• Optik tolali kabellar
  • Mustaqil ish Mavzu: ucso 4-6 turidagi optik tolali aloqa kabel muftasining tuzilishi germetikalanishini o'rganish va germetiklashda plasmassali korpusni yopishni o'rganish




    Download 32,74 Kb.
    bet5/6
    Sana05.02.2024
    Hajmi32,74 Kb.
    #151818
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish Mavzu ucso 4-6 turidagi optik tolali aloqa kabel m-fayllar.org
    Umumiy psixologiya 15 вариант, 34-mavzu, 03.11.2022 MOCK TEST, Informatika, Laboratoriya ishi-5 (1), bola karta TAYYORI, ESTETIKA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI, aniq va tabiiy fanlar mb hujjatlari, I kimyo fani bo’yicha test savollari, Kompyuter injiniring” fakulteti Kompyuter injiniring-fayllar.org, Mavzu Hujjarlarni rasmiylashtirish bo’yicha talablar-fayllar.org, 79misol, A.Shaddinov, Uzb tema
    Koaksial kabel deb bir yoki bir nechta koaksial juftliklardan tashkil topgan kabellarga aytiladi.
    Koaksial juftlik deb, o’tkazgichlari koaksial ko’rinishda joylashgan, ya’ni bir o’q chizig’iga ega bo’lgan ichki o’tkazgich va tashqi o’tkazgichni ichiga joylashgan va o’tkazgichlar orasida izolyatsiya qiluvchi qatlamga ega bo’lgan zanjirlarga aytiladi.

    1- ichki o’tkazgich, mis


    2- o’tkazgichlar orasidagi izolyatsiya qatlami

    3- tashki o’tkazgich, mis yoki alyuminiy


    2.4 rasm. Koaksial kabelning ichki ko’rinishi
    Koaksial kabel orqali tarmoqlarini qurish

    Lokal xisoblash tarmog’ida ishlatiladigan texnologiyalar quyidagilardir:



    1. Ethernet


    2. Xalqasimon topologiya


    3. X 25

    4. Frame Relay

    5. ATM (asinxron rejimli uzatish)


    Koaksial kabellarning ingichka va yo’g’on turlari mavjud. Ingichka kabelda lokal tarmoq qurilganda quyidagi topologiya bo’yicha quriladi.


    185m konnektor
    2.5 rasm. Koaksial kabellar asosida tarmoq qurish va xar-xil turdagi konnektorlarning ko’rinishi
    2.6. rasm. RJ 45 konnektorlarning ko’rinishi
    Bu lokal tarmog’ining sigmenti (uzunligi) 185 m ga ega. Agar bu segmentni oshiradigan bo’lsak REPEATOR (qaytargich) qurilmasi ishlatilishi mumkin. Qaytargichni asosiy vazifasi kelayotgan signalni ko’rinishini qayta tiklab oraliq masofasini oshirishdan iborat. Agar uzunlik 185 m dan oshib ketsa kabellarni o’tkazish qobiliyati pasayadi.

    Yo’g’on kabelda qurilganda quyidagi topologiya bo’yicha quriladi:

    500 m konnektor
    2.7. rasm Koaksial kabellar asosida tarmoq

    Optik tolali kabellar
    Optik tolali kabel – bu yuqorida ko’rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko’rinishda emas, yorig’lik ko’rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi – shaffof shisha tola bo’lib, u orqali yorug’lik juda katta masofalarga (o’nlab kilometrgachan) kam (sezilarsiz) so’nish bilan uzatiladi.
    Optik tolaning tuzilishi juda oddiy bo’lib u koaksial elektr kabel tuzilishiga o’xshash (2.3–rasm). Faqat markaziy mis sim o’rniga bu kabel turida ingichka (diametri 1 – 10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki ximoya qoplama o’rniga esa, yorug’likni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.

    2.8–rasm. Optik tolali kabelning tuzilishi


    Bu xolda biz ikki modda chegarasidan xar xil sinish koefitsentli to’liq ichki qaytish xolatiga ega bo’lamiz (shisha qoplamaning sinish koefitsenti markaziy tolaning sinish koefitsentiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim to’qma yo’q, chunki tashqi elektromagnit to’siqlardan ximoya kerak emas. Ammo bazi xollarda tashqi mexanik tasirdan saqlash uchun sim to’qima bilan o’raladi. Bunday kabelni bazi xolda yuqori darajada ximoyalangan (bronevoy) deb xam ataladi, u simli to’qima ichida bir necha optotolali kabellardan tashkil topgan xamda umumiy PVX qoplamaga olingan bo’lishi mumkin.

    Optik tolali kabel to’siqlardan ximoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir bo’lib qolish ko’rsatgichlari yuqoridarajaga egaligi bilan ajralib turadi. Xech qanday tashqi elektromagnit to’siq nurli signalni o’zgartira olmaydi, signalni o’zi esa xech qanday elektromagnit nurlanish xosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Nazariy jixatdan bunday kabelni signal o’tkazish yo’lagi 1012 Gts gachan etadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda xam yuqori ko’rsatgich. Optik tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib xozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu xolda maxsus optik qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug’lik signalini elektr signaliga va teskariga o’zgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.


    Maxalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada optotoladagi signalning so’nishi odatda taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel ko’rsatgichiga to’g’ri keladi. Optik tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni so’nishi juda kam bo’ladi. Yuqori chastotada (ayniqa 200 MGts dan yuqori) uning ustunligi shubxsiz va xech qaysi elektr kabel turi raqobat qila olmaydi.
    Lekin optik tolali kabelning xam bazi bir kamchiligi mavjud.
    Ulardan eng asosiysi – yig’ish (montaj) ishlarining murakkabligi. Razemlarni o’rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shafoflash aniqligidan razemdagi signalning so’nish ko’rsatgichi judayam bog’liq. Raz’emlarni o’rnatish uchun kavsharlanadi (svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yoriglik sinish koeffitsenti shisha tolaning yorig’liq sinish koefitsentiga teng bo’ladi. Xar qanday xolatda xam bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun optotolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razem o’rnatilgan xolda savdoga chiqariladi.
    Optik tolali kabellarda signalni ikkinchi yo’nalishga xam ayirish imkoni bo’lsa xam (buning uchun maxsus 2–8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi), odatda bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Ya’ni bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig’ida. Xar qanday taqsimlanish oqibatda yorug’lik signalini ilojsiz so’nishga olib keladi va agarda ko’p kanalga taqsimlanilsa, u xolda yorug’lik tarmoq oxirigacha etib bormasligi xam mumkin.
    Elektr kabeliga qaraganda optik tolali kabelning mustaxkamligi va egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10–20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish xam unga tez tasir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib signalning so’nishi oshib boradi. Keskin temperaturaning o’zgarishiga xam sezgir, sababi bunday o’zgarish tasirida shisha tola dars ketishi mumkin. Xozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan optik kabellar ishlab chiqarilmoqda, tabiiyki, ularning narxi qimmatdir. Optik tolali kabellar shuningdek mexanik tasirga xam sezgir (urilish, ultratovush) bu xolatni mikrofon effekti deb xam yuritiladi. Bu tasirni kamaytirish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi. Optik tolali kabellarni faqat «yulduz» va «xalqa» topologiyalarda qo’llanilidi. Bu xolda xech qanday moslash va erga ulash muammosi mavjud emas. Kabel tarmoq kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish xolatini taminlaydi. Extiml kelajakda kabellarni bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi yoki ko’p qismini siqib chiqaradi. Planetamizda mis zaxiralari kamayib borayapti lekin shisha ishlab chiqarish uchun xom ashyo esa zaruridan ortiq.
    Optik tolali kabellarni ikki turi mavjud:

    • ko’p modali yoki multimodli kabel, ancha arzon lekin sifati past;


    • bir modali kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik ko’rsatgachlarga ega.


    Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug’lik nuri turli tartibda o’tadi.

    Bir modli kabellarda xamma nur bir xil yo’ldan o’tish natijasida ularning xammasi qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda etib keladi va signalning tuzilishi o’zgarmaydi. Bir modli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo’lib va faqat 1,3 mkm to’lqin uzunligidagi yorug’likni uzatadi. Shuningdek dispersiya va signalni so’nishi sezilarsiz darajadadir, bu esa ko’p modli kabeldan ko’ra ancha uzoq masofaga signal uzatish imkonini beradi. Bir modli kabellar uchun lazerli uzatish va qabul qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab qilinadigan to’lqin uzunligidagi yorug’lik ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul qilish qurilmalari xozirda nisbatan qimmat va ko’p ishlatishga chidamsiz. Kelajakda bir modli kabellar o’zining juda yaxshi ko’rsatgichlari uchun asosiy kabel bo’lib qolsa kerak.
    Ko’p modli kabelda yorug’lik nurlarining yo’llari sezilarli darajada farq qilgani uchun kabelning qabul qilish tomonida signal ko’rinishi o’zgaradi. Markaziy tola diametri 62,5 mkm, tashqi qoplama diametri esa 125 mkm (bu bazida 62,5/125 ko’rinishda belgilanadi). Uzatish uchun lazer emas oddiy yorug’lik diodi (svetodiod) ishlatiladi, bu esa uzatish va qabul qilish qurilmasini narxini arzonlashtiradi xamda xizmat vaqtini bir modli kabelga nisbatan oshiradi. Ko’p modli kabelda yorug’likni to’lqin uzunligi 0,85 mkm ga teng. Kabelni ruxsat etilgan uzunligi 2–5 km oralig’ida bo’ladi. Xozirgi vaqtda ko’p modli kabel turi optotolali kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon va topish xam oson.
    Optik tolali kabellarda signal tarqalishining ushlanishi elektr kabellardagi ushlanishidan ko’p farq qilmaydi. Ko’p tarqalgan kabellarda ushlanish kattaligi 4–5 ns/m atrofidagi qiymatini tashkil qiladi.
    nur



    Download 32,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 32,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish Mavzu: ucso 4-6 turidagi optik tolali aloqa kabel muftasining tuzilishi germetikalanishini o'rganish va germetiklashda plasmassali korpusni yopishni o'rganish

    Download 32,74 Kb.