• Shunday qilib sistema platasi ShK ning asosiy platasi bo`lib, unda quyidagilar joylashgan
  • doimiy xotira qurilmasi
  • Mustaqil ish Mavzu: Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Bajardi: Akbarov Maqsudbek




    Download 0,6 Mb.
    bet6/7
    Sana13.02.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #155657
    1   2   3   4   5   6   7

    Kompyuterda kiritish – chiqarish portlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, «sichqonch», klaviatura va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish – chiqarish portlari parallel va ketma – ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT 1 – LPT 4 va COM 1 – COM 3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks – modem, “sichqoncha” va boshqa qurilmalar ulanadi.

    Shunday qilib sistema platasi ShK ning asosiy platasi bo`lib, unda quyidagilar joylashgan:

    protsessor – asosiy mikrosxema bo`lib, matematik va mantiqiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi;

    chipset (mikroprotsessorli komplekt) – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ShK ning ichki qurilmalarining ishini boshqaradi va sistema blokining asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi;

    shinalar – qurilmalarni bog`lovchi simlar bo`lib, ulardan kompyuterning ichki qurilmalari orasidagi berilganlarni ayriboshlovchi signallar o`tadi;

    tezkor xotira qurilmasi – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun mo`ljallangan;

    doimiy xotira qurilmasi – uzoq vaqtgacha ma’lumotni o`zida saqlovchi mikrosxema;

    slot – qo`shimcha qurilmalarni ulash qurilmasi.


    Protsessor – bu kompyuterning asosiy mikrosxemasidir yoki boshqacha aytganda kompyuterning “miyasi”. U xotirada joylashgan dasturiy kodlarni bajarishni va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Uning ishni bajarish tezligi kompyuterning tezligini anqlaydi. Protsessor maxsus yacheykalardan tashkil topgan bo`lib, ular registrlar deb ataladi. Shu registrlarda buyruqlar joylashgan bo`lib, protsessor tomonidan boshqariladi. Protsessorning ishi shundan iboratki xotiradan ma’lum bir buyruqlar ketma – ketligi va ma’lumotlarni tanlanib bajariladi.

    ShK larda albatta, markaziy protsessor (Central Processing Unit - CPU ) bo`lishi shart. U barcha asosiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Ko`pincha ShK qo`shimcha soprotsessorlardan tuzilgan bo`lib, ular ma’lum bir maxsus funktsiyalarni effektiv bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan, matematik soprotsessor raqamli berilganlarni qayta ishlaydi, grafik soprotsessorlar grafik tasvirlarni qayta ishlaydi va h.z.


    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish Mavzu: Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Bajardi: Akbarov Maqsudbek

    Download 0,6 Mb.