O‘tkazgich va troslarga ta’sir etuvchi mexanik yuklamalar




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza

 
O‘tkazgich va troslarga ta’sir etuvchi mexanik yuklamalar
Havo liniyalarining asosiy elementi bo‘lmish o‘tkazgichlar, texnik va iqtisodiy 
talablarni qanoatlantiradigan materialdan tayrlanishi zarur. Ular avvalam bor solishtirma 
elektrik qarsxiligi kichik, liniyaning qizishi tufayli sodir bo‘ladigan aktiv quvvat 
isroflarini va kuchlanish tushuvini minimal bo‘lishini ta’minlashi zarurdir.
O‘tkazgich tayyorlanadigan materialning qalinligi ya’ni o‘tkazgichning xususiy 
og‘irligi va solishtirma og‘irligini aniqlovchi kattalik, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim 
yuzasi 
F
yuqori bo‘lmasligi zarur. Mexanik mustahkamlik talabini qanoatlantiruvchi, 
mustahkamlik chegarasini baholaydigan σ
uzil
ham yuqori bo‘lishi zarur. Shu bilan 
birgalikda o‘tkazgich tayyorlanadigan material ob-havo sharoitlariga va kimyoviy 
ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Havo liniyalarining tan narxini 
kamaytirish uchun bu material tabitda topilishi oson va arzon bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi talablarni qanoatlantiruvchi turli xil materiallar mavjud, ammo barcha 
talablarni qolgan materiallarga nisbatan qanoatlantiradigan aniq bir material hozirda 
tabitda mavud emas. Hozirgi kunda amaliyotda HL o‘tkazgichlari sifatida mis, alyuminiy 
va alyuminiy qotishmalari hamda po‘latdan tayyorlangan materialllaridan 
foydalanilmoqda. 2-jadvalda ularning yuqorida aytib o‘tilgan xarakteristikalari ko‘rsatib 
o‘tilgan.
Jadval 1
HL da ishlatiladigan o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarning fizik jihatlari 
Material 
ρ, Om • 
mm
2
/km
γ, 
kg/m
3
σ
uz
, H/mm
2
Mis 
17,8—18,5
8700
390
Alyuminiy 
30,0—32,5
2750
160
AV-Ye 
qotishma 
Bir xil
2790
300
Po‘lat 

7850
1200
Plastik shisha 

2000
1200
Jadvaldagi ma’lumotlarni solishtirib shuni xlosa qilishimiz mumkinki, 
alyuminiyning solishtirma elektrik qarsxiligi misnikiga qaraganda tahminan 65% yuqori 

al 
≈ 1,65ρ
m
), massasi tahminan 3 barobar yengil, mexanik mustahkamligi esa 2,5 


barobar yomonroqdir. O‘zida 2% magniy, kremniy va temir moddalari mujassam bo‘lgan 
termoishlov berilgan alyuminiy qotishmasi, toza alyuminiy moddasiga nisbatan 
solishtirganda deyarli bir xil elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi bilan birgalikda, 
misnikiga qaraganda 23% kam bo‘lgan yuqori mexanik mustahkamlikka egadir. Mis 
yetarli darajada noyob va qimmatbaho metalldir, shuning uchun HLnig zamonaviy 
texnikasida asosan alyuminiy va alyuminiy qotishmalari negizida tayyorlangan 
o‘tkazgichlar qo‘llanilmoqda.
HL da asosan izolyatsiyalanmagan o‘tkazgich va trosslardan foydalaniladi. Shu 
bilan birgalikda, oxirgi qirq yillikda va XX-asrning 90-yillarida, horijda va 
O‘zbekistondagi 0,4 va 6-20 kV kuchlanishli HL da o‘z-o‘zidan quvvatlanadigan 
izolyatsiyalangan o‘tkazgichlardan
foydalanish ancha ko‘payotgan bo‘lsa 35 kV HL da 
esa izolyatsiyali o‘tkazgichlardan foydalanish salmoqli ravishda ortmoqda. Ushbu tipdagi 
liniya inshootlarining ziyoni izolyatsiyalanmagan o‘tkazgichli HL siga nisbatan 
solishtirganda ancha pastroqdir.

Download 1,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘tkazgich va troslarga ta’sir etuvchi mexanik yuklamalar

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish