1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza

n
s
), liniyalar bir zanjirli (
n
s

1), ikki zanjirli (
n
s
= 2) va ko‘p zanjirli (
n
s
> 2) turlarga bo‘linadi. 24291-90 Gostga binoan 
o‘zida o‘zgaruvchan tokli, bitta to‘liq faza o‘tkazgichlarini mujassamlashtirgan 
liniyalarga 
bir zanjirli
havo liniyalar, ikkita to‘liq faza o‘tkazgichlarini 
mujassamlashtirgan liniyalarga 
ikki zanjirli
havo liniyalari deb yuritiladi. Mos holda ko‘p 
zanjirli havo liniyalari deb, o‘zida ikkitadan ortiq komplekt faza o‘tkazgichlarini 
mujassamlashtirgan liniyalarga aytiladi. Komplekt faza o‘tkazgichlari bir xil yoki har xil 
nominal kuchlanishlarga ega blishi mumkin. Ohirgi holatdagisi 
kombinatsiyalangan
liniyalar deb ataladi.
Bir zanjirli havo liniyalari bitta tayanchda o‘rnatiladi. Ikki zanjirli liniyalar yoki 
ikkita alohida tayanchlarga yoki bitta tayanchga o‘rnatiladi. Shubhasiz ohirga holatdagisi 
trassa bo‘ylab joylashgan liniya hududini bir muncha qisqartiradi, biroq tayanchning 
massasi va vertikal o‘lchamlarini oshiradi. Aholi zich yashaydigan va yerning tan narxi 
birmuncha yuqori joylarda birinchi jihat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli ham 
qator davlatlar odatda nominal kuchlanishi bir xil bo‘lgan (odatda 
n
z
= 4) va har xil 
bo‘lgan (odatda 
n
z
= 6) ko‘p zanjirli liniyalardan foydalaniladi.
Topologik (sxematik) xarakteristikasiga ko‘ra liniyalar radial va magistral 
liniyalarga ajratiladi.
 
Quvvat bir tarafdan keladigan ya’ni yagona manbaga ega bo‘lgan 
liniyalarga 
Radial
liniyalar deyiladi. Bir necha shaxobchalarga ajratiladigan liniyalar 
magistral
liniyalar deb ataladi. Shaxobchalanadigan liniyalar deganda bir EUY ning oxiri 
boshqa bir EUY ning oraliq nuqtasiga tutashgan liniyalar tushuniladi.
Oxirgi klassifikatsion belgisi bu- funksional vazifasidir. Bu yerda liniyalar iste’mol 
qiluvchi va taqsimlovchi hamda tizimlararo bog‘lovchi liniyalarga ajratiladi. Liniyalarni 
taqsimlovchi va iste’mol qiluvcxilarga ajratish ishlash sharoitiga qarab amalga oshiriladi. 
Odatda taqsimlovchi liniyalarga mahalliy elektr tarmoqlaridagi liniyalar kiradi. Iste’mol 
qiluvchi liniyalarga esa tuman ahamiyatidagi, ya’ni Markaziy elektr tarmoqdan elektr 
ta’minotini oluvchi liniyalarni tushunamiz. Tizimlararo liniyalar ikkita boshqa tizimlarni 
avariya va normal holatlarda quvvatlar oqimini ta’minlash uchun tutashtirilgan 
liniyalarga aytiladi. Havo elektr uzatish liniyasi o‘tkazgichlari
Kuchlanishi 35-1150 kV li havo elektr uzatish liniyalarida izolyatsiyalanmagan 
alyuminiy va po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlar qo‘llaniladi.
Bunday o‘tkazgichlarning konstruksiyasi 23-rasmda ko‘rsatilgan.
Alyuminiy va po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlar ko‘p simlardan tayyorlanadi, 
alyuminiy sim elektr o‘tkazuvchanlikni ta’minlasa po‘lat sim esa mehanik 
mustahkamlikni ta’minlaydi.
Ko‘p simli o‘tkazgichlarning o‘zagi ruh yugurtirilgan po‘lat simdan iborat bo‘lib 
atrofiga neytral moy surtiladi.
O‘tkazgichning tashqi diametri qanchalik katta bo‘lsa tojlanish razryad isrofi ham 
shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun ham 220 kVdan yuqori kuchlanishlarda HEUL ning 


iqtisodiy ko‘rsatkichlarini bir muncha yaxsxilash uchun katta kesim yuzali 
o‘tkazgichlarning optimalini tanlash talab qilinadi. Odatda, EUY larida o‘tkazgichlarni 
konstruksiyasini o‘zgartirmagan holda, fazalarni parchalash bilan isrofni kamaytiriladi.
Iflos yoki namligi yuqori bo‘lgan atmosfera ta’siri alyuminiy va po‘lat-alyuminiy 
o‘tkazgichlarni korroziyaga uchrashini tezlashtiradi va EUY qurilgandan so‘ng 4-8 yil 
ichida o‘tkazgichlarni ishdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun ekspluatatsiya 
jarayonida hizmat muddatini oshirish maqsadida alyuminiy simlariga va po‘lat o‘zak 
ustiga mahsus asosan uglerod asosli materialli himoya moyi surtiladi.
Alyuminiy va po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlardan tashqari EUY da yetarli darajada 
yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka va yuqori mehanik mustahkamlikka ega alyuminiy 
qotishmali o‘tkazgichlar ham ishlatiladi. Alyuminiy qotishmali o‘tkazgichlarni qo‘llash 
bilan bir qatorda po‘lat o‘zakdan voz kechishga va o‘tkazgichning massasini 
kamaytirishga erisxiladi.
Horijda Al-Mg-Si asosli alyuminiy qotishmasidan EUY ga o‘tkzgichlar 
tayyorlashda keng qo‘llanilmoqda. Qotishmaning kimyoviy tarkibi va xususiyati 
bo‘yicha standarti turli davlatlarda deyarli farq qilmaydi. Asosiy qotishma sifatida AQSh 
standarti bo‘yicha 6101 va 6201 raqamli belgiga ega bo‘lgan qotishma qo‘llanilmoqda.
Yurtimizda amalda kesim yuzasi 185 mm2 gacha bo‘lgan alyuminiy qotishmali 
o‘tkazgichlarning, mehanik mustahkamligi va elektrik qarsxiligi bo‘yicha Halqaro 
elektrotexnik komissiya talabiga mos keluvchi, mustahkamlik darajasi past roq 
termoishlov berilmagan va mustahkamligi yuqori termoishlov berilgan ikki xil 
modifikatsiyasi qo‘llanilmoqda.
Biroq yurtimizja amalda ulardan cheklangan miqdorda qo‘llanilmoqda.
O‘tkazgichlarning 
xarakteristikalarini 
solishtirish 
alyuminiy 
qotishmali 
o‘tkazgichlar po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlardan yaxshi ekanligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, agar nominal kesim yuzasi 525 mm2 bo‘lgan po‘lat-alyuminiy o‘tkazgich 
bilan nominal kesim yuzasi 585 mm2 alyuminiy qotishmali o‘tkazgichni 
xarakteristikalarini solishtiradigan bo‘lsak, alyuminiy qotishmali o‘tkazgichning massa 
20% ga kamligi, mustahkamlik chegarasi 18 % ga yuqoriligi va elektrik qarsxiligi 5% ga 
kamligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun ham oraliq uzunliklarni oshirib tayanchlar sonini 
kamaytirish hisobiga EUY ning umumiy tan narhini tushirishimiz mumkin.

Download 1,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish