|
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
|
bet | 7/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 55,26 Kb. | | #118065 |
Bog'liq Yol xojaligi iqtisodiyoti adabiyot (1)T
bu yerda,
F – asosiy fondlar qiymati;
Kr – butun xizmat muddati uchun kapital ta’mirlashlar qiymati;
M – xuddi shu muddat mobaynida modernizatsiyaga qilinadigan xarajatlar;
Fo – asosiy fondlarning qoldiq qiymati; T – me’yoriy xizmat muddati.
Yillik amortizatsiya sxemasining assoiy fondlar qiymatiga bo‘lgan foiz nisbatiga amortizatsiya ajratmalarining me’yori deyiladi, ya’ni
N A 100
F
Amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari asosiy fondlarning tabiiy va ma’naviy eskirishlarini hisobga olgan holda belgilangan.
2 tonnagacha yuk ko‘taruvchi yuk avtomobillari uchun amortizatsiya me’yorlari ular qiymatidan har 1000 km bosib o‘tilgan masofa uchun belgilangan.
Binolar va inshootlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari ularning konstruksiyasi va kapital qurilganligiga bog‘liq ravishda g‘ishtni va temir beton binolar uchun 2,4-4,7foiz, yog‘ochdan bo‘lgan binolar uchun 7,0 foiz etib belgilangan. Uy joy binolari uchun amortizatsiya ajratmalari faqat ularni kapital ta’mirlash uchungina hisoblanadi.
Barcha asosiy fondlarga amortizatsiya ajratmalari oyma-oy hisoblab boriladi, faqat belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan ob’ektlar bundan mustasno. Ta’mirlashda yoki to‘xtab turib qolgan mashinalar uchun amortizatsiyani hisobga olish to‘xtatilmaydi. Ijaraga berilgan asosiy fondlar uchun amortizatsiya ajratmasi ijaraga beruvchi tomonidan hisoblanadi.
Amortizatsiya ajratmalari fondlarining xizmat muddatidan qat’iy nazar hisoblanaveradi. Agar asosiy fondlar tarkibiga kiritilgan ob’ekt, xizmat muddati tugamasdan turib ishdan chiqsa, u holda uning ma’lum bir qismi qiymati yaratiladigan mahsulotga o‘tmasdan qolib ketadi. Natijada zarar ko‘riladi va bu zararning miqdori asosiy fondning likvidatsiya qilinish vaqtiga bo‘lgan qoldiq qiymati bilan, uni likvidatsiya qilishdan tushgan mablag‘ o‘rtasidagi farqga teng bo‘ladi. Bu zarar moliyaviy faoliyat natijasiga, ya’ni foydalar va zararlar schetiga o‘tkaziladi. Bunday holatlarda tasarruf etilishi to‘xtatilgan ob’ektlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish muhim ahamiyatga ega. Aks holda, ularning ishdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan zararlar yashiringan holda qolib, ob’ektlar avvalgidan asosiy fondlar hisobida turaveradigan va qurilish va yo‘l mashinalari tasarrufi xarajatlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlari tannarxining ortishiga sababchi bo‘ladilar. Va aksincha, belgilangan me’yorlarga nisbatan ob’ektlarning ishlash muddatlarining uzayishi yo‘l qurilish (ta’mirlash) tashkilotiga amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishidagi qo‘shimcha mablag‘larga ega bo‘lish imkonini beradi.
Asosiy fondlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari me’yorlangan miqdorda qurilish mahsulotining narxiga kiradi. qurilish va ta’mirlash qurilish ishlari uchun moliyalashtiruvchi tashkilot smeta narxlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirar ekan, u qurilish (ta’mirlash qurilish) tashkilotiga, asosiy fondlardan to‘g‘ri foydalanish sharoitida, tegishli amortizatsiya sxemalarini ham to‘lab turgan bo‘ladi. Ammo amalda hisoblangan va mahsulot tannarxiga kirgizilgan amortizatsiya miqdori amalda mavjud bo‘lgan asosiy fondlar va ulardan foydalanish rejimiga bog‘liq ravishda smeta narxiga kiruvchi sxemadan ko‘ra ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin. Asosiy fondlarning ortiqcha bo‘lishligi yoki ulardan yomon foydalanish amalda mahsulot narxiga kiruvchi me’yorlangan darajadagidan ko‘p amortizatsiya hisoblanishiga va bu modda bo‘yicha zararning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Asosiy fondlarning har bitta ob’ektiga amalda ulardan qanday foydalanilayotganligidan qat’iy nazar amortizatsiya hisoblanadi. Shu sababli qurilish va yo‘l mashinalari ishini tashkil etishni yaxshilash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash usullarini takomillashtirish mashinalarning yillik ish kunlari sonini orttirib, amortizatsiya ajratmalari salmog‘ining kamayishi hisobiga mashina smena tannarxining kamayishiga olib keladi.
Yo‘l tashkilotlari butun amortizatsiya ajratmasi sxemasidan mustaqil ravishda, ularni ishlab chiqarish va fan-texnikani rivojlantirish yoki shunday ishlarga mo‘ljallangan boshqa fondlarga yo‘naltirish orqali foydalanadilar.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun xizmat qiladigan korxonaga tegishli bo‘lgan mablag‘lar manbalarining biri bo‘lib hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘ldirib turish uchun, foydadan tasdiqlangan normativlar asosida, ishlab chiqarishni, fan-texnikani rivojlantirish fondiga mablag‘lar ajratiladi. Undan tashqari ushbu fondga hisobdan chiqib ketayotgan asosiy fondlarni realizatsiya etiladigan bo‘ladigan tushumlar to‘liq yo‘naltiriladi.
Korxonalar o‘zlarining ishlab chiqarishni, fan-texnikani rivojlantirish fondlaridan, ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish, uni texnik jihatdan qayta jihozlash va rivojlantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish tadbirlarni joriy etish, yangi texnikani joriy etish uchun bankdan olingan kredit va ssudalar uchun qarzlarni to‘lash, qisqasi asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish (tiklash) maqsadlarida erkin va bemalol foydalanadilar.
|
| |