• GPS tizimi segmentlari
  • Boshqarish segmenti
  • GPS priyomniklar
  • Mustaqil ish mavzu: gps tizimi va uning ishlash prinsiplari Bajardi: 3- bosqich gkk guruh talabasi Eshov Jonibek Qabul qildi: M. H. Bobokalonov Samarqand 2024 reja




    Download 0,98 Mb.
    bet3/4
    Sana11.01.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #134735
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Oliy geodeziya GPS
    Документ Microsoft Word (14), Amaliyot jarayonida bajargan vazifalarim, 7-sinf-algebra-2-d187d0bed180d0b0d0ba (1), 11-sinf ona tili Umarova, Quyosh tizimining kelib chiqishi va evolyutsiyasi., INFORMATIKANING ALGORITM VA DASTURLASH BO\'LIMINI O\'RGANISHNING O\'ZIGA XOS METODIK XUSUSIYATLARI, Doc1, 100506 7, Natija 17.12.23, Velosipedchi 3 soatda 75 km yo, ma\'ruza

    Amalda vaqt o‘lchashda xatolik bo‘ladi, bunga sabab Yer yo‘ldoshi va priyomnikdagi vaqt shkalalarining mos kelmasligidir. Shu sababli priyomnik yo‘ldosh uzoqligini noto‘g‘ri hisoblaydi. Bunga “sohta uzoqlik” (psevdodalnost) deyiladi. Priyomnik ishlash jarayonida barcha Yer yo‘ldoshlarigacha bo‘lgan masofalar bir vaqtda o‘lchanadi. Demak, barcha o‘lchashlar uchun vaqt mos kelmasligini doimiy deyish mumkin. Matematik nuqtai nazardan qaraganimizda bizga nafaqat X,U,N, koordinatalar, priyomnik soatiga tuzatma ∆t ham noma’lumdir. Bularni aniqlash uchun to‘rta va undan ortiq yo‘ldoshlargacha bo‘lgan soxta uzoqliklarni o‘lchashimiz kerak.

    GPS tizimi segmentlari GPS tizimiga quyidagilar kiradi: Kosmik segment - Yer sun’iy yo‘ldoshlari guruhi kosmik apparatlar (keyingi o‘rinlarda KA deb ataladi). KA Yer sun’iy yo‘ldoshlari “turkumidan” va ularni orbitaga chiqarish vositalaridan tarkib topgan. Har bir yo‘ldoshda energiya bilan ta’minlovchi quyosh batareyalari, orbitaga tuzatish kiritish dvigatellari, chastotaning yuqori aniqlikdagi bir nechta atom etalonlari, radiosignallarni qabul qilish va uzatish apparaturasi, bort kompyuterlari o‘rnatilgan. KA qo‘shimcha tizimi bir-biriga nisbatan 60° burchak tashkil etuvchi oltita orbital tekislikda to‘rttadan joylashgan, 24 yo‘ldoshdan (ulardan uchtasi - rezerv) iborat. Tekisliklarning ekvatorga nisbatan og‘ishi 55 ° ga teng. Orbitalar deyarli aylana shaklida. Yo‘ldoshlarning o‘rtacha balandligi 20180 km, aylanish davri 11 s. 58 min., orbita bo‘ylab harakatlanish tezligi 3,9 kmsek. atrofida.

    Boshqarish segmenti – yer usti nazorati va boshqaruvi (keyingi o‘rinlarda YeNB deb ataladi). YeNB yo‘ldoshlarni kuzatish stansiyalarini, aniq vaqt xizmatini, hisoblash markaziga ega bosh stansiyani va bir nechta axborotni yo‘ldoshlarga yuklash stansiyalarini o‘z ichiga oladi. YeNBning asosiy vazifasi GPS butligini monitoring qilishdir: yo‘ldoshlarning ish faoliyatlarini nazorat qilish, yo‘ldoshlarning koordinatalarini aniqlash va prognoz qilish (efemerid) uchun zarur bo‘lgan axborotni to‘plash, tizim vaqtini shakllantirish va uni Jahon vaqtiga nisbatan sinxronlashtirish, ma’lumotlarni har bir yo‘ldoshning xotirasiga yuklash (sutkasiga ikki marotaba). GPS priyomniklar. Foydalanish apparatlari (keyingi o‘rinlarda FA deb ataladi). FA YNTning asosiy vazifalarini amalga oshiruvchi apparat-dastur vositalarini o‘z ichiga oladi: yo‘ldosh yordamidagi o‘lchovlarni ishlash uchun qo‘shimcha uskuna va dasturiy ta’minot majmuasiga ega bo‘lgan yo‘ldosh signallarini qabul qilish priyomnigi (bu yog‘iga matn bo‘yicha “priyomnik”). GPS-priyomniklari konstruksiyasi va biriktirilgan dasturiy ta’minotga qarab ikki turga bo‘linadi: bir chastotali - o‘lchovlarni faqat L1 chastotasi bo‘yicha (SA-kod, P-kod, yuk ko‘taruvchi chastota fazasi) bajaradi va ikki chastotali - o‘lchovlarni L1 va L2 bo‘yicha (P-kod, yuk ko‘taruvchi chastota fazasi) bajaradi.


    O‘zbekiston Respublikasida ham GPS va GLONASS tizimlaridan keng foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib oxirgi yillarda bu tizimlarni qo‘llashni rivojlantirish va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat yo‘ldosh geodezik tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda YGT deb ataladi) barpo etish ishlari olib borilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi hududida 1-sinf yo‘ldosh geodezik tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda YGT-1 deb ataladi) stansiyalaridan 145tasi va differensial yo‘ldosh tarmog‘i stansiyalaridan 50tasi loyihalangan bo‘lib, ularda ishchi holatdagi va loyihalanayotganlari mavjud. YGT tarkibiga kiruvchi 15 ta stansiya butunjahon sun’iy yo‘ldosh to‘ri tarkibiga kiritilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi hududida loyixalanayotgan SYGT punktlar
    "O‘zbekiston Respublikasining hududini topografiya-geodezik va kadastr borasida ta’minlash uchun GPS (AQSh) va GLONASS (Rossiya) global yo‘ldosh navigatsiyasi tizimlarini qo‘llash bo‘yicha davlat maqsadli dasturi"da bayon etilgan umumiy konsepsiyaga muvofiq tuziladigan Davlat geodeziya tarmog‘i (DGT) o‘zining strukturasiga ko‘ra umumiydan xususiyga o‘tish tamoyili bo‘yicha shakllanadi.
    DGT bir nechta darajalardan tashkil topgan bo‘lib, quyidagi geodezik tuzilishlarni o‘z ichiga oladi:
    • referens geodeziya punktlari tizimi (RGP);
    • 1-klass yo‘ldosh geodeziyasi tarmog‘i (YGT-1);
    • astronomiya-geodeziya tarmog‘i (AGT);
    • geodezik zichlash tarmoqlari (GZT).

    • O‘zbekiston Respublikasi hududida loyixalanayotgan SYGT lar yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan.

    Download 0,98 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: gps tizimi va uning ishlash prinsiplari Bajardi: 3- bosqich gkk guruh talabasi Eshov Jonibek Qabul qildi: M. H. Bobokalonov Samarqand 2024 reja

    Download 0,98 Mb.