|
Mustaqil ish Mavzu: Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Bajardi: Akbarov Maqsudbek
|
bet | 7/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #155657 |
ShK larda albatta, markaziy protsessor (Central Processing Unit - CPU ) bo`lishi shart. U barcha asosiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Ko`pincha ShK qo`shimcha soprotsessorlardan tuzilgan bo`lib, ular ma’lum bir maxsus funktsiyalarni effektiv bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan, matematik soprotsessor raqamli berilganlarni qayta ishlaydi, grafik soprotsessorlar grafik tasvirlarni qayta ishlaydi va h.z. Mikroprotsessor Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Birinchi mikroprotsessorlar 1971 yilda amerikaning Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mikroprotsessor asosan arifmetik - mantiqiy va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik – mantiqiy qurilma boshqaruv qurilmasi boshqaruvida protsessorga kelayongan berliganlarni arifmetik va mantiqiy ko`rinishga aylantiradi.
|
| |