energiya isrofi, radio va televizor to‘lqinlariga halaqit qilmaslik) kamaytirish maqsadida.
Bu hodisa ma’lum kuchlanishlarda, o‘tkazgichning tashqi diametriga teskari proporsional
bo‘lgan, elektr maydonini (30 kV/sm atrofida) sodir qiladi. Bu ko‘rsatkich tashqi
diametriga bog‘liqligi va o‘zgaruvchan tok o‘tkazgichning to‘liq
kesim yuzasidan
o‘tmasligi sababli, oddiy ko‘p simli konstruksiyali o‘tkazgichlarni ushbu sabab orqali
diametrini oshirish iqtisodiy jihatdan maqbul emas , ya’ni materialning qanchadir qismi
ishlamasdan ortiqchaday bo‘lib qoladi. Ichi g‘ovak konstruksiya esa rangli metallarni
ko‘p ishlatilishidan va HL tan narxining oshib ketishini oldini oladi. Ushbu maqsad
asosida va kengaytirilgan o‘tkazgich yaratish uchun ko‘p simlio‘tkazgichning
ichiga
spiralli karkas yoki plastikoyna to‘ldirgich joylashtiriladi.
O‘YuK va UYuK HL da tayyorlash yetarlicha qiyin bo‘lgan bunday faza
o‘tkazgichlarini qo‘llash o‘rniga yana bir usul faza o‘tkao‘gichlarinini bir necha
N
tashkil
etuvcxilarga ajratish usuli butun dunyoda keng qo‘llanilmoqda.
Shunday qilib, javobgarligi yuqori bo‘lgan 330 kV liniyalarda ikkita, bir biridan a
= 40 sm masofada bo‘lgan va o‘zaro metallik tirgovich orqali bog‘langan, o‘tkazgichlar
ishlatiladi. 500 kV HL da bir biridan 40 sm masofada turuvchi teng tomonli uchburchak
hosil qiluvchi o‘tkazgichlar “bog‘lami”dan foydalaniladi. Bunday bog‘lam tashqi
diametri taxminan 27 sm atrofida bo‘lgan bitta o‘tkazgich bilan ekvivalendir. Bir-biridan
a= 40—60 sm bo‘lgan 750 kV li HL da
N
= 4—5, 1150 kV HL da esa
N
= 8-10 bo‘lgan
o‘tkazgichlardan foydalaniladi.
35-1150 kV HL da hozirgi davrgacha asosan po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlar
ishlatilmoqda. Ular 1,7,19,37 yoki 61 simdan (mos holda 1,2,3,4 yoki 5 o‘ram) iborat
po‘lat o‘zak bo‘ladi. Bu o‘zakka 1 dan 4 tagacha alyuminiy o‘ramli sim qoplanadi.
O‘tkazgich markasida «K» harfi qo‘sxilgan bo‘lsa korroziyaga chidamliligini
bildiradi. Bunday o‘tkazgichlar “atmosferasi iflos” (dengiz bo‘yi
joylarda, tuzi ko‘p
orollarda, sanoat hududlar va h.k) joylarda qo‘llaniladi. Korroziyaga qarshi turish uchun
birinchidan, po‘lat o‘zakka sintetik plenkadan iborat ikkita lenta o‘raladi ikkinchidan,
korroziyaga qarshi tura oladishini oshiradigan neytral moy o‘tkazgich ustiga (marka ASK
) yoki uning o‘zagi (ASKS) yoki o‘tkazgichning barcha qismiga (ASKP ) surtiladi.
Po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlarning mexanik (mustahkamligi ) xarakteristikasi jami
alyuminiy o‘ramning ko‘ndalang kesim yuzasi
F
al
va jami po‘lat o‘ramning ko‘ndalang
kesim yuzasi
F
st
o‘rtasidagi munosabatdan topiladi.
F
al
/
F
st
=
k
F
munosabatdan
o‘tkazkichlarning tayyorlanishi beshta turlarga bo‘linadi (3-jadval).
Jadval 2
Po‘lat-lyuminiy o‘tkazgichlarning tayyorlanish variantlari
Tayyorlanishi
F
al
/
F
st
Nomenklatura
Maxsus yengil
12,2—
18,1
330/27; 400/22; 500/27;
1000/56
Yengil
7,71—
8,04
150/19—800/105 (15 marok)
Normal
6,00—
6,25
35/6,2-400/64 (10 marok)
Kuchaytirilgan
4,29-
4,39
120/27—400/93 (6 marok)
Maxsus kuchaytirilgan
0,65—
1,46
70/72; 95/41; 185/128;
300/204;
500/336
Shu kabi tayyorlangan o‘tkazgichlar ishlatilishi birinchi navbatda iqlim
sharoitining og‘irligiga, ya’ni o‘tkazgichning muz qatlami va shamol bosimi ta’siri ostida
sinalgandagi hosil bo‘ladigan yuklamaga qarab aniqlanadi.
