-rasm. Raqamli texnologiyalarning asosiy funksiyalariga koʻra guruhlanishi




Download 0,8 Mb.
bet5/10
Sana15.12.2023
Hajmi0,8 Mb.
#119904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aliyeva nozanin

1-rasm. Raqamli texnologiyalarning asosiy funksiyalariga koʻra guruhlanishi.
3. Raqamli texnologiyalarning guruhlanishi
Korxonani raqamli oʻzgartirish jarayoni algoritmini amalga oshirishda, tanlangan ustuvor yoʻnalishga qarab, korxona boshqaruvida quyidagi zamonaviy tushunchalardan foydalanishni taklif qilish mumkin. Masalan, IoT texnologiyalaridan foydalanish tashkilotning biznes-jarayonlarini oʻzgartirishga va ishlab chiqarishning muddatini va ishlab chiqarish siklining davomiyligini qisqartirish hisobiga operatsion samaradorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi; operatsion xarajatlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish; uskunaning ishlamay qolishi soni va davomiyligini qisqartirish, uning yuklanganlik darajasini oshirish; mahsulotlar sifatini yaxshilshni ta’minlaydi.
Raqamli boshqaruvga asoslangan koʻp koordinatli ishlov beish markazlarini qoʻllash, tokarlik, parmalash, jilvirlash ishlarini bajarish davomida ishchi asboblarni mexanik ishlov berish jarayonida koʻchirish imkoniyatini ham yaratadi. Bunday toʻrt-olti koordinatli jihozlar har qanday murakkab detallarga ishlov berishda bir necha jarayonlarni bir vaqtda bajarishni ta’minlaydi va oʻz navbatida ishlab chiqarish siklining qisqarishiga olib keladi. Raqamli ishlab chiqarish mehnat unumdorligining yuqori darajasi va mahsulotning yuqori sifatini, loyixa ishtirokchilarining masofadan turib birgalikda ishlashlarini ta’minlaydi, xarajatlarni nazorat qilishni sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi.
Ishlab chiqarishning va nazorat qilishning dasturli-apparatli komplekslarini qoʻllash inson omili ta’sirida yuzaga keladigan xatolarni oldini olishga olib keladi. Buyumlar sanoat internetining rivojlanishi. neyrotarmoqli texnologiyalarga asoslangan sun’iy intelektning qoʻllanilishi oqibatida muammoli vaziyatlar yuzaga kelgan sharoitda ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish borasidagi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qila oladigan»aqilli ishlab chiqarish” ni yaratish imkoniyati paydo boʻladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy paradigmasi (koʻrinishi) jihozlarni turli xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga moslashtirish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda band boʻlgan ishchi xodimlarning sonini qisqartirish, moslashuvchan texnologiyalarni va robotlashtirilgan komplekslarni joriy etish asosida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga oʻtish imkoniyatini aks ettiradi.
Raqamli boshqaruvga asoslangan jihozlar ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori aniqlikda kuzatish va olingan ma’lumotlar asosida mustaqil qaror qabul qilishga imkon yaratadi. Zamonaviy raqamli ishlab chiqarish tizimlarining bir nechta darajalari ajratiladi. Jismoniy darajada, sexlarida jihozlarga datchiklar, sensorlar, tarmoqlar joylashtiriladi.
Jihozlarni nazorat qilish va boshqarish darajasida dasturlashtirilgan mantiqiy nazoratchilar (PLC – Programmale logis controller) oʻrnatiladi va ular yordamida axborotlar yig’iladi.
Yuqori boshqaruv darajasini ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining serverlarida joylashadigan korxona resurslarini rejalashtirish tizimlarini (ERP – Enterprise Resoures Planing) tashkil etadi.
Raqamli ishlab chiqarishni tashkil etish istemolchilarning talabiga mos keladigan mahsulotni loyihalashtirishga buyurtma berish va raqamli model asosida tayyor maxsulotni ishlab chiqarish orasidagi muddatni qisqartirish imkonini yaratadi. Raqamli ishlab chiqarish texnlogiyalarini qoʻllash sanoat robotlari 3D printelar yordamida murakkab koʻrinishga ega boʻlgan maxsulotlarni yaratishni ta’minlaydi.
Raqamli ishlab chiqarish konsepsiyasinig yutug‘i shundaki, mahsulotni virtual muxitda modellashtirish bosqichidayoq xatoliklarni aniqlash, bartaraf etish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga erishiladi. Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish korxona yoki tashkilotning moliyaviy operatsiyalar va moddiy va nomoddiy aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek, yakunlangan tranzaktsiyalarni (tashqi va ichki) kuzatish va qayd etish orqali boshqaruv tizimini oʻzgartiradi

Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Raqamli texnologiyalarning asosiy funksiyalariga koʻra guruhlanishi

Download 0,8 Mb.