• Tahlil va natijalar.
  • Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish




    Download 0,8 Mb.
    bet2/10
    Sana15.12.2023
    Hajmi0,8 Mb.
    #119904
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Aliyeva nozanin

    1. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish
    Raqamli texnologiyalar bugungi kunda bizning hayotimizning bir qismi, turli sohalarda amaliyot yuritishda keng tarqalgan holda qoʻllanilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida raqamlashtirish yuzasidan bir qancha olimlar oʻz fikrlarini bildirishgan.
    “Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi marta 1994 yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapskottning tomonidan ishlatilgan. Muallif oʻz ishida raqamlashtirishning iqtisodiyotga ta’siri haqida gapirgan. U tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va biznes yuritishning mutlaqo yangi biznes modellarining paydo boʻlishini raqamlashtirishning asosiy afzalliklardan biri deb hisoblagan.
    V.A.Plotnikovning tadqiqotlarida raqamlashtirish bu "axborotlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichi boʻlib, axborotni yaratish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va vizualizatsiya qilish uchun raqamli texnologiyalardan keng koʻlamda foydalanish bilan tavsiflanuvchi yangi qurilma va dasturiy taominotning birlashmasi bilan tavsiflanadi” deb ta’rif bergan. Bundan tashqari u korxonalar raqamli texnologiyalardan foydalanganda erishadigan bir qancha afzalliklarni sanab oʻtgan:

    • ishlab chiqarishning moslashuvchanligi uning tez qayta konfiguratsiyasi, ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarining dinamik oʻzgarishi hisobiga ortadi, bu esa raqobatdosh ustunlikni yaratadi va potentsial foyda oʻsishiga olib keladi;

    • mahsulotlarni ishlab chiqishdan tortib to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan hayot tsiklining bosqichlarini axborot integratsiyasini ta’minlaydi, bu bizga nafaqat ishlab chiqarishni optimallashtirish, balki sifat, ekologik xavfsizlik, biznesning yangi imkoniyatlarini yaratish va hokazolarni samarali va har tomonlama hal qilish imkonini beradi.

    Brynjolfsson va Kahinlar (2002) tomonidan iqtisodiyotni raqamlashtirish masalalari ilk marotaba 1990 yillarning oʻrtalarida muhokama mavzusi sifatida targ‘ib qilinib, ilk ta’riflar keltirilib, mazkur ta’riflarda korxona va iste’molchilarni virtual dunyoda uchrashtiruvchi vosita sifatida e’tirof etildi.
    Raqamlashtirishning rivojlanishi bilan korxonaning biznes modellari doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Shuning uchun koʻpgina mualliflar raqamlashtirish ta'rifini turlicha izohlaydilar. Masalan, Aleksandr Kutsman raqamli iqtisodiyotni»moddiy mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda resurslarni aniqlash, saqlash, qayta ishlash uchun raqamli texnologiyalardan faol foydalanish asosida axborot va bilimlarning ustuvor roli bilan tavsiflangan zamonaviy iqtisodiyot turi sifatida tavsiflanadi”. Aksanov R. K. raqamli iqtisodiyot elektron mahsulotlar va electron tijorat xizmatlarini ishlab chiqarishga asoslanganligini ta'kidlaydi. Elektron tijorat ostida Aksanov R.K. kapitalning elektron harakati, elektron mahsulotlar, shuningdek, elektron axborot almashinuvi jarayonini nazarda tutadi.
    Milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularda raqamlashtirish tizimlarini joriy etish usullari, yangi axborot tizimlari asosida raqamli modellashtirish tamoyillari, korporativ boshqarish jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish samaradorliklarini baholash, ular nazoratini amalga oshirish, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish shart-sharoitlari kabi masalallar Qobulovning (1998) ilmiy izlanishlarida oʻz aksini topgaт.
    E.Muminova tadqiqotlarida mamlakat sanoatini rivojlantirishda blokchain texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi, korxonalar kooperatsiyasida elektron savdo hamda elektron shartnomalarning ahamiyati toʻg’risida izlanishlar olib borilgan. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Ma'lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qoʻshimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta’siri asosida kuzatilayotgan jarayonlar sanoat korxonalari strategic rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega boʻlmoqda. Tahlil va natijalar.
    Oʻzbekiston sanoatini rivojlantirib borish raqamlashtirilgan texnologik platformalarni yaratish, tashqi va ichki bozorlar uchun yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar yetkazib beruvchi yuksak texnologiyali korxonalarni tashkil etishni taqazo etadi

    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish

    Download 0,8 Mb.