Shu kabi tayyorlangan
o‘tkazgichlarni tanlash iqlim sharoitini e’tiborga olish bilan birgalikda ba’zan temir
yo‘llar va avtomobil yo‘llari, katta daryolar va h.k ustidan o‘tuvchi HL sining ishonchli
ishlashishini kuchaytirish maqsadi bilan ham bog‘liqdir.
GOST ga muvofiq po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlar (AS, ASK, ASKS, ASKP)
markdan va alyuminiy va po‘lat qismining nominal ko‘ndalang kesim yuzasidan iborat
bo‘ladi. Masalan, AS 150/24, ASK 240/56 va h.k. 3jadvalda AS markali va alyuminiy
qismining nominal kesim yuzasi 185 mm
2
o‘tkazgichning to‘rt xil tayyorlanishdagi
xarakteristikalari misol tariqasida keltirilgan. Agar bu yengil tayyorlangan va mahsus
kuchaytirib tayyorlanagan o‘tkazgichlarning xarakteristikalarini
solishtirsak, massasi
taxminan 2 barobar kattaligi va 3 marta ko‘proq mustahkamligini
F
uz
ko‘ramiz.
Jadval 3
O‘tkazgich
markasi
Haqiqiy
ko‘ndalang kesim
yuzasi mm
2
Massa, kg/km
F
uz
,
H
k
F
F
al
F
po‘l
Alyuminiy
po‘lat
O‘tkazgich
AC
185/24
187,0
24,2
515
190
705
604
7,73
AC 185/29
181,0
29,0
500
228
728
48
6
6,24
AC 185/43
185,0
43,1
509
337
846
808
4,29
AC
185/128
187,0
128,0
517
1008
1525
1837
1,46
Yashin qaytaruvchi trosslar rux yugurtirilgan ko‘p o‘ramli TK markali ko‘ndalang
kesim yuzasi 35, 50 i 70 mm
2
bo‘lgan po‘lat arqonlardan tayyorlanadi. Agar yashin
qaytaruvchi trosslar yuqori chastota kanalli aloqalarni uzatishda ishlatilayotgan bo‘lsa,
unda ular elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi. Shuning
uchun bunday hollarda AS 70/72 va AS 95/141 markali o‘tkazgichlardan foydalaniladi.
Yuqori chastotali signallarni uzatishni yaxsxilash
nuqtai-nazaridan trosslar
«alyumoveld» tipidagi po‘lat-alyuminiy simlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunda har bir
sim ingichka po‘lat o‘zakdan va usti alyuminiy bilan qoplangan bo‘ladi.
Kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan HL da yashinqaytaruvchi trosslar faqatgina
podstansiyaga kirish yo‘llaridagina, podstansiya qurilmalariga yaqin joylarda yashinni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri urishini oldini olish maqsadida ishlatiladi. Nominal kuchlanishi 110 kV
va undan yuqori metall va temirbeton tayanchli liniyalarning barcha qismi bo‘ylab
yashinqaytaruvchi trosslar osib chiqiladi. Ularning soni (bir yoki ikki) tayanch turi va
tayanchlarda o‘tkazgichlarning joylashuv usuliga qarab aniqlanadi. Nominal kuchlanishi
110-330 kV HL da yashin urishi kam miqlorda bo‘ladigan (yiliga 20 soatdan kam vaqt
yashin bo‘ladigan)hududlarda hamda muz qatlami 20 mm dan ortiq bo‘ladigan qorli
hududlardagina yashinqaytaruvchi trosslarsiz foydalanishga ruxsat beriladi. Kuchlanishi
110-220 kV bo‘lgan yog‘och tayanchli HL i yashinqaytaruvchi
trosslar bilan
himoyalanmaydi.
Yashinqaytaruvchi trsslarni osishning uch xil usuli mavud. Birinchisi,
yashinqaytaruvchi trosslar tayanchlarga izolyatorlarsiz mahkalanadi va har bir oraliqda
zaminlanadi. Faqatgina metall va temirbeton anker tayanchlarda ular izolyatorlarga
mahkamlanadi. EUTQ ga muvofiq bu usul kuchlanishi 150 kV dan past bo‘lgan barcha
HL da qo‘llanilishi darkor. Kuchlanishi 220 kV va undan yuqori liniyalarda ikkinchi usul,
barcha tayanchlarda trosslar izolyatorlarga mahkamlangan holda uchqun oralig‘i
shuntlanadi. Bunda trosslar anker hududlarga mos keluvchi oraliqqa bo‘linadi, va har bir
oraliqda bitta nuqtaga zaminlanadi.
Trosslar yuqori chastotali aloqalarni uzatish maqsadida ham ishlatilayotgan bo‘lsa
unda uchinichi usul qo‘llaniladi, trosslar liniyaning barcha qismida butunlay
izolyatsiyalanadi va izolyatorlar uchqun oralig‘ida shuntlanadi.