|
Yo‘l tashkilotlari sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining
|
bet | 2/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 55,26 Kb. | | #118065 |
Bog'liq Yol xojaligi iqtisodiyoti adabiyot (1)
strukturasi.
Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi asosiy fondlarning elementlari
|
|
Umumiy qiymatidagi salmog‘i foiz boshqa
avtomobil yo‘llarida
|
Binolar va inshootlar
|
9,9
|
24,0
|
Uzatish qurilmalari
|
0,8
|
0,4
|
Mashina va uskunalar, jami
|
75,4
|
60,4
|
Shu jumladan, ish mashinalari va uskunalar
|
66,6
|
47,2
|
Transport vositalari
|
12,5
|
13,5
|
Asbob-uskuna, ishlab chiqarish va xo‘jalik
inventarlari va boshqa turdagi assosiy fondlar
|
1,4
|
1,7
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlari quyidagi elementlardan tashkil topadi:
Turli bo‘limlar va xizmatlarni joylashtirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish binolari, nazorat qorovullash budkalari, konlar, yordamchi ishlab chiqarish binolari, omborxonalar;
Texnik funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan, mehnat o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan inshootlar. Bular qatoriga ko‘priklar, estakadalar, galereyalar, xo‘jalik ichidagi yo‘llar, temir yo‘llar, osma yo‘llar, har xil omborlar;
Uzatish qurilmalari –transformator podstansiyalari, kabellari, elektr liniyalari;
Mashina va uskunalar, sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining eng muhim qismi bo‘lib, ular qatoriga issiqlik energiyasi, elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va uskunalar, har xil dvigatellar va energiyani bir turdan boshqasiga o‘zgartiruvchi uskunalar, hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etuvchi ishchi mashinalar va uskunalar, o‘lchov asboblari, laboratoriya anjomlari, hisoblash texnikalari kiradi;
Transport vositalari – yuk avtomobillari, tirkamalar, shatakchi avtomobillar, motovozlar, temir yo‘l platformalari va boshqalar;
Ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatini mexanizatsiyalashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarini aktiv va passiv qismlarga ajratish mumkin. Asosiy fondlarning aktiv qismiga, ya’ni mehnat vositalariga ishchi mashinalar va uskunalar, transport vositalari, asbob-anjomlar va ishlab chiqarish inventarlari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etib, ishlab chiqarish miqiyoslarini aniqlaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv qismiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan, lyokin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy sharoitni vujudga keltirishga xizmat qiladigan elementlar kiradi (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari va hokazolar).
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Pul ko‘rinishida ifodalangan asosiy fondlar asosiy mablag‘lar, deb ataladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul o‘lchamida ifodalash ularning strukturasi va dinamikasi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining alohida qiymat elementlarining miqdoriy salmog‘i uning strukturasini belgilaydi. Konkret yo‘l tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish fondalarining strukturasi, qurilish tashkilotining quvvati, ishlab chiqarish bazasining hududiy konsentratsiyalashuvi, bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlarning, soni, qurilish maydonining o‘lchami, ishlab chiqarish dasturining strukturasi kabi bir qator muhim omillar asosida aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining strukturasi hisobot yili uchun fondlarini, yillik o‘rtacha qiymatlari haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. U 13 ta qo‘shiluvchilar yig‘indisining 1/12 qismi sifatida aniqlanadi: hisobot yilining 1 yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi, keyingi yil 1 yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi olinadi. Fevraldan dekabrgacha bo‘lgan oylar uchun esa to‘liq hisobot ma’lumoti bo‘yicha olinadi.
Asosiy fondlarning qayta tiklanishini rejalashtirish va amortizatsiya ajratmalarining miqdorini aniqlash uchun asosiy fondlarning to‘g‘ri baholangan bo‘lishiga muhim ahamiyatga ega. Asosiy fondlarning baholanishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
-ularning dastlabki narxlari bo‘yicha, ya’ni asosiy fondlarni sotib olish yoki qurishga amalda sarflangan xarajatlar bo‘yicha;
-tiklanish qiymati bo‘yicha, ya’ni zamonaviy sharoitda qayta tiklashga bo‘ladigan xarajat bo‘yicha.
Eskirishni hisobga olgan holda asosiy fondlarni tiklanish narxi bo‘yicha baholash mavjud fondlar haqida ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘lish va amortizatsiya ajratmalarining eng to‘g‘ri hisoblanishiga imkoniyat yaratadi. Lyokin bu usul vaqti-vaqti bilan qayta hisobga olish va qayta baholashlar o‘tkazib turilishini talab qiladi, bu esa odatda kattagina mehnat sarflash bilan bog‘liq.
qiymat ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishi asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvoli va dinamikasi to‘g‘risida tarmoq va alohida tashkilotlar bo‘yicha umumlashgan harakteristika olishga imkon beradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvolini harakterlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti; eskirganlik qiymatining asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi. Eskirish summasi tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq ravishda olinadi.
