|
Zbekiston respublikasi
|
bet | 1/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 420,31 Kb. | | #233166 |
Bog'liq конвейер O\'tkir tayyor 100%
ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“ Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi
“Transport mashinalari” fanidan
KURS LOYIHASI
Bajardi: “_________” “_______” “_________________”
Guruh Imzo FISh
Komissiya a’zolari
Qabul qildi: “________” “_______” “_________________”
Baho (a’lo,yaxshi va qon-li) Imzo FISh
Qabul qildi: “________” “_______” “_________________”
Baho (a’lo,yaxshi va qon-li) Imzo FISh
Qabul qildi: “________” “_______” “_________________”
Baho (a’lo,yaxshi va qon-li) Imzo FISh
Olmaliq-2024
MUNDARIJA
Kirish 3
|
Angren ko‘mir koni to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar 5
|
Hisoblash uchun kerakli ma’lumotlar 9
|
Konveyer unumdorligi hisoblari 13
|
Dvigatel quvvatini hisoblash 17
|
Xulosa 22
|
Foydalanilgan adabiyotlar 23
|
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida konchilik sanoatini rivojlantirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish borasida ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda. Ona zaminimiz dahali sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda katta va qimmat baho mineral-xomashyo resurslari mavjud..
O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan xaqli sur’atda fahrlanadi bu yerda Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar qazib olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda.
Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiygaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis zahiralari bo‘yicha 10-11 o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 7-8-o‘rinda turadi. O‘zbekiston hududidagi ko‘mir zahiralari 3 milliard tonnani tashkil qiladi. Undan 1 milliard tonnasi yuqori sifatli toshko‘mirdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida 400 ga yaqin foydali qazilma konlari ishlatilmoqda. Bu konchilik korxonalari jumlasiga O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri bo‘lgan Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli noyob Qalmaqqirkoni, Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiruvchi Muruntov koni, «O’zbekko‘mir» aksionerlik jamiyatiga qarashli respublika ko‘mir konlari orasida eng noyob kon hisoblanadigan Angren ko‘mir koni va ko‘mirni yer osti usulida qazib olish boshqarmasi hamda ko‘plab neft va tabiiy gaz qazib chiqaruvchi korxonalar kiradi.
|
| |