Mustaqil ish tuzuvchi: 9-1iqt s-20 guruh talabasi Davronov Firdavs Mavzu: apple kompaniyasining jahondagi o’rni reja




Download 31,3 Kb.
bet5/6
Sana05.12.2023
Hajmi31,3 Kb.
#111569
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Apple kompaniyasi haqida
4 vypuklye mnozhestva, Astronomiya, sinergetika ilmiy izertlew metadalogiyası, maktabgacha-tarbiya-yoshidagi-bolalarni-maktabga-tayyorlashda-aqliy-tarbiyaning-roli, Ve, 1SMO1LOV 1LHOMJON, Akobir 1, 0.Ҳаёт гўзал сценарий, 1.Расм танлов ўзбек, 130-132, saodatjon, audit 2, Баённома, i
Silicon vodiysi
kompьyuterchilarining orzusi – silikon vodiysida ishlash. Bu yerni haqiqiy maʼnodagi kompьyuterchilar poytaxti deb atash mumkin. Chunki yuzdan ortiq jahonga mashhur boʼlgan yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan kompaniyalar aynan shu vodiyda joylashgan. Bular Adobe, AMD, Arrle Inc, Google, Intel, Sun Microsystems, Yahoo kabi kompaniyalardir.
Vodiy aholisining 87 foizi internetga kirish imkoniyatiga ega boʼlib, ularning 65 foizi oliy maʼlumotlidir. Shuning uchun ham bu yerlik aholi zamonaviy kompaniyalarda hech bir qiyinchiliksiz ishlaydi. Kompaniyalar ham shunga yarasha ish haqi toʼlaydi. Maʼlumotlarga qaraganda, Silikon vodiysida oʼrtacha ish haqi yiliga 144 800 dollar ekan (2007 yil)..
Ilk bora 1971 yili Don Xefler (ingl. Don Hoefler) ismli jurnalist Palo Аlьto (ingl. Palo Alto) shaharchasi yonidagi regionlarni «silikon vodiysi» deb atagan ekan. XX asr oʼrtalarigacha bu region faqat oʼrik va yongʼoq yetishtiruvchi joy boʼlib tanilgan. Lekin bugunda bu yer yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan dunyodagi eng yirik markazga aylangan.
Bunday ajoyib vodiyni qanday vujudga kelgani hammamizni taajjubga solishi tabiiy holdir. Buning tarixiga qisqacha nazar solsak, vodiyning rivojlanishi 1891 yil Palo Аlьto shahrining yonida Stenford universitetiga (ingl. Leland Stanford Junior University) asos solinishidan boshlangan. Stenford universiteti maʼmuriyati oʼz talabalarini ishlash uchun boshqa hududlarga tarqalib ketmasligini oldini olish maqsadida, oʼzining atrofidagi keng yerlarni yuksak texnologiyalik kompaniyalarga davomiy muddatga ijaraga berishni yoʼlga qoʼyadi. Oʼqishni tamomlagan yosh kadrlar kompaniyalarda ishlash davomida oʼz ilmiy ishlarini olib borishi uchun yaxshi imkoniyatlarga ega boʼlishadi. Bunday usul yillar davomida oʼz natijasini berib, universitet yonida koʼplab zamonaviy va ilgʼor kompaniyalar vujudga keladi. 1957 yili vodiyda jahon taraqqiyoti uchun zarur boʼlgan tranzistorlar ishlab chiqarilishi boshlandi. Tranzistorlar kremniy moddasi (ingizcha “silicon”) dan yasalardi. Tranzistorlarga talabning kuchayib ketishi natijasida bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar judayam rivojlinib ketishdi. Keyinchalik elektronika sanoatida tranzistorlar oʼrnini mikrosxemalar egalladi. 1971 yili mikrosxemalarni ishlab chiqaruvchi eng muvaffaqiyatli kompaniya – Intel vujudga keldi va uning mahsulotlari butun dunyoga andoza boʼlib qoldi. Shu bois bu makonga “chaqmoqtosh” yaʼni “silikon vodiy”si deb nom berilishi bejis emas.
1975 yili Stenford universitetida tashkil etilgan kompьyuter klubi aʼzosi Stiv Voznyak(polyak. Stephen Gary Woźniak) oʼz uyida birinchi shaxsiy kompьyuterni tergan. Keyinchalik 1976 yili unga doʼsti Stiv Jobs(ingl. Steve Jobs) qoʼshilib, Arple kompaniyasini tashkil etishgan. Hozirda, avtomashinalarning eng zoʼri “Mersedes” hisoblansa, kompьyuter sohasida Apple belgili kompьyuterlar eng sifatli va qimmat baho mashinalar desak, mubologʼa boʼlmas. Silikon vodiysida tashkil topgan yana bir kompaniya bu Sisco boʼlib, u koʼplab tarmoqlarni yagona tarmoqqa ulash masalalari bilan shugʼullanib, hozirda internet texnologiyalarining 80 foizini yaratgan kompaniya sifatida tanilgan. Bundan tashqari bu vodiyda koʼplab ixtirolar boʼlib, bular – Jim Klark (ingl. Jim Clark) va Mark Аndrissenning (ingl. Mark Andreessen) 1993 yil birinchi veb brauzerini ixtiro qilishganligi, Jerri Yang va Devid Filo (ingl. Jerry Yang and David Filo) 1994 yili «Yahoo» qidiruv tizimini yaratganligi.
Xullosa qilib bir naql keltirsak boʼladi, yaʼni unga koʼra: “Аgar sen musulmon boʼlsang Makkaga bor, agar sen katolik boʼlsang Rimga bor, agar sen kompьyuterchi boʼlsang Silikon vodiysiga bor”.


Download 31,3 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 31,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ish tuzuvchi: 9-1iqt s-20 guruh talabasi Davronov Firdavs Mavzu: apple kompaniyasining jahondagi o’rni reja

Download 31,3 Kb.