HL sining elementlari mavsumiy harorat va havo namligi o‘zgarishida hosil
bo‘ladigan tabiiy va sanoat ifloslanishida, qiyin va xilma-xil
geografik va iqlimiy
sharoitlarda ishlaydi. Bundan tashqari ular quyida ko‘rsatilgan asosiy ta’sir etuvchi
kuchlarga qarshi tura olishi kerak:
•
liniyaning barcha elementlariga
•
O‘tkazgich, tross va tayanchlarda muz qatlami sodir bo‘lganda
•
O‘tkazgich, trosslar va tayanchlarga shamol bosimi ta’siriga
•
O‘kazgich va trosslarning og‘irligiga
Shartli ravishda liniya elementlarining umumiy ta’sir etuvchi kuchi bitta tayanchga
bir necha yuz ming nyutonga yetadi va o‘tkazgichlar, trosslar
va tayanchlar ushbu
yuklamaga qarab hisoblanadi.
Muayyan bir iqlim sharoiti (havo harorati -3 dan -5°S gacha va shamol tezligi 10
m/s gacha ) bo‘lganda HL sining o‘tkazgichlari, trosslari va tayanchlari atrofida 900
kg/m
3
massali muz qatlami paydo bo‘ladi. Bu qatlamning bitta tayanchga beradigan
massasi taxminan ming tonnagacha yetishi mumkin.
Shamol HLsining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ikkita nohush holatga olib kelishi
mumkin. Birinchidan, shamol tezligi tezligi 4—8 m/s bo‘lganda o‘tkazgich va
trosslarlarning titrashi yuz berishi kuzatiladi. U o‘tkazgichlarda bir necha o‘n gers
chastotali va o‘n millimetrgacha amplitudali to‘lqinni paydo qiladi. Titrash o‘tkazgich va
tross simlarining ko‘plab
joylarini egilishiga, oxirida ularning sinishiga, tross yoki
o‘tkazgichlarning mexanik mustahkamligini zaiflashishiga va ularning uzilishiga ya’ni
avariyaviy holatga olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, shamol tezligi 15-30 m/s ga yetganda o‘tkazgich va trosslarning
“o‘ynashiga” olib keladi. Bu ta’sirlar o‘tkazgich va trosslarning
atrofida muz qatlami
sodir bo‘lgandagina sodir bo‘ladi. Bu to‘lqinlar chastotasi bir gersgacha bo‘lagan va
o‘tkazgich yoki trossning oraliq uzunligiga teng bo‘lgan amplitudani tashkil etadi. Bu
dinamik ta’sirlar ro‘y berganda o‘tkazgichlarning izolyatorlar shodasiga mahkamlangan
shahobchada va tayanch so‘ngida ancha katta bo‘lgan, tayanch detallari va liniya
armaturalarining sinishiga olib keladigan ta’sirlar ro‘y beradi. Bundan tashqari,
o‘tkazgich va trosslarning “o‘ynashi” natijasida ularning o‘zaro bir-biriga chalkashishi va
pirovardida qisqa
tutashuvga olib kelishi, va avariyaviy holatni yuzaga olib keladi.
O‘tkazgich va trosslarning titrashiga qarshi kurashish uchun HL da mahsus titroq
so‘ndirgichlar o‘rnatiladi.
O‘tkazgichlar “raqsi” paytidagi to‘lqinlarni so‘ndirishning yagona yo‘li, mahsus
qurilma yordamida, liniya orlig‘iga katta miqdorda tok berib o‘tkazgichlarni qizitib va
o‘tkazgich atrofidagi muz qatlamini eritishdir.