ yo18 V oralig‘ida yotadi.
Signal
umumiy shinaga ulangan simmetrik signal manbaidan 1 va 2 kirishlarga,
yoki ikkita alohida manbalardan uzatilishi mumkin. Bu kirishlardan biri
inverslaydigan kirish va umumiy shinaga, ikkinchisi esa –
inverslamaydigan
kirish
va
umumiy
shinaga
ulanadi.
11.a.
rasm
11.b.
rasm
OK doim teskari aloqa zanjirlari bilan qamrab olinagan bo‘ladi. Teskari
aloqa zanjiri turiga ko‘ra OK analog signallar ustidan turli amallarni
(operatsiyalarni) bajarishi mumkin. Bunday amallarga yig‘indi olish,
integrallash,
differensiallash, solishtirish, logarifmlash va boshqalar
kiradi. Shuning uchun bunday kuchaytirgichlar –
operatsion
deb ataladi.
OK ideal kuchaytirgich element
hisoblanadi va butun analog
elektronikaning asosini tashkil etadi. OK yetarlicha murakkab tuzilmaga
ega bo‘lib, yagona kristall yuzasida bajariladi va birvarakayiga ko‘p
miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun OKni diod, tranzistor va x.z.
kabi elektron sxemalarning sodda elementi kabi qarash mumkin. Hozirgi
kunda OKlarning yuzlab turi ishlab chiqariladi, kichik o‘lchamga ega va
juda
arzon
hisoblanadi.
Katta kuchaytirish olish uchun OKlar ikki yoki uch bosqichli o‘zgarmas
tok
kuchaytirgichlari
asosida
quriladi.
2-rasm
OKlarda kirish bosqichi sifatida differensial kuchaytirigich qo‘llaniladi,
bu kuchaytirish dreyfini maksimal kamaytirishga va ancha yuqori
kuchaytirish olishga imkon yaratadi. U bilan kuchaytirgichning yuqori
kirish
qarshiligi, sinfaz signallarga sezgirlik va siljish kuchlanishi
aniqlanadi.
Oraliq
(muvofiqlashtiruvchi)
bosqichlar
kerakli
kuchaytirishni ta’minlaydilar va differensial kuchaytirgich chiqishidagi
kuchlanish siljishini nolga yaqin qiymatgacha kamaytiradi. Oraliq
bosqichlarda
differensial
kuchaytirgichlar
kabi,
bir
bosqichli
kuchaytirgichlar ham qo‘llaniladi. Chiqish bosqichlari OKning kichik
chiqish qarshiligi va katta chiqish quvatini ta’minlashi kerak. Chiqish
bosqichlari sifatida odatda AV rejimda ishlaydigan komplementar emitter
qaytargich
qo‘llaniladi.
Birinchi avlod
operatsion kuchaytirgichlari, masalan K140UD1, uch
bosqichli tuzilmasi sxema asosida
n–p-n
tranzistorlarda bajarilgan.
Birinchi kuchaytirish bosqichi klassik differensial kuchaytirgichda
bajarilgan (DK rasmiga qarang). Ikkinchi
bosqich ham differensial
kuchaytirgichda bajarilgan bo‘lib, bu bosqichda BTG qo‘llanilmaydi.
Chiqish bosqichi
A
rejimida ishlaydi, ya’ni emitter qaytargich vazifasini
bajaradi. Mazkur operatsion kuchaytirgichlarninng kamchiligi bo‘lib
uncha katta bo‘lmagan kuchaytirish koeffitsiyenti (
KU0
=300÷4000) va
kichik
kirish
qarshiligi
(
RKIR
4
kOm)
hisoblanadi.
Aytib o‘tilgan kamchiliklar