Mustaqil ishi 2023-yil mustaqil ish mavzulari yupqa qatlamlarning tuzilishi va xossalari




Download 0.76 Mb.
bet5/14
Sana06.12.2023
Hajmi0.76 Mb.
#112349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqil ishi 2023-yil mustaqil ish mavzulari yupqa qatlamlarnin (1)
2 - nazorat topshirig\'i, 290 20.10.2014, Фармакология рецептура лотин 2012, Ilk orta asrlar davri siyosiy iqtisodiy hayotning tarixini tarixshunosligi, Кasbiy psixologiya 7-ma\'ruza, 3408-Article Text-6758-1-10-20220526, №27 Амалий иш, 11-Mavzu Tarmoq muammosining parchalanishi. Osi, 1-ma\'rua (1), referat titul, I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf et, Xosiyat, mustaqil ish mavzusi 16dan 20gacha

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, yetakchi fizik olimlar yuqori haroratdagi o’ta o’tkazuvchanlik xossasining kashf etilishi va tadqiqotlar natijasida haroratning kritik ko’rsatkichi 125 K.gacha oshirilganini bu miqdoriy yutuq emas, balki prinsipial sifat borasidagi muvaffaqiyatdir, deya izohashmoqda. Sababi, ushbu qonuniyat tatbiq etilgunga qadar yuqori haroratdagi o’ta o’tkazuvchanlikning muhim xossasi tadqiqotlardan birida kuzatilgandi. Lekin o’shanda o’ta o’tkazuvchanlik xossasini tajribada namoyon etish uchun suyuq geliydan foydalanilgan va jarayonda qator qiyinchiliklar kuzatilgandi. Shuning uchun o’ta o’tkazuvchanlikning ko’llanilishi elementar zarralarning tezlatgichi tipidagi kurilmalar bilan cheklangan. O’ta o’tkazuvchanlik xossasining kashf etilishi o’tkazgichni suyuq azot (uning qaynash harorati 77 K.) bilan sovitish imkonini beradi. Buning qator ustunliklari ham bor: azot bilan tajriba o’tkazish suyuq geliyga nisbatan taxminan ming marta kam xarajat talab etadi. Azot moddasi yordamida sovitish texnologiyalarining keng joriy etilishi esa o’ta o’tkazuvchanlikni texnikada yanada kengroq qo’llash imkonini beradi. Umuman olganda, yuqori haroratdagi o’ta o’tkazuvchanlik xossasining kashf etilishi kutilmaganda yuz berdi. Ahamiyatlisi, fizika fanidagi muhim, ayni paytda tasodifan qilingan bu ixtiro soha mutaxassislari bo’lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Undan keyingi davrda turli mamlakatlarning kimyo sohasi olimlari oksokuprotlarni kerakli tartibda sintez qilib,ularning qarshiligini haroratga bog’liq holda o’rganishdi.

Hozirga kelib, fizik olimlarni qiziqtiruvchi yana bir jihatga tobora e’tibor kuchaymokda. Aniqroq aytganda, mutaxassislar yuqori haroratdagi o’ta o’tkazuvchanlikdan tashqari xona haroratidagi o’ta o’tkazuvchanlik xossasining ham borligini ta’kidlashmoqda. Agar mazkur xossani tajriba orqali aniqlashning imkoni tug’ilsa, u holda hozircha aql bovarqilmasdek tuyuladigan yangi kashfiyotlar amalga oshirilishi mumkin ekan. Masalan, ishlayotganda o’zidan issiqlik ajratishi va o’tkazgichdan tok o’tganda ortiqcha energiya sarflanib, apparatning qizib ketishi sababli ko’p elektr texnik moslamalarining ishdan chiqish holati kuzatiladi. O’ta o’tkazuvchanlik xossasiga ega materiallarning ko’llanilishi esa issiqlik samarasi va ta’sirini keskin o’zgartirishga imkon yaratib, kurilma umrini uzaytirishi mumkin bo’ladi. Shu bilan birga, o’ta o’tkazuvchanlik xossasi sababli maishiy hayotda ham bir qancha qulayliklarni yaratish mumkin. Birgina misol: atmosferaning qizishiga sabab bo’ladigan energiyaning to’rtdan bir qismi elektr uzatuvchi tarmoqlar tufayli havoga chiqariladi. O’ta o’tkazuvchan kabellardan foydalanish esa bu boradagi muammolarni yechishga ham yordam beradi.


Download 0.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0.76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishi 2023-yil mustaqil ish mavzulari yupqa qatlamlarning tuzilishi va xossalari

Download 0.76 Mb.