|
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
|
bet | 4/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 55,26 Kb. | | #118065 |
Bog'liq Yol xojaligi iqtisodiyoti adabiyot (1)Kf
V
D K sm
T sm
V-bitta o‘rtacha ro‘yxatdagi mashinaning yil mobaynidagi ish soatlari;
D-kalendar bo‘yicha davrdagi kunlar soni;
Tsm-ish smenasining o‘rtacha davom etish vaqti.
Mashinalardan foydalanishning ish unumdorligi bo‘yicha yillik direktiv me’yorlari, mashinalardan yil mobaynida vaqt bo‘yicha foydalanish ko‘rsatkichi V ni, mashinalarning o‘rtacha soatlik tasarruf ish unumdorligi P soat ga ko‘paytirib topiladi, uning qiymati yagona me’yorlar haq to‘lash milliy miqdorlaridan olinadi (YeN i R).
Natural ko‘rsatkichlar asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismidan foydalanish haqida ob’ektiv ko‘rinishni aks ettiradilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishda qator yillar mobaynida tarmoqda va alohida tashkilotlarda yuz berayotgan o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash, fondlar strukturasi va ratsional tarkibini baholash kapital mablag‘laridan aniqlashda natural ko‘rsatkichlardan foydalanib bo‘lmaydi. Bunday maqsadda asosiy fondlar qiymat iqtisodiy samara bilan
solishtirilgan holda hisoblab chiqilgan umumlashgan qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Har xil vaqtlarda ishga tushirilgan asosiy fondlar bo‘yicha taqqoslashni amalga oshirish uchun ularning qayta tiklanish qiymati bo‘yicha qayta baholash ma’lumotlaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida tarmoq, birlashma va korxonalarda fond samaradorligi ko‘rsatkichi ko‘rsatilgan va u asosiy fondlar yillik o‘rtacha qiymatining har bir so‘miga to‘g‘ri kelayotgan mahsulot ishlab chiqarish milliy miqdorini (ishlar milliy miqdorini) o‘zida aks ettiradi. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini rejalashtirishda fond samaradorligiga baho berishda shuni yodda tutmoq kerakki, uning milliy miqdoriga ko‘pdan-ko‘p ob’ektiv va tartibga olinuvchi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Muhim ob’ektiv omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ishlab chiqarish dasturining strukturasi, ya’ni alohida ish hajmlaridagi mutanosiblik;
-ishlarni amalga oshirishda ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, konstruksiyalar va detallarning umumiy hajmida korxonalarning o‘ziga tegishli yordamchi ishlab chiqarishida tayyorlangan mahsulotlarning tutgan salmog‘i;
-mahalliy yo‘l qurilish materiallarining mavjudligi, ularning xususiyatlari va o‘rtacha tashish masofalari;
-yo‘l tashkiloti faoliyat ko‘rsatayotgan rayondagi tabiiy iqlim sharoitlari;
-yo‘l qurilish va rekonstruksiyasida bajariladigan ishlar uchun smeta narxlari;
-ishlarning mexanizatsiyalashganligi, shu jumladan kompleks mexanizatsiyalashish darajasi;
Fond samaradorligiga ta’sir etuvchi tartibga olinuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
-asosiy ishlab chiqarishsh fondlarining amaldagi strukturasi bilan ishlab chiqarish dasturi strukturasi va boshqa ob’ektiv ishlab chiqarish sharoitlari o‘rtasidagi mutanosiblik;
-mashinalar narxi va uskunalar, transport vositalaridan vaqtida va unumli foydalanish.
Alohida yo‘l tashkilotlari bo‘yicha fond samaradorligining qiymati anchagina keng chegarada bo‘lib, 1,11 dan 3,8 gacha boradi. Ammo fond samaradorligining yuqoriligi har doim ham asosiy fondlardan foydalanishning yuqori darajasida samarali ekanligini bildirmaydi. Ma’lum bir sharoitlarda (masalan, umumiy ish hajmida yer ishlari salmog‘ining yuqori bo‘lishi, arzon mahalliy tosh materiallardan foydalanish, ishlarining kompleks mexanizatsiyalashganligi darajasining yuqori bo‘lishi) fond samadorligi ortishi mumkin. Asosiy fondlardan yuqori samaradorlik bilan foydalanilayotgan tashkilotlarda fond samaradorligining qiymati past bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘pdan-ko‘p omillarning ta’sirlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadilar va fond samaradorligining konkret qiymatlarini aniqlaydalar.
Korrelyatsion regressiv tahlilning turi bo‘lgan ko‘p omilli regressiya usullarni yo‘l ta’mirlash qurilish boshqarmalari faoliyatini harakterlovchi ko‘rsatkichlarga nisbatan qo‘llanishi natijasida (100 ta tashkilot majmui miqyosida), fond samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim to‘rt omilini aks ettiruvchi quyidagi tenglamani olish imkonini berdi:
Uq3,401+0,012·X1-0,161·X2-0,58·X3+0,001·X4
|
| |