• Yo‘l inshotlari bo‘yicha yillik yeyilish me’yorlari
  • Asosiy fondlarni eskirishi va qayta tiklanishi




    Download 55,26 Kb.
    bet6/7
    Sana13.12.2023
    Hajmi55,26 Kb.
    #118065
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Yol xojaligi iqtisodiyoti adabiyot (1)

    Asosiy fondlarni eskirishi va qayta tiklanishi


    Asosiy fondlar tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llari ko‘plab omillar ta’sirida tabiiy va fizik jihatdan eskiradi. Yo‘l tashkilotlarining buxgalteriyasida buxgalterlik hisobi va hisobotlarida avtomobil yo‘llarining eskirishi davlat budjetidagi muassasa va tashkilotlarga qarashli asosiy fondlarning eskirishi sifatida aniqlanadi va aks ettiriladi. Bu maqsadda «Yo‘llar va yo‘l inshootlari», «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi», «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» va «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining eskirishi» subschetlaridan foydalaniladi.
    Yo‘llarning eskirishi bo‘yicha yeyilish summasi har bir yilning oxirida tegishli inventar ob’ektlarning hisobot yili oxiriga bo‘lgan balans qiymatini (hisobot yilining qaysi oyida sotib olinganligi yoki qurilganligidan qat’iy nazar) belgilangan yillik yeyilish me’yoriga ko‘paytirib hisoblanadi. Balans qiymati eskirishni hisobga olmagan holda dastlabki yoki boshqacha aytganda tiklanishi lozim bo‘lgan qiymatini bildiradi.
    U №01 «Asosiy mablag‘lar» aktiv schetning №01-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlari» nomli aktiv subschetida aks ettiriladi. Hisobot yili uchun aniqlab chiqilgan yeyilish (eskirish) summasi №85-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» passiv subschetining debit qismida va №02-1
    «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining yeyilishi» nomli passiv subschetning kredit qismida aks ettiriladi. Bu schetlarning ja’mlari tegishli tarzda vaqti-vaqti bilan balansning «Avtomobil yo‘llari tasarrufi» moddasida aks ettiriladi.
    Balansning «aktiv» qismida (chap tomonida) aks ettiriladigan schet va subscheilar aktiv, balansning «passiv» (o‘ng tomonida) aks ettiriladiganlari esa passiv deb ataladi.
    2-jadval

    Yo‘l inshotlari bo‘yicha yillik yeyilish me’yorlari





    Yeyiluvchi asosiy fondlarning turlari va
    Guruhlari

    Kod

    Yillik
    me’yor

    Yog‘och va yog‘och tayanchli ko‘priklardan tashqari
    bo‘lgan barcha turdagi va konstruksiyadagi ko‘priklar

    2033


    1,0


    Yog‘och va yog‘och tayanchli metall ko‘priklar

    2034

    5,0

    Betondan, toshdan, cho‘yandan bo‘lgan (trubalar)
    quvurlar va temir beton novlar (lotoklar)

    2036


    1,0


    Umum foydalanish avtomobil yo‘llarining yer
    Polotnosi

    2057


    1,0


    Umum foydalanish yo‘llarining qoplamalari:
    -sementobeton
    -asfaltobeton
    -qoraheben va qora shag‘al
    -beton yoki tosh asosga qo‘yilgan mozaikali yoki bruschatkali yo‘laklar (mostovыe)

    2058
    2059


    2060
    2061

    2,5
    3,3


    5,0
    2,0

    Avtomobil yo‘llarining qayta tiklash yo‘l tashkilotlari ishlab chiqarish faoliyatining muhim predmeti hisoblanadi. Yo‘llarni qayta tiklash bo‘yicha bajarilgan ishlarga bo‘lgan xarajat, ularni qabul qilib olingandan so‘ng ikki yo‘nalish bo‘yicha hisobdan chiqariladi.


