|
Raqamli ishlab chiqarishni rivojlantirish
|
bet | 3/10 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #119904 |
Bog'liq Aliyeva nozanin2. Raqamli ishlab chiqarishni rivojlantirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-oktabrdagi pf-6079sonli Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻg‘risidagi farmonida ham iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:
korxona ta’minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirish;
zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi toʻxtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish;
innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt
texnologiyalarini joriy etish;
savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan oʻzaro munosabat mexanizmlarini takomillashtirish;
boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish;
2025 yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning ulushini 90 foizga yetkazish;
Iqtisodiyotni yangi texnologik bosqichga oʻtishi bilan mamlakat ishlab chiqarish tuzilmalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkiliy-iqtisodiy ta’minoti, boshqaruv usullari zamonaviy yodashuvlarni shakllantirishga extiyoj paydo boʻlmoqda. Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg’or usul va uslublarini joriy etish, uning raqamli intelektuallashuv darajasini oshirish jarayonlari jadal rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar qisqa vaqt ichida toʻliq axborot almashinuvi, ishchilar va xodimlar sonini qisqartirish, ularning kompetentligini oshirish, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari va robotlashtirish komplekslarini joriy etishga tayanadi. Buning uchun innovatsion, yuqori texnologik mahsulot chiqaruvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga e’tibor qaratilishi lozim. Raqamli ishlab chiqarish sohasida»buyumlarning sanoat interneti”«ishlab chiqarishning additive texnologiyalari”«bulutli texnologiyalar”«sun’iy intelekt”«aqlli robotlashtirilgan ishlab chiqarish»kabi zamonaviy yoʻnalishlar rivojlanib bormoqda, tashkilot qarorlarini qabul qilishda imitatsion va iqtisodiy matematik modellashtirishdan foydalanilmoqda. Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasining quyidagi ijobiy tomonlari va xatarlarini keltirish mumkin.
|
| |