Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi




Download 55,26 Kb.
bet3/7
Sana13.12.2023
Hajmi55,26 Kb.
#118065
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yol xojaligi iqtisodiyoti adabiyot (1)

1.2 Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi


Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari yo‘l xo‘jaligi tarmog‘i faoliyatining samaradorligini belgilovchi harakteristikalardan biri sanaladi. Bu ko‘rsatkichlarning amaliy ahamiyati ular asosida hal etiladigan iqtisodiy masalalar to‘plamida o‘z ifodasini topadi:
Ular quyidagilardan iborat:
-qator yillar uchun butun tarmoq, ishlab chiqarish birlashmalari, alohida yo‘l tashkilotlari bo‘yicha asosiy fondlardan samarali foydalanishdagi o‘zgarishlar tendensiyalarini aniqlash;
-asosiy fondlardan samarali foydalanishni rejalashtirish;
-turli yo‘l tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanishni solishtirish va baholash;
-konkret sharoitlarda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish darajasini baholash hamda ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish asosida ularni oshirish imkoniyatlarini izlab topish;
-yo‘l xo‘jaligi ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish uchun uning asosiy fondlar va kapital mablag‘larga bo‘ladigan ehtiyoji yiriklashtirilgan hisob-kitoblarini amalga oshirish;
-yangi mashinalar va uskunalar joriy etilishining samaradorligini aniqlash, mashinalar parkini optimal rejalashtirish, mehnat vositalarini ish turlari va inshootlar bo‘yicha ratsional taqsimlash.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi natural (xususiy) va qiymat (umumlashgan) ko‘rsatkichlarda baholanadi.
Natural ko‘rsatkichlar mashina va uskunalardan vaqt va unumdorligi bo‘yicha, qiymat ko‘rsatkichlari esa hamma asosiy fondlar va uning elementlaridan foydalanishni harakterlaydilar. Natural ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: mashina va uskunalarning smenalilik koeffitsienti, sutka va yil mobaynida mashinalarning o‘rtacha ishlash soati, mashinalar parkidan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti, smena ish vaqti balansida smena ichida vaqt yo‘qotishlar salmog‘i, mexanizatsiyalashgan ishlarda yillik, strategik va ishlab chiqarish ish me’yorlarining bajarilish darajasi, bitta ro‘yxatdagi mashinaga nisbatan natural birliklarda o‘lchangan mahsulot ishlab chiqarish miqdori.
Smenalilik koeffitsienti mashinalarning sutka vaqti mobaynida qanday ishlatilishini harakterlaydi, ya’ni
K M1 M 2 M 3
sm M

Bu yerda:


umum

M1, M2, M3birinchi, ikkinchi va uchinchi smenada ishlaydigan ma’lum turdagi mashinalar soni;
Mumum – shu turdagi mashinalar parkining umumiy soni.

Hozirgi kunda asosiy qurilish va yo‘l mashinalari bo‘yicha yillik ish kunlariga to‘g‘ri kelayotgan smenalik koeffitsienti 1,1 ni tashkil etmoqda va 1,3-1,4 dan yuqori emas. Yil mobaynida mashinalarning bir kunlik ish muddati 8-10 soatni tashkil etadi. Ko‘pchilik qurilish va yo‘l mashinalari yoz paytida 2 smena, qish paytlari esa hech bo‘lmasa 1 smena ishlashliklarini hisobga olgan holda shuni tan olishimiz kerakki, yillik ish vaqti fondining anchagina qismini mashinalar turli sabablarga ko‘ra bekor turib qoladilar va bu sabablar ichida eng muhimi –yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarining ko‘p turlarining mavsumiyligidir.


O‘rta hisobda ro‘yxatdagi har bitta yo‘l va qurilish mashinalari yil mobaynida yo‘l qurilishida 1425 soat, turli tashkilotlarda esa 1000 dan 2000 soatgacha ishlaydi.
Mashinalarning yillik direktiv ish me’yorlari mashinalardan vaqt bo‘yicha foydalanish ko‘rsatkichlari hisob-kitoblari asosida belgilanadi: yil davomida bitta ro‘yxatda turgan mashinaga to‘g‘ri keladigan mashina- soatlar soni, parkdan foydalanish koeffitsienti.
Rejalashtirilayotgan mashinalar parkidan foydalanish koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda:

Download 55,26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 55,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi

Download 55,26 Kb.