    Ta’mirlangan yo‘llar yeyilishining kamayishiga: №02-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining yeyilishi» subschetining debitiga va №85-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga.
    Yo‘llar va yo‘l inshootlarining inventar qiymatlarining ortishiga:
    №01-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlari» subschetining debitiga va №85-1
    «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga.
    Bu schetlarning ja’mlari ham davriy ravishda «Balansning avtomobil yo‘llari tasarrufi» moddasida tegishli tarzda aks ettiriladi.
    Mablag‘larning ko‘p qismi yo‘llarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga ta’mirlash uchun sarflanishi va shunga mos ravishda ta’mirlash qiymatlarining ortib borishi shunday holatni yuzaga keltiradiki, natijada ba’zi yo‘llarni ta’mirlashga mablag‘lar yetishmovchiligi tufayli ta’mirlashlar orasidagi davrlarning cho‘zilib ketishiga va tabiiy yemirilish oqibatida yo‘llarning transport tasarruf sifatlarining pasayib ketishiga olib keladi. Eng umumlashgan ko‘rinishda bu holat ko‘p yo‘l tashkilotlarida «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining yeyilishi» moddasida aks etadigan summasining yildan yilga ortib borishida o‘z aksini topadi.
    Yo‘llarning eskirishi natijasida transport tasarruf ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi vaqti kelib shunday darajaga yetadiki, bunda yo‘llar xarajatlanuvchi tarkib ishining loyiha bo‘yicha ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarini va bu degan so‘z, yo‘llar qurilishiga sarflangan kapital mablag‘larning loyihada aniqlangan samaradorligini ta’minlay olmay qoladilar.
    Ta’mirlash loyihalarida, bu ishlarni bajarish uchun tuzilgan smetalarda, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari me’yorlarida umumiy xarajatlar summasida oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlari ajratib ko‘rsatilmaydi. Shunga qaramay birinchi turdagi xarajatlarni me’yorlash mumkin, chunki uning miqdori va davriyligi yo‘l qoplamasining turi, tarkibi, yo‘ldagi harakat rejimiga muvofiq ravishda aniqlansa, ikkinchi turdagi xarajatlar miqdori avtomobil yo‘llari doimiy elementlarining zamonaviy harakat talablariga javob bera olmasligi (harakatlanish qismining kengligi, qiyaliklar, ko‘rinish masofalarining ta’minlanishi, sun’iy inshootlarning yuk ko‘tarish qobiliyatlari va gabarit o‘lchamlari) kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday nomutanosibliklarni yo‘qotish uchun bajarilishi kerak bo‘ladigan ishlar hajmi, ularni amalga oshirilish muddatlari har bir yo‘l uchun mutlaqo individual bo‘lib, tabiiy yeyilish oqibatlarini yo‘qotish bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmi va muddatlaridan ko‘ra ko‘proq boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
    Amaldagi harakat intensivligi yo‘lga berilgan texnik kategoriyaning yuqori chegarasidan ortib ketgan hollarda, yo‘lni yuqoriroq texnik kategoriyaga o‘tkazish uchun uni qayta qurish masalasini qo‘yishga ya’ni uni rekonstruksiya qilishga rasmiy ravishda asos paydo bo‘ladi. Uning konkret bajarilishi muddati esa sarflanishi kerak bo‘lgan kapital mablag‘larning samaradorligi hisob-kitoblari bilan asoslanishi kerak.
    Yo‘l xo‘jaliklarining, budjet moliyalashtirishidan tashqari, ya’ni xo‘jalik hisobida bo‘lgan asosiy fondlarni qayta tiklash amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
    Asosiy fondlarni oddiy qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun mablag‘lar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga belgilangan me’yorlar va hajmda asosiy fondlarning yeyilishini aks ettiruvchi amortizatsiya ajratmalarini kiritish yo‘li bilan hosil etiladi (yig‘ilib boriladi).
    Amorizatsiya ajratmalarining umumiy sxemasi u yoki bu inventar ob’ekt uchun butun xizmat muddati mobaynida to‘liq yemirilish sodir bo‘lgach, uni tasarrufidan chiqarilganda almashtirish uchun, hamda xizmat muddati davomida kapital ta’mirlashlar uchun va ba’zan tasarruf jarayonida ularni ba’zan tasarruf jarayonida ularni modernizatsiya qilish uchun mablag‘lar yig‘ilib borishini ta’minlashi kerak. Bir yillik amortizatsiya ajratmasining miqdori, amortizatsiya umumiy sxemasini uning bir yillik xizmatiga to‘g‘ri keladigan miqdorida aniqlanadi.
    A F K r M F0

    Download 55,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 55,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy fondlarni eskirishi va qayta tiklanishi

    Download 55,26 Kb.