-asosiy fondlarning eskirishi bir yilda bir marta inventar ob’ektlarning hisobot davri oxiriga bo‘lgan balans qiymatlarini tasdiqlangan yillik eskirish me’yorlariga ko‘paytirish orqali hisoblanadi. Hosil bo‘lgan eskirish summasini avvalgi yilning oxiriga bo‘lgan eskirish summasiga qo‘shiladi.
-mashinalar narxining yoshi strukturasi koeffitsienti – amortizatsiya xizmati muddati tugamagan mashinalar sonini, mashinalarning umumiy soniga bo‘lib topiladi.
Yo‘l tashkilotlari asosiy ishlab chiqarish fondlarining dinamikasini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
-Asosiy fondlarning o‘sish koeffitsienti. Bu koeffitsient yil davomida olingan asosiy fondlar qiymatining, hisobot davri oxiridagi fondlar qiymatiga (hisobdan chiqarilgan fondlar qiymatidan tashqari) nisbati sifatida aniqlanadi.
-Asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsienti yil mobaynida hisobdan chiqarilgan asosiy fondlarning to‘liq dastlabki qiymatlarini, hisobot davri boshlanishiga bo‘lgan asosiy fondlar to‘liq dastlabki qiymatiga nisbati sifatida aniqlandi.
-Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti yangidan olingan asosiy fondlar qiymatining hisobot davri oxiriga bo‘lgan asosiy fondlarning to‘liq qiymatiga nisbatidan iborat.
Asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti, mashinalar narxining yoshi bo‘yicha strukturasi asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti barcha asosiy fondlar miqyosida va alohida olingan yo‘l mashinalari va mexanizmlar miqyosida hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarning konkret qiymatlari birinchi navbatda yo‘l tashkilotlari ishlab chiqarish bazasiga kapital mablag‘lar rejasining bajarilishiga, yangi asosiy fondlarning ishga tushirish rejasining bajarilishiga hamda asosiy fondlarni kapital ta’mirlash rejasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan ehtiyojlari natural va qiymat ko‘rsatkichlari orqali ifodalanishi mumkin. Natural ko‘rsatkichlarda ifodalangan ehtiyojlar barcha ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklardagi umumiy bajariladigan ishlar hajmi asosiy mashinalar va uskunalarning turlari bo‘yicha direktiv me’yorlar asosida aniqlanadi. Natural ko‘rsatkichlar ishlarni mexanizatsiyalashtirish, texnikalarni tasarruf etish va ta’mir-rejalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Ammo ular yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlarini umumlashtirgan holda rejalashtirishga o‘zlarining konkret buyumlashgan ko‘rinishlari tufayli biroz noqulaydir. Shu sababli natural ko‘rsatkichlarni qo‘llash alohida mashina turlari va uskunalaridan foydalanish samaradorligini baholash bilan chegaralanib, tegishli ishlash me’yorlari mavjudligi sababli ishlatiladi. Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlari qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanganda, fondlar umumlashgan qiymatda va alohida elementlarga ajratilgan ko‘rinishda beriladi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyoji mutlaq va nisbiy bo‘ladi. Mutlaq ehtiyoj tegishli ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun barcha fondlar va ularning elementlari qiymatida ifodalanadi, nisbiy ehtiyoj esa solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlarida o‘z ifodasini topadi (umumiy va xususiy).
Umumiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish fondlari yillik o‘rtacha qiymatini yillik mahsulot qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi (yo‘l qurilishida –korxonaning o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmiga; yo‘llarni tasarruf etishda – xo‘jalik usulida yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli holatda ushlab turish bo‘yicha bajarilgan yillik ishlar hajmiga).
Xususiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish fondlarining elementlari bo‘yicha ular yillik o‘rtacha qiymatlarini yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bo‘lib aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning asosiy fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyoji yo‘l tashkilotlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan bir qator omillar ta’sirida ro‘y beradi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘lgan mutlaq ehtiyoji ishlab chiqarish dasturi hajmiga bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish nomenklaturasi bo‘yicha barcha bajariladigan ishlar hajmi asosida yoki tegishli fond sig‘imdorligi koeffitsientlari va ishlab chiqarish faoliyati hajmining qiymat ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin. Har qanday hollarda ham qabul qilinayotgan normativlar yoki solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlari iloji boricha ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyojiga ta’sir etuvchi omillar ko‘p bo‘lganligi sababli, solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlari perspektiv davr uchun har qaysi yo‘l tashkiloti uchun bajariladigan ishlarning konkret strukturasini, asosiy fondlardan foydalanishning amalda erishilgan saviyasini va rejalashtirilayotgan fondlar bilan qurollanganlik hamda mehnat unumdorligini hisobga olgan holda individual qiymatlariga ega bo‘lishi kerak.
|
| |