|
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
|
bet | 1/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 55,26 Kb. | | #118065 |
Bog'liq Yol xojaligi iqtisodiyoti adabiyot (1)
Reja:
1.1.Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi.
1.2.. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari.
1.3. Asosiy fondlarning yeyilishi (eskirishi) va qayta tiklanishi.
1.1Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi
Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari nisbatan mustaqil ikki qismdan tashkil topadi. Avtomobil yo‘llari va yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari. Yo‘llar va yo‘l inshootlarining qiymatlari, yo‘l tashkilotlaridagi asosiy fondlar qiymatidan bir necha barobar ko‘pdir. Yo‘l xo‘jaligining ekstensiv o‘sishidan intensiv rivojlanish yuliga o‘tishi, birinchidan, transportning asosiy fondlari bo‘lgan avtomobil yo‘llaridan samarali foydalanish hisobiga jamiyatning transportga bo‘lgan talablarini qondirishdir. Ikkinchi tomondan, tarmoq ichi aspektida ishlab chiqarishni intensifikatsiya qilish yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlaridan ham samarali foydalanishni taqazo etadi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari viloyatlarda yo‘llar qurilishi va tasarrufi bilan shug‘ullanadigan sho‘ba korxonalarda mujassamlashgan bo‘lib, ularning 45 foizga yaqini yo‘l qurilishi bilan, 55 foizi esa yo‘llar tasarrufida faoliyat ko‘rsatadilar. Ulardan tashqari umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining tashkilotlari ham mavjud bo‘lib, ular asosan yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli holda saqlash ishlari bilan shug‘ullanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va avtomobil yo‘llarini yaroqli holda saqlash uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismidir. Ular ishlab chiqarishning moddiy-texnik sharoitlarini belgilab, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat davomidpa ishtirok etadilar va o‘zlarining natural ko‘rinishlarini o‘zgarishsiz saqlab qoladilar va o‘z qiymatlarini eskirgan sari asta-syokin yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tkazadilar.
Yo‘l tashkilotlari maishiy, kommunal, madaniy, meditsina xizmatlari uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan asosiy vositalarga ham ega. Ular qatoriga uy-joy binolari, meditsina punktlari binolari, klublarni kiritish mumkin. Ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan asosiy fondlar uzoq xizmat muddatiga egadirlar va ularning qiymatlari ham eskirgan sari asta-syokin tashkilotda ishlovchi xodimlar tomonidan yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tib boradi.
Yo‘l tashkilotlari asosiy fondlarining strukturasida yetakchi o‘rinni mashina va uskunalar, hamda transport vositalari egallab turadi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarish fondlari sanoat ishlab chiqarish fondlaridan va boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish fondlaridan, asosiy ishlab chiqarishdan tashqari fondlardan tashkil topadi.
Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshqa yo‘llardagi asosiy fondlar strukturasidan farqi shundaki, avtomobil yo‘llarining inventar qiymatlari tarkibiga umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l tasarruf uchastkalari binolarining qiymatlari ham kiritiladi. Boshqa yo‘llar tizimida bunday tartib yo‘q bo‘lib, yo‘llar tasarrufidagi sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining strukturasi yo‘l qurilishidagi asosiy fondlar strukturasidan farq qilmaydi. Farq faqat shundaki, pudratchi yo‘l qurilish tashkilotlarida sanoat ishlab chiqarish fondlari qurilishga xizmat qiluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ataladi. Boshqa tarmoqlarning asosiy ishlab chiqarish fondlariga sanoat korxonalrining (yig‘ma temir beton zavodlari, ta’mirlash ustaxonalari, yog‘ochga ishlov beruvchi kombinatlar), yordamchi qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan fondlar, savdo va umumiy ovqatlanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning fondlari kiradi.
1-jadval
|
| |