1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza



1-ma’ruza. 
Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr 
uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati. 
EE ni uzoq masofaga uzatish asosan, keng tarqalgan ikkita yo‘nalish bo‘yicha 
amalga oshiriladi.
• 
ochiq turdagi liniya (havoli)
• 
Yopiq turdagi liniya (kabelli)
Umuman olganda elektr uzatish yo‘li (EUY) degenda “elektr stansiya yoki 
podstansiyadan chiqadigan elektr energiyani uzoq masofaga uzatadigan elektr liniya” 
tushuniladi. Bu yerda EUY deganda aniqrog‘i “o‘tkazgich, kabel, izolyatsion element va 
ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar,
elektr energiyani ikkita energotizim o‘rtasida uzatish 
uchun mo‘ljallangan elektr qurilma” tushunamiz. Oxirgi muloxazalardan ma’lum 
bo‘lmoqdaki, EUY ning klassifikatsiyasi faqatgina bir jihati bilan, ya’ni konstruktiv 
tuzilishiga ko‘ra farqlanar ekan. Biroq bular liniyani barcha xarakteristikalarini aniqlash 
uchun yetarli emas. Hozirgi zamonda EUY klassifikatsiyasi 1-jadvalda keltirilgan 
parametrlar asosida belgilanadi.
1-jadval
Elektr uzatish yo‘lining klassifikatsiyasi 
Belgilanishi 
Liniya turi 
Turliligi 
Tok turi 
bo‘yicha 
O‘zgarmas tok 
— 
Uch fazali 
o‘zgaruvchan tok 
— 
Ko‘p fazali 
o‘zgaruvchan tok 
Olti fazali 
O‘n ikki fazali 
Nominal 
kuchlanishi bo‘yicha 
Past kuchlanishli (1 
kV gacha) 
— 
Yuqori kuchlanishi 
(1kV dan yuqori) 
O‘K (3-35 kV) 
YuK (110-220 kV) 
O‘YuK (330-750 kV) 
UYuK (1000 kV dan 
yuqori) 
Havoli 



Konstruktiv 
tuzilishiga ko‘ra 
Kabel 

Zanjirlar soniga 
ko‘ra
Bir zanjirli 

Ikki zanjirli 

Ko‘p zanjirli 

Topologik 
xarakteristikasiga
ko‘ra
Radial 

Magistral 

Shaxobchalanuvchi 

Bajaradigan 
funksiyasiga ko‘ra
Taqsimlovchi 

Iste’mol qiluvchi 

Sistemalarni 
bog‘lovchi 

Birinchi qatorda tok turi bo‘yicha EUY ni turliligi qo‘rsatilgan. Mos holda liniyalar 
o‘zgarmas tok hamda uch va ko‘p fazali o‘zgaruvchan tok turlari bo‘yicha ajratilgan. 
O‘zgarmas tokli liniyalar boshqa turdagi liniyalar bilan uzatilayotgan quvvatni ancha 
uzoq masofaga uzata olishi bilan farqlanadi. Bunda so‘ngi o‘zgartiruvchi podstansiya 
qurilmalarining tan narxi EUY ning umumiy tan narxining anchagina qismini tashkil 
qiladi. Hozirgi zamonda uch fazali o‘zgaruvchan tokli liniyalar HL larining asosiy 
qismini tashkil qiladi. Ko‘p (olti va o‘n ikki ) fazali o‘zgaruvchan tok liniyalari hozirgi 
zamonda noan’anaviy kategoriyaga ega bo‘lgan turkumga kiradi.
EUY ni konstruksiyasi va elektrik xarakteristikasini turliligini aniqlovchi eng asosiy 
parametr bu 
U
nom 
nominal kuchlanish
hisoblanadi. Past kuchlanishli liniyalarga nominal 
kuchlanishi 1 kV dan past bo‘lgan liniyalar kiradi. Yuqori kuchlanishli liniyalarga 
kuchlanishi 
U
nom
> 1 kV dan yuqori liniyalar kiradi, ular ham o‘z navbatida nominal 
kuchlanishi 
U
nom
= 3—35 kV bo‘lgan o‘rta kuchlanish (O‘K), nominal kuchlanishi
 U
nom
= 110— 220 kV bo‘lgan yuqori kuchlanish (YuK), nominal kuchlanishi 
U
nom
= 330— 
750 kV bo‘lgan o‘ta yuqori kuchlanish (O‘YuK) va nominal kuchlanishi 
U
nom
> 1000 kV 
bo‘lgan ultra yuqori kuchlanishlarga (UYuK) bo‘linadi.
Konstruktiv ishlanishiga ko‘ra liniyalar havo va kabelli liniyalarga bo‘linadi. Havo 
liniyalari bu –«o‘tkazgichni yer sathidan tayanchlar, izolyatorlar va liniya armaturalari 
yordamida tutib turiladigan » liniyalardir. O‘z navbatida kabelli elektr uzatish yo‘li 
deganda, bir yoki bir nechta kabellardan tayyorlangan, bevosita yerostiga yotqiziladigan 
yoki kabelli inshootlar(kollektorlar,tunnellar, kanallar, bloklar va h.k lar)ga 
o‘tkaziladigan kabelllar tushuniladi.


Trassada o‘tkazilgan parallel zanjirlar soniga qarab (

Download 1,74 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish