• Angren ko‘mir konining qisqacha geologik tavsifi
  • Angren ko‘mir koni to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar




    Download 420,31 Kb.
    bet2/5
    Sana14.05.2024
    Hajmi420,31 Kb.
    #233166
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    конвейер O\'tkir tayyor 100%

    Angren ko‘mir koni to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar.

    Angren ko‘mir koni to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar Angren ko‘mir koni Toshkent 


    shahridan 110 km janubiy-sharqda Ohangaron daryosining vodiysida joylashgan. Kon
    maydoni 70 kv.km. ni tashkil qiladi. Relefning balandlik nuqtalari kon hududida +850m. dan +1300 m. gacha, asosiy suv manbai - Ohangaron daryosi hisoblanadi. Angren razrezidan
    yuqorida daryo suv oqimining boshqarilib turilishi uchun to‘g‘on qurilgan. Daryo razrez borti orqali tonnel vositasida o‘tkazilgan.
    Hudud iqlimi o‘rta kontinental bo‘lib o‘rtacha yillik harorat +13,10 ni tashkil
    qiladi. Seysmologik ko‘rsatgichlari bo‘yicha hudud 8 balli zonaga kirtilgan. Razrez
    maydoni kon jinslari minimal soz tuproq, qum, maydalangan harsang toshning shag‘al va 
    qum aralashmasi, qumloq va qumli tuprok materialli, mayda harsang toshli konglimeratlar, mergillar, ohaktoshlar, har xil rangli va kulrang kaolinlar, qurigan kvars porfiralari shaklida namoyon bo‘ladi. Kondagi yillik o‘rtacha temperatura: iyul oyida +27oS , dekabr oyida -12oS, maksimal harorat + 42.6oS, minimal harorat -27oS. 
    Yillik yog‘ingarchilik 445,2÷855,3 mm..
    Angren ko‘mir konining qisqacha geologik tavsifi
    Angren kon maydoni geologik tuzilishi bo‘yicha paleozoy, yura, bo‘r, paleogen, neogen va to‘rtlamchi qatlamni o‘z ichiga oladi. Yura qatlamlari tarkibi asosan ko‘mir svitalaridan tashkil topgan.“Angren” razrezi maydoni o‘lchamlari ochish kengligi bo‘yicha 2,8 km, cho‘zilishi bo‘yicha esa 4,5 km bo‘lib, 1-qidiruv uchastkasi va Angren shimoliy-g‘arbiy uchast-
    kalari oralig‘ida joylashgan. Razrez maydoni shimoliy-g‘arbiy tamondan Chotqol tizmalari
    bilan chegaralangan bo‘lib, tog‘-yon bag‘rini Chet-su, Oqtosh, Dukent va Qora-boy soylari 
    kesib o‘tgan.Ko‘mir konining yonidan Oxangaron daryosi oqib o‘tib, Sirdaryoga borib quyiladi. Ochish burchagining mavjudligi va yer sathining relefini hisobga olsak, Razrez maydonida qoplama kon jinslari qalinligi g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishlarda ortib boradi.
    Masalan: razrezning 1-uchastkasida kon jinsi qatlamining qalinligi 4,6 m bo‘lsa, shimoliy
    Angren uchastkasida bu ko‘rsatkich 8,5 m gacha ortib boradi. Ko‘mir qatlami qalinqligi 
    va tuzilishi bo‘yicha “Yuqori” va «Qalin» komplekslarga ajratilgan. “Yuqorigi” kompleksining o‘rtacha umumiy qalinligi 21,6 m ga teng bo‘lib, sof ko‘mir qatlamlari kon jinslari bilan aralashgan holda uchraydi.«Qalin» kompleksining o‘rtacha qalinligi 31,81 metrni tashkil qiladi. Bu kompleksda sof ko‘mir kon jinslari bilan kamroq aralashgan, umumiy ko‘mir
    massasining 85-95% ni tashkil qiladi. Razrez maydonida «Qalin» kompleksining tarkibida
    eni 450-700 m anomal tuzilishga ega bo‘lgan bo‘lak mavjuddir. Bu bo‘lak kon ishlari olib 
    borilayotgan “Appartak” uchastkasigacha cho‘zilgan. Bu bo‘lak kon jinslarini oraliq qatlamlariga xosdir. Bu zonada ko‘mir qatlamlar pachkasi 25-30% ga kamayadi.Ko‘mir qatlami 2-80 qiya yotiqlikka ega. Hozirgi kunda qazish ishlari 250 m chuqurlikda, ochish ishlari esa 
    150m chuqurlikdan yukorida olib borilmoqda.Razrezni ochish kapital transhea vositasida 
    amalga oshirilgan. Kon jinslari pog‘onalari kapital transheya bilan to‘g‘ri se’ezdlar vositasida ochilgan.«Qalin» kompleksdagi qazib olish ishlari gorizontidagi transport - konveyrga ortish 
    orqali olib boriladi. Konveyrlar ochiq joyda ko‘mir qatlamining ustiga o‘rnatilgan bo‘lib, keyin qiya stvol orqali davom etib, “Jigariston” ko‘mir saralash punktigacha davom etadi.

    Konni ekspluatatsiya qilish jarayonida razrezning g‘arbiy borti mustahkamligiga ta’sir etuvc


    hi ilgari no’ma’lum qo‘shimcha uzilishlar, qatlam buzilishlari aniqlangan.Kon “Yuqorigi” kompleksining o‘rtacha qalinligi 10 metrni tashkil qiladi. Pachkalar soni 1dan 8 gacha.Qatlamlardagi chang miqdori toq qatlamlarda 22%, juft qatlamlarda 16% ni tashkil qiladi.Qalin kompleksi 4 ta ko‘mir pachkasidan tashkil topgan.

    1.Asosiy pachka 8÷11m


    2.Yuqorigi pachka 5÷12m
    3.O‘rta pachka 2÷3.5m
    4.Pastki pachka 3÷6m
    Kul miqdori 22% gach



    Download 420,31 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 420,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Angren ko‘mir koni to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar

    Download 420,31 Kb.