IGMP protokolining asosiy ishlash tamoyillari




Download 24,88 Kb.
bet3/6
Sana09.01.2024
Hajmi24,88 Kb.
#132744
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sardor mustaqil

IGMP protokolining asosiy ishlash tamoyillari:
  • Tarmoqning yakuniy tuguni report turidagi IGMP paketini turli joylarga yuborish guruhiga ulanish jarayonini ishga tushirish uchun yuboradi;


  • Turli joylarga yuborish guruhidan uzilganda tugun xech kanday qo‘shimcha paketlar yubormaydi;


  • multicast marshrutizatori ma’lum vakt intervalida tarmoqga IGMP so‘rovlar yuboradi. Bu so‘rovlar yordamida turli joylarga yuborish guruhining joriy xolati aniklanadi;


  • guruhda xech bo‘lmasa bita kliyent bo‘lsa tugun xar bir turli joylarga yuborish guruhiga javoban IGMP paket yuboradi.


Tarmoqning magistral qismining multicast trafik bilan yuklamasi tarmoqdagi translyatsiya kilinayotgan kanallar soniga bog‘liq. Gigabit Ethernet tarmog‘i xolatida, magistral trafikning yarmini multicast yuborishga ajratib bersak, biz 100ga yakin televizion MPEG-2 kanallarga ega bo‘lamiz, ulardan xar birining ma’lumotlar oqimining tezligi 5 Mb/s teng bo‘ladi.


IPTV tarmog‘ida broadcast, multicast va unicast mavjud. Operator tarmoqning o‘tkazish kobiliyatining optimal kattaligini rejalashtirayotganida IP- manzillashning xar xil texnologiyalarining trafik xajmiga ta’sirini inobatga olishi kerak.
Masalan, operator «buyurtmaga video» xizmatini abonentlarning katta qismiga berish uchun magistral tarmoqning o‘tkazish kobiliyati juda katta bo‘lishini bilishi kerak. Bu muammoning bitta yechimi sifatida tarmoqda video-serverlarni detsentralizatsiya qilishni qo‘llashi mumkin. Bu xolatda markaziy video­server bir nechta tarmoqning ko‘p darajali iyerarxik arxitekturasining aylanma segmentlariga yakinlashtirilgan lokal serverlarga almashtiriladi.
Xozirgi paytda IP Multicast keng qo‘llaniladigan tarmoq standartiga aylangan. Zamonaviy tarmoqli dasturiy ta’minot va apparatura bu standartni qo‘llab quvvatlaydi. Guruxli IP-manzillashni qo‘llash uchun uni lokal tarmoq ko‘tarishi kerak. Global tarmoqda esa, ba’zi xollarda bu manzillashdan foydalanishga imkon bo‘lmagan qismlardan o‘tish uchun «tunellash»dan foydalanish mumkin.
Xozirgi paytda har bir inson elektraloqaning u yoki bu xizmatlaridan foydalanadi: radio eshitadi, televizion eshittirishlar ko‘radi, telefonda gaplashadi, faks uzatadi va qabul qiladi va xakozo. Istalgan xolda elektraloqa xizmati xabarni masofaga uzatishni bajaradi. Xabarlarni jo‘natuvchilar (manbalar) va oluvchilar (iste’molchilar) odamlar yoki odamlar xizmat ko‘rsatadigan qurilmalar, masalan EHM bo‘lishi mumkin. Har bir xabarni uzatish uchun elektraloqa vositalari yoki elektraloqa tizimini tashkil etuvchi, ma’lum texnik qurilmalar to‘plami bo‘lishi zarurdir.
Aloqa tarmog‘i – bu xizmat ko‘rsatish parametrlari asosida jo‘natuvchidan qabul qilib oluvchiga axborotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan aloqa liniyalari va oraliq qurilmalar/oraliq tugun, terminal/oxirgi tugunlar majmui.
Aloqa liniyasi – belgilangan standart ko‘rsatkichlariga (chastota kengligi, uzatish tezligi va boshqalar) ega ixtisolashtirilgan kanallarni shakllantiruvchi qurilma va signal tarqatadigan fizik vositalar yig‘indisi.
Elektraloqa tarmog‘i tarkibiga quyidagilar kiradi:
- foydalanuvchilar;
- aloqa punktlari;
- aloqa kanallari;
- tarmoq stansiyalari;
- aloqa uzellari;
- boshqarish tizimi.
Foydalanuvchilar (abonentlar, mijozlar), ular xabarlar oqimini yaratishadi va qabul qilishadi, hamda odatda, axborotni yetkazish va qayta ishlash bo‘yicha, aloqa turini (telefon, ma’lumotlar uzatish, teleradio eshittirish va xakozo) tanlash bo‘yicha va belgilangan sifatga rioya qilgan xolda, turli xizmatlarni (xizmat turlarini) olish bo‘yicha talablarni belgilaydi.
Aloqa punktlarini ikkita qismga ajratish mumkin:
a) abonent punktlari (AP), ular elektraloqa tarmog‘iga axborotlarni kiritish va chiqarish (ayrim xollarda saqlash va qayta ishlash) apparaturasidan iborat bo‘ladi. AP abonentlarning doimo foydalanishida bo‘ladi;
b) axborot xizmat ko‘rsatish punkti (AXkP) – bu so‘rovnoma xizmatlari, turli xisoblash markazlari, ma’lumotlar banki, kutubxonalar va boshqa jamoa bo‘lib foydalanuvchi markazlardir. Ular axborot ta’minoti bilan bog‘liq axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, chiqarish va boshqa xizmatlardan foydalanuvchilarga taqdim etishni ta’minlaydi.
Aloqa kanallari – aloqa liniyalariga birlashgan bo‘lib, ular tarmoq aloxida punktlari orasida xabarlarni uzatishni ta’minlaydi.

Download 24,88 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 24,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IGMP protokolining asosiy ishlash tamoyillari

Download 24,88 Kb.