2-ma’ruza: Elektr tarmoqlarida elektr uzatish liniyalarining roli. Elektr
uzatish liniyalarining turlari va ularni mexanik mustahkamlikka hisoblash.
HL ning qiymatlari aniqlash “Elektr uskunalarining tuzulish qoidasi” (EUTK) ga
qarab, GOST talabi bilan muvofiq ravishda bir necha farqli tomonlari mavjud. Bu yerda
“ Havo liniyasi – elektr energiyani ochiq havoda o‘tkazgich bo‘ylab tayanchlarga yoki
ijenerlik inshootlaridagi kronshteynga liniya armatura
va izolyatorlar yordamida
uzatuvchi elektr uskuna ” deb tushunamiz. Bu yerda HL elementlarining deyarli barcha
elementlari (tayanchlar, o‘tkazgichlar, izolyatorlar, liniya armaturalari) sanab o‘tilgan,
faqatgina yashin qaytaruvchi trosslar va fundamentlar aytib o‘tilmagan. HL konstruktiv
elementlarining tarkibi 1-rasmda yaqqol ko‘rsatib o‘tilgan.
Rasm 1.
HL konstruktiv elementlari
1- faza o‘tkazgichlari (A,B,C); 2-himoya trosslari (T1,T2); 3-tayanchlar;
4izolyatorlar shodasi; 5-liniya armatura elementlari; 6-fundamentlar.
Tabiiyki,
bu yerda A,B,C faza o‘tkazgichlari liniyaning asosiy elementlari
hisoblanadi. Ularning konstruksiyasining urlari keyingi paragraflarda keltirib o‘tilgan.
Troslar yashinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushidan himolash uchun trossning yuqori qismiga
tross ustuniga mahkamlanadi. Tayanchlar liniyalarni ekpluatatsiya
qilishda normal va
avariya holatida ham o‘tkazgichlarni yer sathidan ma’lum balandlikda ishonchli tutib
turish uchun mo‘ljallangan. Tayanchlarning konstruksiyasi
tayanch materialiga qarab
ham turlichadir. Izolyatorlar tayanchlarning yerga ulangan qismi bilan kuchlanish
ostidagi o‘tkazgichlar o‘rtasida yetarli darajada elektrik oraliqni ta’minlashi zarur. Liniya
armaturalari o‘tkazgichlarni
izolyatorlarga, izolyatorlarni tayanchga bog‘lovchi
kompleks qurilmalar yig‘indisidir. Va nihoyat, fundamentlar
tayanchlarni hududda
qo‘zg‘almas turishi uchun xizmat qiladi.