|
- jadval Raqamli transformatsiyaning ijobiy tomonlari va xatarlari
|
bet | 4/10 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #119904 |
Bog'liq Aliyeva nozanin 1- jadval Raqamli transformatsiyaning ijobiy tomonlari va xatarlari
Ijobiy tomonlari
|
Xatarlari
|
Yangi yorib kiruvchi raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, sanoat buyumlar interneti, katta ma'lumotlarni tahlil qilish,
|
Qarzga olingan import texnologiyalariga bog'liqlik, oʻz vakolatlarining buzilishi, apparat va dasturiy ta'minotda yashirin "xatchoʻplar" ning mavjudligi
|
Yangi savdo bozorlari, biznes modellari, innovatsion ishlab chiqarishlar, ommaviy axborot xizmatlari
|
Iqtisodiyjixatdan rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari tomonidan innovatsion
bozorlarni tezda egallab olish xavfi
|
Mehnat unumdorligining oʻsishi, ishlab chiqarish samaradorligi, avtomatlashtirish, robotlashtirish
|
Ish oʻrinlarini qisqartirish, ayrim maxsus
ishlarni tugatish, ishsizlik, ijtimoiy ziddiyatlar
|
Xizmatlarning samaradorligi va standartlashtirilishini oshirish, vositachilarni chiqarib tashlash, transportni, tibbiyotni, ta'limni, xizmat koʻrsatish sohasini uberizatsiyasi
|
Huquqiy sohadagi noaniqlik, firibgarlikning oʻsishi, axloqiy muammolar, ijtimoiy tabaqalanish
|
Katta hajmli ma'lumotlarni tahlil qilish, shaxsni raqamli identifikatsiyasi, xizmatlarni talabga moslashtirish.
|
Maxfiylikning yoʻqolishi, intruziv reklama, korxonalarning maxfiy ma'lumotlari va uqarolarning shaxsiy ma'lumotlari oshkor boʻlishi
|
Zamonaviy sharoitlarda ishlab chiqarishni tashkil etishga mahsulot hayot siklini boshqarishni raqamlashtirish asosida zaruriy kompetiylikka ega boʻlgan yuqori malakli xodimlar (ishchilar) ning innovatsion mehnat vositalari va buyumlari bilan ma’lum bir muhitda hamda vaqtda samarali uyg’unlashtirish jarayoni sifatida qaraladi.
Fikrimizcha, ishlab chiqarishni raqamlashtirishga korxonalarda eskirgan texnologiyalardan foydalanib kelayotganligi (64%) ma’lum bir tajriba, bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan mutaxassislarni yetishmasligi (61%) mavjud va yangi texnologiyalar oʻrtasida integratsion aloqalarni sustligi (62%) kabi omillar toʻsqinlik qilmoqda. Ishlab chiqarishni raqamli trnasformatsiyasi sohasidagi tadqiqotlarning natijalariga koʻra (koʻrsatishiga) raqamli texnologiyalar va boshqaruv usullaridan foydalanayotgan korxonalar oʻz raqobatchilariga nisbatan 26% ga koʻproq foyda koʻrishar ekan. Raqamli texnologiyalashga yetarli darajada mablag’ sarflagan xolda boshqaruvga kam e’tibor qaratayotgan korxonalarning moliyaviy natijalari 11% ga past, faqat boshqaruv jarayonini modernizatsiyalash hisobiga esa faqat 9% ga qoʻshimcha daromad olish mumkin.
Zamonaviy iqtisodiy vaziyat toʻrtinchi sanoat inqilobini boshlanganligi bilan xarakterlandi. Ushbu inqilob doirasida raqamlashtirilgan»aqilli”
korxonalar tashkil etilmoqda. Bunday korxonalar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Lekin bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng koʻlamda joriy etish jarayoni qoniqarli darajada emas. Bunga quyidagi xolatlar toʻsqinlik qilmoqda:
yangi iqtisodiy tartibni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yoʻqligi yoki uning hozirgi bosqichda sodir boʻlayotgan texnologik oʻzgarishlarga mos kelmasligi;
yangi texnologiyalar, iqtisodiy munosabatlar ob'ektlari va sub'ektlari paydo boʻlishi, kapital shakliga aylangan ma'lumotlar hajmining tez oʻsishi
malakali kadrlar tayyorlashning yetarli darajada emasligi, inson kapitalining yetishmasligi;
katta hajmdagi ma'lumotlar katta miqdordagi axborot oqimlarini va ma'lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda axborot xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq xavflarni keltirib chiqaradi;
korxona moliyaviy resurslariningyetishmasligi va sanoat sohasini raqamlashtirishga yoʻnaltirilgan loyixalar qiymatining yuqori ekanligi;
ayrim sanoat tarmoqlarining konservativ xarakteri. Raqamli texnologiyalarning keng koʻlamda qoʻllanilishi korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishini bilgan xolda, ushbu jarayonlarga kam e’tibor qaratilmoqda.
Korxonada biznes jarayonlari va yangi texnologiyalarni boshqarishga samarali yondashuvni ishlab chiqish oson ish emas. Sanoat korxonasining barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun boshqaruvning innovatsion nazariyalari va metodologiyalarini qoʻllash talab etiladi. Korxonada sodir boʻlayotgan jarayonlar rahbariyat, jarayon egalari va biznes jarayonlarini amalga oshirishni ta’minlovchi xodimlardan doimiy e’tiborni talab qiladi. Jarayonlarni takomillashtirish va optimallashtirish jarayonida jarayon yondashuvini amalga oshirish natijasida erishilgan samaradorlik va taraqqiyot darajasini saqlab qolish zarur. Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy usuli korxonalarni boshqarishning yangi avlodi kontseptsiyalarini ishlab chiqish bilan tavsiflanadi. Ushbu konsepsiyalar sanoat robotlari, boshqaruvsiz transport, raqamli boshqaruv dasturlari asosida ishlaydigan jihozlarni qoʻllash, 3D printerlarni qoʻllash, katta xajimdagi ma’lumotlarni bulutli texnologiyalarda saqlash, sun’iy intelekt, sanoat buyumlari interneti (Internet of Things, IoT), blokcheyn innovatsiyasi, imitatsion va matematik modellashtirish va prognozlashtirish, kiber xafsizlik kabi jarayonlar bilan xarakterlanadi.
Yangi kontseptsiyalarni qoʻllash korxonalarga bir qator raqobatdosh ustunlik
beradi. Asosiy funksiyalariga koʻra texnologiyalarni 3 guruhga boʻlish
mumkin:
|
| |